Mustaqil ish mavzu: Investitsiya va biznes-jarayonlarida loyihalarni boshqarish Bajardi: oel004 guruh talabasi Botirjonova S. Tekshirdi: Parpieva Malika. Toshkent 2022 Investitsiya va biznes-jarayonlarida loyihalarni boshqarish Reja


Loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari



Download 70,94 Kb.
bet4/5
Sana14.07.2022
Hajmi70,94 Kb.
#799885
1   2   3   4   5
Loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari.
Loyihalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1.O’lchamchilik – loyiha bo’yicha faoliyat va kutilayotgan natijalarni miqdoriy ifodalash imkoniyatlarini mavjudligi.
2.Vaqt bo’yicha cheklanganligi – loyihani ishlab chiqish hamda amalga oshirish muddatlarining cheklanganligi.
3.Aloxida faoliyat turlari bilan bog’liq hodisalarning aniq belgilangan ketma-ketligi.
4.Maqsadga yo’naltirilganligi.
Investitsiya loyihalari, odatda, korxona ko’lamida amalga oshiriladi. Shunga muvofiq, korxona ko’lamida loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
I. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalardan asosiy maqsad uskunalarni almashtirish, xodimlarning malakasini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga ko’chirish asosida firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat.
II. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalashdan maqsad mavjud quvvatlar hisobiga oldindan shakllangan bozorlar uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. Yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalar ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlar va ko’rsatilmagan xizmatlar turlarini vujudga keltirish, yoki ilgari ishlab chiqarilgan tovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi.
IV. Davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarish uchun qilinadigan investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsulot standartlari talablarini bajarish uchun sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda tavakkalchilik darajasi har xil bo’lishi asos qilib olingan.
Yuqorida keltirilganlardan birinchi va to’rtinchi tur investitsiyalarida tavakkal xavfi darajasi past, qolgan ikkitasida esa yuqori hisoblanadi. Bozorda avval ma’lum bo’lmagan mahsulotni ishlab chiqarish va yangi bozorlarni egallash uchun investitsiya sarfi katta tavakkalchilikni talab qiladi. Shu sababli ham uchinchi guruh investitsiyalari tavakkalchilik xavfi eng yuqori bo’lgan investitsiyalardir. Ishlab chiqarishni kengaytirishga qilingan investitsiyalarda tavakkalchilik xavfi yangi ishlab chiqarishga qilingan investitsiyalarga qaraganda pastroq. Ayni paytda samaradorlikni oshirishga qilinadigan investitsiyalar bozor allaqachon qabul qilgan tovarlarning sifatini oshirish, tannarxini kamaytirishni ko’zda tutgani uchun ham, ularda tavakkalchilik xavfi darajasi ikkinchi va uchinchi guruhlar Investitsiyalarinikidan ancha past bo’ladi. Xuddi shu kabi davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarishga sarflangan investitsiyalarning tavakkalchilik xavfi darajasi ancha kichik hisoblanadi.
Loyihalarning turlariga tasniflanish va bo’linmalariga mos ravishda loyihalarni bir-biridan ajratib turadigan bir necha xususiyatlari va odatiy shartlarni ajratish mumkin. Shunga ko’ra, uning quyidagi turlarini bilish zarur.
1. Investitsion loyihalar.
Uylarni qurish, tashkilotlarni qayta qurish yoki asoslarni barpo qilish – bu shunday loyihalarni, ular uchun quyidagilar aniqlangan va belgilangan: loyiha maqsadi (masalan, uy maydonining kv.m. mahsulotning ishlab chiqarish xajmi, o’lchami va profili): bitimning muddati va davomiylik; loyiha xarajatlari, loyihaning talab qilingan resurslari va xaqiqatdagi qiymati birinchi o’rinda ishlarning bajarilish yo’nalishi va har bir loyihaning ilgarilab borishiga bog’liq bo’ladi. Talab qilinayotgan quvvat bu tur loyihalar uchun bosqichlar jadvali va tayyorgarlik muddati hamda loyihaning yakunlanishi asosida taqdim qilinishi kerak.
2. Ilmiy izlanish va rivojlanish loyihalari.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish, qurilish sohasidagi izlanishlar yoki yangi informatsion boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish quyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi: loyihaning bosh maqsadi aniq belgilangan, lekin, aloxida maqsadlar xususiy natijalarga erishishi doirasida aniqlanishi kerak; loyihaning yakunlanishi va davomiyligi muddati oldindan aniqlangan, ularga iloji boricha aniq rioya etish zarur, ammo ular olingan oraliq natijalar va loyihaning umumiy siljib borishiga bog’liq hamda to’g’rilanishi ham kerak; loyihaning xarajatlar rejasi odatda ajratilgan assignatsiyalar va oz miqdorda loyihani xaqiqatda siljib borishiga bog’liq; asosiy cheklashlar quvvatlardan foydalanish imkoniyatlarini cheklanganligi bilan bog’liq (uskunalar va mutaxassislar). Qoidaga asosan, mavjud quvvatlar loyihaning xarajatlari va uning tayorgarlik muddatini aniqlab beradi.
3. Tashkiliy masalalar.
Korxonani qayta qurish, yangi boshqaruv tizimining konsepsiyalarini realizatsiya qilish, yangi tashkilotni tuzish yoki xalqaro forum o’tkazish (kinoforumlar, ko’rgazmalar – texnika, sanoat, qishloq xo’jaligi, shaxsiy ijodiy, turli davlat va xalqaro tashkilotlar uchrashuvini o’tkazish, yillik hisobot uchun kengash yig’ilishini tashkil etish kabilar) – loyiha sifatida quyidagicha xarakterlanadi: loyihaning maqsadlari oldindan aniqlangan, biroq loyiha natijalarini sifat va miqdor jixatdan birinchi ikkita holatga nisbatan aniqlash qiyinroq, chunki ular tizimning tashkiliy jixatdan yaxshilashi bilan bog’liq; muddat va davomiylik taxminan belgilanadi; resurslar imkoniyat doirasida belgilanadi; loyiha xarajatlari aniq belgilanadi va iqtisodiy nazoratga qo’yiladi; biroq loyihaning siljib borishi yuzasidan to’g’rilanish (korrektirovka)ni talab qiladi.
4. Iqtisodiy loyihalar.
Korxonalarni xususiylashtirish, auditorlik tizimini tashkillashtirish, yangi soliq tizimining joriy etilishi (inqirozdan chiqish, bank tizimiga katta miqdorda kreditlar ajratish, pul reformasi, boshqa davlatga beg’araz yordam ko’rsatish, xalqaro hamjamiyat tuzish yoki shu kabi tashkilotlarga a’zo bo’lish, biror-bir iqtisodiy tizimni isloh qilish, masalan, sug’urta tizimi, moliya bozori va sh.k.) – bu o’zining xususiyatlariga ega bo’lgan barcha iqtisodiy loyihalar: loyihaning maqsadi tizimning iqtisodiy ko’rsatkichlari ishlashining yaxshilanishi hisoblanadi, shuning uchun ularni avvalroq ko’rib chiqilgan holatlarga nisbatan baholash qiyinroqdir; maqsadlar taxminan belgilanadi, lekin, loyihani siljib borishi bo’yicha to’g’rilanishini (korrektirovka) talab qiladi; loyiha muddatlari ham xuddi shunday, loyiha uchun resurslar zaruriyat yuzasidan imkoniyat doirasida taqdim etiladi; xarajatlar taxminan aniqlanadi, iqtisodiyligi nazorat qilinadi va loyihani siljib borishi aniqlanadi. Bu shuni bildiradiki, iqtisodiy natijalarga belgilangan muddatlarda o’rnatilgan xarajatlar asosida erishilishi kerak, resurslar talab bo’yicha taqdim etiladi.
5. Ijtimoiy loyihalar.
Ijtimoiy ta’minot tizimini qayta qurish, sog’liqni saqlash, axolining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy ximoya qilish, tabiiy va ijtimoiy siljishlar oqibatlarini yengib o’tish (Orolni qutqarish, ko’chatlar o’tqazish va bog’lar (Yoshlar bog’ini) yaratish, tabiatni turli chiqindilardan tozalash, yozgi oromgohlarda bolalarni sog’lomlashtirish dasturlari, nogiron yoki bolalar uyidagilarga mehr ko’rsatish, ularga turli o’yin, konsert dasturlarini tashkil etish, nochor oilalarda sunnat va nikoh to’ylarini o’tkazish kabilar) – bularning barchasi o’z xissasiga ega ijtimoiy loyihalardir: maqsadlar faqat oraliq natijalarga erishish doirasida to’g’rilanishi kerak va ko’zda tutiladi, ularni miqdor va sifat jixatdan baholash ancha murakkablashgan; loyihaning muddati va davomiyligi taxmininy omillarga bog’liq yoki faqat belgilanadi va oqibatda aniqlanishi zarur; loyiha xarajatlari, odatda byudjet assignatsiyalariga bog’liq; resurslar talab bo’yicha imkoniyat doirasida ajratiladi. Ijtimoiy loyihalar yuqori aniqlikka ega.
6. Innovatsion loyihalar.
Bunday loyihalar bozor uchun hali tanish bo’lmagan yangi mahsulot yoki uning yangi tarkiblarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga qaratilgan loyihalar hisoblanadi.
Loyiha sinfi (loyiha tarkibi va tizimini hamda uning fan sohasi) bo’yicha: monoloyiha, multiloyiha, megaloyiha. Monoloyiha – bu har xil tur, qurilish va hajmdagi alohida loyiha. Multiloyiha – bu bir necha monoloyihalardan tashkil topgan va ko’p loyihali boshqaruvli tadbiqni talab qiluvchi kompleks loyiha. Megaloyiha – bu ta’lim sohalari va h.k.larni rivojlantirishning maqsadli dasturlari bo’lib, bu tartibga bir qator mono va multiloyihalar kiritiladi.
Loyiha ko’lami – (loyihaning hajmi, qatnashuvchilar soni va atrof-muhitga ta’sir darajasi) bo’yicha: kichik loyihalar, o’rta loyihalar, yirik loyihalar, juda yirik loyihalar. Loyihalarning bunday taqsimoti juda shartlidir. Loyiha ko’lamlarini aniqroq shaklda ko’rish mumkin. Davlatlararo, xalqaro, milliy mintaqalararo va mintaqa, tarmoqlararo va tarmoqlar bo’yicha, kooperativ, tashkiliy loyihalar.
Loyihalarning murakkabligi (murakkablik darajasi) bo’yicha: oddiy, murakkab, juda murakkab.
Loyiha turi (loyihaning fan sohasi xarakteri) bo’yicha: investitsion, innovatsion, ilmiy-tadqiqot, aralash. Investitsion loyihalarga, odatda, investitsion qo’yilmalarni talab qiluvchi, bosh maqsadi asosiy fondlarni ishlab chiqarish ya’ni yangilash bo’lgan loyihalar kiritiladi. Innovatsion loyihalarga, tizimlar rivojlanishini ta’minlaydigan, bosh maqsadi yangi texnologiyalarni, nou-xau va boshqa yangiliklarni ishlab chiqish va qo’llash bo’lgan loyihalar kiritiladi.
Har bir loyiha 4 ta asosiy jihati bo’yicha farqlanadi:
1.Loyiha ko’lami bo’yicha: (kichik loyiha, megaloyiha)
2.Amalga oshirish muddatlari bo’yicha (qisqa muddatli, o’rta muddatli va uzoq muddatli loyihalar).
3.Sifati bo’yicha.
4.Resurslarning cheklanganligi bo’yicha.

Download 70,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish