MUSTAQIL ISH
MAVZU: KITOBXONLAR KONFERENSIYASINING
TEKSHIRDI: _________________
BAJARDI:___________________
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 13 sentabrdagi PQ-3271-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2018 yil 16 noyabr kuni “Noshirlik ishi: kitobxonlarning badiiy-uslubiy saviyasi, kitobxon ehtiyojini qondirish borasida taklif va tavsiyalar” mavzusida amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – kitobning jamiyatimiz ma'naviy-ma'rifiy hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning yorqin xotirasini, zamonamiz qahramonlari timsolini haqqoniy va xalqchil aks ettiruvchi adabiyotlar salmog‘ini ko‘paytirish, mutolaa madaniyatini oshirishdan iborat.
Konferentsiyada O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi mas'ul xodimlari, ijodkorlar, noshirlar, adabiyotshunoslar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan nashriyotlar vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.
- Bugungi kunda mamlakatimizda aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yosh qatlamiga mos kitob mahsulotlarini chop etish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan – deydi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L. Tangriyev. – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan qarori asosida sohada juda katta yutuqlarga erishilmoqda, ammo bu bilan chegaralanib qolish kerak emas. Kitob va kitob mahsulotlarini nashr qilishda e'tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar juda ko‘p. Masalan, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga mo‘ljallangan kitoblar ekspertizadan o‘tkazib, keyin chop etish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Hozirda O‘zbekistonda 1 ming 760 ta matbaa korxonasi, 146 ta nashriyot davlat ro‘yxatiga olingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta'lim muassasalarida axborot-resurs markazlari, “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota'minoti” majmualari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Konferentsiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 13 sentabrdagi PQ-3271-son qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Xususan, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2018 yilning o‘tgan davrida:
– I Xalqaro matbaa forumi tashkil etildi. Unda AQSh, Rossiya, Germaniya, Isroil, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridagi yirik matbaa korxonalari, jumladan, dunyoga mashhur “HP”, “VIP Systems ESKO”, “Scodix” kabi kompaniyalarning vakillari ishtirok etdi;
– Ostona shahridagi “III Yevroosiyo xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi”da O‘zbekiston delegatsiyasi faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, 16 ta turli darajadagi diplomlar bilan taqdirlandi. “O‘zbekiston” NMIU tomonidan chop etilgan Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning “XXI asr bo‘sag‘asida” kitobi oliy mukofot – Gran-prini qo‘lga kiritdi;
– Namangan viloyati Norin tumanida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan “Norin ovozi” gazetasi tahririyati, 82400 dan ziyod badiiy adabiyotdan iborat elektron mutolaa xonalari, yosh ijodkorlar to‘garagi joylashgan Matbuot va axborot-kutubxona markazi ochildi;
– kitob va kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini yanada takomillashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, bu jarayonlarni keng targ‘ib qilish, mamlakatda kitob nashri va uning savdosini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi;
– “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida Respublika “Kitob bayrami” hamda “Bolalar kitobi” festivali o‘tkazildi;
– O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi huzurida noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek, sohada yo‘l qo‘yilayotgan ba'zi kamchiliklarning oldini olish, bu borada zarur maslahat ko‘magini ko‘rsatish maqsadida Jamoatchilik kengashi tashkil etildi;
– Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida o‘tkazilgan “Frankfurt Buchmesse” xalqaro kitob ko‘rgazmasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yetakchi nashriyot-matbaa korxonalaridan tarkib topgan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi o‘zbek noshirlari hamda matbaachilari erishgan yutuqlar aks ettirilgan taqdimotlar bilan ishtirok etdi.
Konferentsiya davomida “Noshirlik sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari: nashriyotlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, galdagi dolzarb vazifalar”, “Jamiyat hayotining taraqqiyoti va fuqarolar faolligining o‘sishida mutolaaning o‘rni va ahamiyati”, “Qo‘lyozma ustida ishlash: turli yo‘nalishdagi adabiyotlarni nashrga tayyorlashda muallif va muharrir hamkorligi masalalari”, “Zamonaviy kitobxon ehtiyoji va uni qondirish borasida noshirlar oldidagi dolzarb vazifalar”, “Zamonaviy kitob: u qanday bo‘lishi kerak? Bugungi kitoblar xususida kuzatuvlar, tahlillar, takliflar” kabi mavzular keng muhokama etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 22 oktabrdagi 848-son qarori talabalari, unga asosan nashriyotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tushuntirildi.
Konferentsiyada mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nashriyotlarda chop etilayotgan kitoblarning badiiy saviyasi, ijtimoiy ahamiyatini yuksaltirish, bu jarayonda muharrirlar, musahhihlar va dizayner-rassomlar mas'uliyatini oshirish, ijodiy jamolarda yosh kadrlarni tarbiyalash, ustoz va shogird an'analari tiklash masalalari, bugungi kunda noshirlar oldiga qo‘yilayotgan talablar, mavjud muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari ochiq va oshkora, tanqidiy ruhda muhokama etildi.
Shuningdek, zamonaviy kitobxon ehtiyoji va uni qondirish borasida noshirlar oldidagi dolzarb vazifalar, yosh muharrir, texnik muharrir, dizayner kadrlarni tayyorlash, ularning malakasi va tajribasini oshirib borish masalalari, bugungi kitob marketingi muammolari, nashriyotlar faoliyatining OAVlardagi targ‘iboti kabi mavzularda fikr almashildi, mutaxassislarning taklif va tavsiyalari bildirildi.
Konferentsiya yakunida noshirlik ishini takomillashtirish, kitob mahsulotlari sifati va saviyasini oshirish hamda bu boradagi muhim vazifalar yuzasidan tegishli takliflar asosida tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mamlakatning maʼnaviy darajasini koʻrsatadigan muhim koʻrsatkichlardan biri oʻsha xalqning kitobxonligi, bugun qanday kitoblarni mutolaa qilayotganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun hozirgi kunda xalqimiz orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish,yoshlarni ommaviy kitobxonlikka jalb etish borasida davlat siyosati darajasida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Chunki Prezidentimiz ham oʻz nutqida taʼkidlaganidek,bugun kitob oʻqiyotgan bola ertaga oʻnta televizor koʻrayotgan bolalarni boshqarishi aniq. Buni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan uch yildan buyon oʻtkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon“ tanlovi orqali sezish qiyin emas. Bu tanlov yangi davrning “kitobxonlar avlodi“ni shakllantira oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |