Mustaqil ish mavzu haykaltaroshlik reja haykaltaroshlikga o’z hissasini qo’shganlar


Haykaltaroshlikga o’z hissasini qo’shganlar



Download 33,31 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2022
Hajmi33,31 Kb.
#598471
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAVZU HAYKALTAROSHLIK

2.Haykaltaroshlikga o’z hissasini qo’shganlar
Oʻrta asrlar Sharq mamlakatlarida H. hamma joyda bir xil rivojlanmadi. Janubiy, janubi-sharqiy Osiyo mamla-katlari (Hindiston, Indoneziya va Hindixitoy mamlakatlari)da maho-batli, ishlanishi nafis ajoyib yodgorliklar yaratilgan boʻlsa, Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida H. amaliy bezak sanʼatining H. bilan chatishib ketgan tosh oʻymakorligi, yogʻoch va ganch oʻymakorligi, zargarlik va kandakorlik asarlarida oʻz ifodasini topdi, roʻzgʻor buyumlari, taqinchoqlar tayyorlashda, binolar bezagi (namoyoni)da keng qoʻllandi. Yevropa mamlakatlarida xristian dini H.ni rivojlantiruvchi asosiy kuch boʻldi: soborlar qoshida H. ustaxonalari tashkil etildi, bu yerda boʻlajak haykal-taroshlar tayyorlandi, ibodatxonalar uchun dumaloq haykal va relyeflar yaratilib, ular diniy gʻoyalarni targʻib qilishga xizmat qildi.
H. roman va gotika uslubida qurilgan binolar kompozitsiyasining ajral-mas qismiga aylandi. 13-asr 2-yarmi — 14-asr boshlarida Yevropa realistik H. namu-nalari koʻzga tashlana boshladi (N.Pi-zano va boshqalar), dunyoviy gʻoyalar (yorqin insoniy xarakterlar, hayotga muhabbat ruhi)ni aks ettirish H.ning bosh vazifasiga aylandi (Donatello, A.Verok-kʼo va boshqalar), koʻp planli relyeflar yara-tildi; bronzadan haykal quyish sanʼ-ati mukammallashdi, mayolika (koshinkorlik), kandakorlik amaliyotda keng ishlatila boshlandi. Mikelanjelo ijodi Uygʻonish davri sanʼatining yuksak bir choʻqqisi boʻldi. 17—19-asrlar H. ham boy va rang-barang; bu davr Yevropa H.da barokko, klassitsilm, realizm uslublari raqobatda boʻldi. Uygʻonish davri H.ga xos xotirjamlik, salobatlilik oʻrniga barokko uslubi bilan shijoat, joʻshqinlik kirib kelgan boʻlsa, klas-sitsizm aksincha yana Uygʻonish davri xotirjamligiga qaytishga, hamma narsani aql bilan tartibga solishga harakat qildi. Oʻz mavqeini mustahkamlab borgan realizm uslubi borliqni toʻlaqonli aks ettirishga, inson his-tuygʻularini chuqurroq ifodalashga intildi (L.Bernini, A.Kanova, J. Gudon va boshqalar). 19-asr 2-yarmidan H.da demokratik tamoyillar ortib bordi, maishiy hayot, mehnat mavzusi sanʼatkorlarni oʻziga jalb etdi. Yevropa H.da turli naturalistik oqim va yoʻnalishlar shakllandi, avvalgi sanʼatlar sintezidan chekinish yuzaga keldi; bu davrda impressi-onizm, simvolizm oqimlari ham H.da oʻz ifodasini topdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshidagi H. rivojiga davrning yangi oqimlari taʼsir etdi. Bu jarayonda fransuz haykaltaroshi O.Roden ijodi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning taʼsirida nafaqat fransuz, balki koʻpgina zamonaviy yevropalik va boshqa haykaltaroshlar ijodi shakllandi. 20-asr H. sanʼati qarama-qarshi omillarga asoslangan. Bir tomondan realistik sanʼat yoʻnalishi oʻz badiiy koʻlamini kengaytirishga, ifoda vositalarining taʼsirchanligini oshirishga intilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan avangard sanʼati oʻz imkoniyatlarini keng namoyon eta bordi. 20-asr badiiy uslublari (kubizm — P.Pikasso, A.Ar"xipenko, A.Loran; konstrukti-vizm — A.Kolder; popart va avangardning boshqa vakillari) taʼsirida H. yangi koʻrinish va anʼanaviy boʻlmagan uslub va materiallar bilan boyidi. 19-asr oʻrtalarida Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida H.da jonlanish boshlandi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda ham H. asarlari yaratila boshladi, uning dumaloq va boʻrtma tasvir-relyef turida asarlar paydo boʻldi. Favvoralar ishga tushdi, bezak H. asarlari bilan dam olish va xor-diq chiqarish maskanlari, xiyobonlarni bezatish odati kengaydi. Shu davrda ishlangan qurbaqa, kiyik, it, sher va boshqa haykallar bir qancha (Toshkent, Buxoro kabi) joylarni bezab turibdi. Buxorodagi Sitorai Mohi Xosadagi marmardan ishlangan sher haykallari, islimiy, girih naqshlar, chiroyli yozuvlar bilan oʻyib jilo berilgan suv novlari diqqatga sazovor. Tosh va marmar oʻymakorligi namunalari Xiva meʼmoriy yodgorliklarida koʻp uchraydi (jumladan, relyefli tosh va marmar poyus-tunlar).
20-asr boshlaridan xalq anʼanaviy amaliy sanʼati usullari keng qoʻllandi hamda rivojlantirildi: Muqimiy teatri (1943) hamda Navoiy teatri (1948) binosi va boshqa H.ning boshqa turlari ham keng rivojlana boshladi. Anʼ-anaviy mayda haykaltaroshlik ham yangi mazmun va mavzular bilan boyidi (U.Joʻraqulov, X.Rahimova, A.Muxto-rov va boshqalar). Shu davrdan realistik H.ning hamma turlarida dastlabki namunalari yaratildi. Monumental va bezak H.gi bevosita meʼmorlik sanʼati bilan bogʻliq holda rivoj topdi: E.Rush, Ya.Kuchis, Ya.Strazdin, O.Korjinskaya asarlari shu sanʼatining dastlabki namunalari edi. Dastgoh H.gida port-ret va janrli kompozitsiyalar paydo boʻldi (A.Ivanov, F.Grishchenko va boshqalar). Oʻzbek haykaltaroshligining yangi bos-qichi 20-asrning ikkinchi yarmiga toʻgʻri keladi. Bu davrga kelib haykaltaroshlar safi kengaydi. H.da akademik tizim shakllandi. A. Boymatov, A. Ahme-dov, D.Roʻziboyev, A.Shoymurodov, E.Aliyev, H.Hus-niddinxoʻjayev, Ya.Shapiro, L.Ryabsev, D. Ryabichev va boshqa H.ning barcha tur va janrlarida ijod qilib, uning ravnaqiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Monumental va monumental-bezak H. borasida qator asarlar yaratishda tosh, metall, shamot, sopol va boshqa qat-tiq materiallardan keng foydalaniddi. Oʻzbekistondagi har bir meʼmoriy majmua sanʼatlar sin-tezi zaminida shakllantirilishi H. rivojida muhim oʻrin egalladi. Toshkent shahri, viloyatlar va tumanlar markazlarida bosh maydon, yirik xiyo-bon, koʻchalar va boshqa markazlarda maydonlar tashkil etildi, ularda davlat va fan, madaniyat arboblariga yodgorliklar oʻrnatildi: Toshkentdagi Pushkin (M.Anikushin), Samarqanddagi Alisher Navoiy va Jomiy (H.Husnid-dinxoʻjayev va V.Lunev) hamda Mirzo Ulugʻbek (M.Musaboyev) va boshqa haykallar. Bezak H.da afsonaviy ajdaho, kiyik va qoʻzichoqlar haykallari yaratilib, madaniy, maʼmuriy binolarning may-donlariga oʻrnatildi (Toshkentdagi Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Markaziy koʻrgazmalar zali oldidagi haykallar va boshqa, Samarqand muzeyi oldidagi ajdaho, Buxoro Inturist mehmonxonasi uchun ishlangan relyef va haykallar), favvoralarda H. koʻrinishlari oʻz ifodasini topdi.
Dastgoh H.ning portret va anima-listika janrlarida A. Boymatov, A.Shoymurodov, A.Ahmedov, akauka P. va M.Ivanovlar, T. Qosimov, D.Roʻziboyev, keyinroq \\.Jabborov, T.Toʻlaxoʻjayev va boshqa, qoraqalpoq H.da J.Quttimurodov, Toʻraniyozov va boshqa izlanishlari oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. 1960—80 yillarda dast-goh X.ning portret, janrli haykal va mayda plastika (haykaltaroshlik)da jonlanish sezildi, uslub va yoʻnalishlari kengaydi. A. Hotamov, T.Esonov, M. Abdullayev, F. Ahmedzya-nov, M.Avakyan, M.Rahmonberdiyev, M.Borodi-na, L. Nesterovich, M. Porub, T.Yorqulov va boshqa shu yoʻnalishda ijod qilib tanila boshladilar.
Mustaqillik yillarida H.da yirik badiiy yodgorlik haykallar barpo etildi, ularda ajdodlarning yorqin qiyofalarini yara-tishga erishildi. Bu davrda H.da yaratilgan asarning ilk namu-nasi Oʻzbekiston milliy bogʻinint soʻlim goʻshasiga oʻrnatilgan Alisher Navoiy haykali boʻlib (haykaltaroshlar E.Aliyev, N.Bandzeladze, V.Deg-tyarov, 1991), u atrof-muhit bilan uy-gʻunlikda; ramziy maʼnoda barpo etilgan meʼmoriy qism (ayvon) shoirning mahobatli qiyofasini yanada jonlantiradi. Monumental H.da sermahsul ijod qilayotgan I.Jabborov, J. Mir-tojiyev va boshqa asarlarida sanʼatlar sin-teziga asoslangan asarlari yuzaga keldi. Toshkent, Samarqand, Shahrisabzda qad koʻtargan Amir Temurning mahobatli haykallarida sohibqiron obrazi gavdalantirildi; sarkarda "Ja-loliddin Manguberdi" (2000), buyuk alloma "alFargʻoniy" (1998, Fargʻona va Quva shahri) "Zahiriddin Muham-mad Bobur" (1993, Andijon shahrida), "Abdulla Qodiriy" (1994, Toshkent shahrida), "Choʻlpon" (1997, Andijon shahrida), "Ona" (Jizzax shahrida) kabi yirik yodgorlik asarlarida tarixiy shaxslar qiyofasi, "Alpomish" ramziy haykalida (1999, Termiz shahrida) xalq qahramonining badiiy talqini yara-tildi.
Dastgoh H.da zamonaviy va milliy anʼanalar oʻzaro uygʻunlikda rivojlanmoqda, bunda badiiy tasviriylik yetakchi oʻrin tutadi. H.da oʻziga xos ijodiy uslubga ega boʻlgan T.Tojixoʻjayev ("Alisher Navoiy", "Ulugʻbek", "Mashrab", "Furqat" kabi buyuk siymolar hamda "Kurash", "Raqs", "Chavandoz" kabi romantik asarlar), D.Roʻziboyev ("Navroʻz malikasi", 2000), J.Quttimurodov ("Ayol", "Amudaryo", "Oqqush", "Avesto" turkumi va boshqalar), J. Mirto-jiyev ("Bobur — Vatan sogʻinchi", "Sayyoh Bobur", "Temur Malik", "Behzod") va boshqa haykaltaroshlar sama-rali ijod qilmoqda. Mayda H.da ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi, sopol (terrakota), shamot, chinni, fayans, yogʻoch va boshqalarda asarlar yuzaga keldi. Sh.Moʻminovannng chinni va sopol shakllari nozik hamda tasavvurining rang-barangligi bilan ajralib turadi, N.Qodirov, V. Shurkov va boshqalarning sopol haykalchalari ishlanishi xalq ijodiyotiga yaqinligi, yengil yumori bilan diqqatni oʻziga tortadi.


Download 33,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish