barqaror
birikmalar
deyiladi
1
• Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda
olib kirishlik.
2
• Ma'no butunligi.
3
• Tuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan
o'rinli foydalanish nutq go'zalligini ta'minlaydi, shuning
uchun ular nutqimiz ko'rki hisoblanadi.
Tasviriy ifodalar.
Iboralar (frazeolagizmlar).
Maqol va ma'tallar.
Hikmatli so'zlar (aforizmlar).
predmet, voqea va hodisalarning o'z nomi bilan emas, balki ularning xarakterli belgi
xususiyatlarini tasviriy usul orqali ifodalash jarayonidir.
Masalan,
oq oltin – paxta, oq oltin
ijodkorlari –paxtakorlar, kumush tola – pilla, zangori kema kapitanlari – mexanizator-lar
va
hokazo.Tasviriy ifodalar uslubiy vosita sifatida nutqqa ko'tarinkilik, obrazlidlik baxsh etadi,
jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib, lug'at tarkibini boyitadi. Nutq jarayonida
takrorlardan, qaytariqlardan, qochish imkonini beradi, notiqni so'zamollikka, tinglovchini
esa falsafiy mushohada etishga undaydi. Shuningdek, tasviriy ifodalar faqat jozibadorlik va
obrazlilik, nutqni boyitish, uning mazmunini kuchaytirish uchungina emas, balki
jamiyatning olg'a qadam qo'yishiga to'sqinlik qilayotgan
illatlarni fosh qilish
, ulardan kulish
va ulraga qarshi kurashga chaqirish maqsadida ham ishlatiladi. Binobarin, tasviriy ifodalar
predmet, voqeahodisalarning o'z nomi orqali yuzaga chiqmagan muhim xususiyatlarini
tasvirlab, bo'rttirib, izohlab va to'ldirib ko'rsatishda muhim nutqiy vosita hisoblanadi.
Har bir tilning lug'at tarkibi ustida olib borilgan
ishlar shuni ko'rsatadiki, so'z ma'nolarining
o'zgarishi tasodifiy bir hol bo'lmay, balki jamiyat
taraqqiyoti bilan chambarchas bog'liq qonuniy
hodisadir. Jamiyat taraqqi-yoti natijasida vujudga
kelgan yangi predmet, tushunchalar har doim
ham yangi so'zlar orqaligina ifodalanmay, balki
predmetning ma'lum belgi xususiyatlarini, o'ziga
xos tomonlarini ochib beruvchi so'z ma'nolari
orqali ham tasvirlanadi. Shunga ko'ra, so'z
ma'nolari ko'chadi, kengayadi yoki torayadi
.
Ma'lumki, so'z ma'nosining ko'chish yo'llari metafora, metonimiya,
sinekdoxa va vazifadoshlikdir. Tasviriy ifodalar hosil bo'liishda ushbu
usullarning ahamiyati katta. Masalan:
oq oltin
– paxta (metafora
usulida),
o'zbek romanchiligi maktabining asoschisi
– Abdulla Qodiriy
(metonimiya usulida),
charm qo'lqop ustaci
– bokschi (sinekdoxa
usulida),
fazogir
– kosmonavt (vazifadoshlik usulida) kabilarda muayyan
narsapredmetga xos belgining nomi boshqa narsapredmetdagi belgiga
nom sifatida ko'chirilgan. Shunga ko'ra, tasviriy ifodalar hosil bo'lgan.
Tasviriy ifodalar ko'proq ot va sifat turkumlariga mansub bo'ladi. Tasviriy
ifodalar ba'zan ikki predmetga bitta tasviriy ifoda (
aql
gimnastikasi
–
matematika
, shaxmat) yoki bitta predmetga ikkita tasviriy ifoda
qo'llanishi (
zangori ekran, oynai jahon
– televizor) mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |