Inersial sanoq sistemasi
Inersial sanoq sistemasi -Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanoq sistemasi. Bunda har qanday jism o’zining tinch holatini yoki to’gri chiziqli tekis harakatini unga boshqa jism tomonidan ta’sir ko’rsatilib, uning shu holatini o’zgartirishga majbur qilmagunicha saqlaydi. Inersial sistemaga nisbatan to’gri chiziqli va tekis harakatlanayotgan har qanday sistema ham inersial sistema hisoblanadi. Tabiat qonunlarining ifodalari turli Inersial sanoq sistemasi yerda bir xil korinishga ega. Moddiy nuqtaning tezligi yorug’lik tezligidan ko’p marta kichik bo’lganda uning turli Inersial sanoq sistemasiga nisbatan harakatlari orasidagi bog’lanish Galiley almashtirishlari bilan, tezligi yorug’lik tezligiga yaqin hollarda esa Lorens almashtirishlari bilan ifodalanadi. Har qanday yakkalangan sistemani Inersial sanoq sistemasi sifatida qabul qilish mumkin. Ammo tabiatda tashqi ta’sirlardan xoli mutloq, yakkalangan sistema mavjud bolmagani uchun Inersial sanoq sistemasi ideallashtirilgan mavhum tushunchadir. Amalda Inersial sanoq sistemasi sifatida taqriban Yer, Quyosh, gallaktika markazi yoki tekis harakatlanayotgan poyezd qabul qilinadi va ularga nisbatan jismlar harakati o’rganiladi.
Masalan, osmon mexanikasi va kosmonavtika masalalarini hal qilishda Inersial sanoq sistemasi sifatida, asosan, Quyosh massasining markazi qabul qilinib, ularning o’qlari uchta yulduzga qaratiladi. Ko’pgina masalalarni hal etishda Inersial sanoq sistemasi sifatida Yer qabul qilingan. Shunday qilib, turli moddiy sistemalar turlicha darajada inersialdir.
Sanoq sistemalarining inersialligi masalasi fizik maydonlarni hisobga olish zarur bolganda murakkablashadi.
Darhaqiqat, nisbiylik nazariyasi shuni korsatadiki, gravitatsiya maydoni hisobga olinganda butun fazoda Inersial sanoq sistemasi mavjud emas, lekin kichik vaqt oralig’ida va fazoning yetarli darajada kichik sohasi uchun lokal - Galiley Inersial sanoq sistemasi kiritilishi mumkin. Inersial sanoq sistemasi yerga nisbatan tezlanishli harakatlanayotgan sistemalar noinersialdir. Harakatni tavsiflash uchun noinersial sanoq sistemalari tanlangandagi nazariya umumiy nisbiylik nazariyasi deyiladi.
Qo’zg’almas deb olingan asosiy sanoq sistemaga nisbatan ko’chib borayotgan harakatdagi sanoq sistemaga nisbatan harakati. Inersial sanoq sistemaga nisbatan ma’lum geometriyasida ish ko’rib, klassik fizikaning ayrim tushunchalari, inersial sanoq sistemasi hisobga olinmaydi va o’rniga yangilari , fazo - vaqt egriligi.
Nazariyasi bo’yicha ikkita postulatga asoslanadi: fizika qonunlari barcha inersial sanoq sistemasida – o’zgarmas ya’ni, o’xshash va vakuumdagi yorug’ lik tezligi.
Talqiniga ko’ra, bu ikkita postulatga asoslangan: fizika qonunlari barcha inersial sanoq sistemasida – o’zgarmas ya’ni, o’xshash va vakuumdagi yorug’lik tezligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |