Kuzatish- tadqiqot bir uslubi bo’lib, tadqiqotchi insonlarni axloqi va madaniyatini tushunish maqsadi bilan ishlatadi.
Kuzatish bu tadqiqot ochiq-oydin axloqni tekshirganida qo’llanadigan uslub. Tabiiy muhitda, axloq juda uzoqqa cho’zilgan vaqt mobaynida kuzatilishi mumkin, keyin yozib olinishi va kategoriyalashtirilishi mumkin. Tadqiqot uzlubi sifatida, kuzatish uslubi, sanoatda tashkiliy psixologiyasida ko’p ishlatilmaydi, eng avvalo ko’p vaqt va quvvat talab qilganligi bois ham.
Komaki (1986) samarali va samarasiz ish boshqaruvchilarini farqlovchi xulqni aniqlash uchun izlangan. Unda 24 ish boshqaruvchilarning kuzatilgan axloq normalari bor edi: 12 tasi avvallari bsohqalarni rag’batlantirishda samarador deb va boshqa 12 tasi nisbatan samarasiz deb
Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish – kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bo‘lishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi lozim:
Maqsadga yo‘nalganlik. Umuman bolani emas, balki uning shaxsiy sifatlari qonkret namoyon bo‘lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil turlarida – o‘yin, o‘qish, mehnat, muloqot jarayonida kuzatish.
Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi (nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi (nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda kuzatilayotgan xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘irlash yo‘llarini ishlab chiqish bo‘lmog‘i lozim.
Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim.
4.Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish bolalar uchun tabiiy sharoitlarda o‘tkazilishi lozim. U o‘qituvchining ishtirokisiz o‘tkazilishi zarurki, bola kuzatilayotganini sezmasin.
Tizimlilik. Kuzatish o‘qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma’lum oraliqdan so‘ng o‘tkazilishi zarur.
Obyektivlik. Kuzatish jarayonida o‘z taxminlarini emas, obyektiv fakt, harakat, bolalar xulq-atvorining obyektiv xususiyatlarini qayd etish va shu asosda xulosa chiqarish lozim.
Qayd etish. Olingan barcha ma’lumotlar ma’lum tizimda qayd etilishi lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o‘tkazilgandan so‘ng darhol qayd qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |