Organizmdagi suyaklarning tuzilishi, ularning yosh xususiyatlari va xillari.
Suyak 4 xil shaklda boladi.
Naysimon suyaklar. Bular oz navbatida ikki xil boladi. Uzun naysimon suyaklar ularga еlka, bilak, son, boldir suyaklari kiradi. Kaltanaysimon suyaklarga esa qol va oyoqlarning kaft va barmoq suyaklari kiradi.
G'ovak suyaklar. Bular ham ikki xil uzun govaksimon suyaklar bularga qovurga, tosh, omrov suyaklari, kalta govak suyaklarga esa umurtqa, qol va oyoqlarning kaft, kaft usti suyaklari kiradi.
Yassi suyaklar. Bu suyaklarga bosh suyagidagi tеpa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklari kiradi.
Galbirsimon suyaklar. Yuqori jag, pеshona, bosh suyagining pastki asos qismidagi ponasimon va galbirsimon suyaklar kiradi.
Qol skеlеti. Qol suyaklari ikki qismga: еlka kamari suyaklari va qolning erkin suyaklariga bolinadi. qolning еlka kamari suyaklariga kurak va omrov suyaklari kiradi. Erkin suyaklarga еlka, bilak, pancha suyaklari kiradi. Kurak, omrov, еlka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20 – 25 yoshgacha davom etadi. qol kaftining suyakka aylanishi 15-16 yoshgacha, barmoqlarning suyakka aylanishi 16-20 yoshgacha davom etadi. qol sklеtining yoshga qarab shakllanishida bolalarni mеhnatga orgatishga va jismoniy mashqlar bajarishini e'tiborga olish kеrak.
Suyaklarning birikishi. Odam tanasidagi suyaklarning barchasi bir-biri bilan ikki xil: harakatsiz va harakatli birikadi. Suyaklarning harakatsiz birikishiga bosh, umurtqa, chanoq suyaklarining bir-biri bilan tutashuvi misol bo'ladi. Ular boylamlar, tog'aylar, suyak choklari yordamida bir-biriga birikadi.
Bolalarda qaddi-qomatning shakllanishi va kamchiliklari.
Bolalarda sinf taxtasiga qaraganda boshni faqat bir toionga engashtirish odati borligi tufayli har bir o'quv choragida o'quvchilarni partalarning bir qatoridan ikkinchisiga ko'chirish tavsiya qilinadi. O'quvchilarning jismoniy mehnati tashkil etishga doir muayyan gigiyena talablari mavjud. Bular texnik jihozlar, xonani shamollatish va mikroiqlimga taaluqlidir. Dastgohlar va verstaklar o'quvchilarning bo'yiga mos kelish, ish vaqtida nafas olish va qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan to'g'ri tana vaziyatini tanlay bilish kerak. Asboblar ham o'quvchilarning qo'liga va kuchiga mos qilib tanlanishi lozim. Agar ular katta yoshdagi odamlar tutadigan asboblardan foydalansa, bu avvalo qo'l muskullarini tez toliqtirib qo'yadi va suyak to'qimasini mustahkamlashi o'rniga uning jadal suyaklanishiga olib keladi. Bolalar og'ir narsalarni ko'tarishiga yo'l qo'ymaslik darkor. 2ta o'quvchining zambilda ko'taradigan yuki 7-8 yashar bolalar uchun 4 kgdan, 9-10 yoshdagi bolalar uchun 6kg, 10-12 yashar bolalar uchun 10 kg, 13-15 yashar va 14-16-17 yashar bolalar uchun 24 kgdan oshmasligi kerak. Bitta o'quvchi shundan ikki baravar kam yukni ko'tarishi mumkin.
Qad-qomatning shakillanishi. Har bir odam tanasini o'zi odatlangan holatda erkin tutishi qadqomat deb ataladi. Odamning qad qomati uning skeleti, muskullari va nerv sistemasining rivojlanishiga bog'liq. Qad qomatning shakillanishida, ayniqsa umurtqa pog'onasining normal rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Normal holatda umurtqa pog'onasi bemalol egiladi. Bo'yin va bel qismida umurtqa pog'onasi bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir oz orqaga egilgan bo'ladi. Shuning uchun oldinga egilishi, orqaga egilish deb ataladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Bolaning tik turish, yurish, boshni tik tutish natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |