Endoplazmatik retikulum (ER). Ular kanalcha, pufakcha sisternachalardan, konus va yarim shar shaklidagi tutashgan tanachalardan iborat bo'lgan, tutashgan to'r sistemasini hosil qiladi. U juda keng tarqalgan membrana tuzilmasidir. Membranasi 5-7 nm qalinlikda, ichki diametri esa 30-50 nm. Ichki qismi suyuqlik bilan to'lgan (I.5-rasm).
Ularning yuzasi silliq yoki donador bo'ladi. Agarda ER yuzasida ribosomalar saqlasa ular donador, saqlamasa silliq ER deyiladi. Silliq ER membranasida asosan uglevodlar, lipidlar va terpenoidlar hosil bo'lsa, donador membranalarda oqsil, fermentlar sintezlanadi. Shuningdek donador ER membranalarida membrana qismlari hamda fermentlar sintezlanib ular o'z navbatida hujayra qobig'i polisaxaridlarining sintezlanishida ham qatnashadi. ER membranalaraning yuzasi boshqa organoidlar yuzasidan katta bo'lib uning o'zi hujayraning 16% hajmini egallaydi. Ularning yuzasida ribosomalar joylashab oqsillar sintezini ta'minlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |