2.Byudjet-soliq siyosatining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati
Hozirgisharoitdadavlatbudjetiijtimoiy (ishlabchiqarish) munosabatlariningbirqisminiifodaetib, davlatningixtiyorigamamlakatdayaratilganyalpiichkimahsulot (milliydaromad)ningnisbatankattaginaqisminito’plashvaunijamiyattaraqqiyotiningturlisohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqnisaqlash, fan, madaniyat, ijtimoiyta’minot, boshqaruv, mudofaavaboshqalar) rivojlanishigayo’naltirishimkoniniberadiganmuhimtaqsimlashvositasidir.
Mohiyatigako’radavlatbudjetimamlakatmoliyatiziminingtarkibiyqismibo’lib, shungamosravishdamoliyatizimigadoirbarchaxususiyatlargaegavaungategishlibo’lganbarchafunksiyalarnibajaradi. Birvaqtningo’zida, davlatbudjetifaqato’zigaxosbo’lganxarakterlixususiyatlarga ham egadirki, ularo’znavbatida, davlatbudjetinimoliyatiziminingboshqabo’linmalaridanajratibturadivaundamarkaziyo’rinniegallashgaimkonberadi. Uninganashundayxususiyatlaridanbiribevositadavlatgategishliekanligidir. Haqiqatdan ham harbirmamlakatdadavlatbarchamoliyaviymunosabatlarningtashkilotchisibo’lsa-da, uningbuxislati, ya’ni1mamlakatningmoddiyvamoliyaviyresurslariasosiytaqsimlovchisifatidagirolifaqatbudjetdakattakuchbilannamoyonbo’ladi. Yagonalikvayuqoridarajadamarkazlashuvdavlatbudjetiningmuhimxususiyatlaridandir. Davlatbudjetigaxosxususiyatlarmablag’larbilanbudjetsiyosatiniamalgaoshirishuchunkengimkoniyatlaryaratibberadi.
Davlat budjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak:
1) davlat miqyosida yalpi ichki mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar;
2) davlatning asosiy moliyaviy rejasi. Yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi sifatida davlat budjeti boshqa xususiyatlarga ham ega. Okok
Yalpi ichki mahsulotning davlat budjeti orqali taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. Qiymatning davlat budjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat davlat budjetidan tashqarida, budjet resurslari sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta qo’shilib ketishi sodir bo’ladi. Davlat budjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki mahsulotni davlat budjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichga egadir: 1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (budjet daromadlari); 2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli budjet fondlarini yaratish; 3) budjet fondidan foydalanish (budjet xarajatlari).
Davlat budjeti orqali yalpi ichki mahsulotni taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir bo’lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-alohida ko’rib chiqishorqali budjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to’g’risida osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin. Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul mablag’larining bir qismi davlatning qo’lida to’planishi sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida budjet munosabatlari vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik (imperativlik) xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, budjetga tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga — umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |