G'isht devorli ko'p qavatli binolarni barpo etishni o'ziga xosligi shundan iboratki, montaj va g'isht terish ishlarini qo'shib olib borili shidadir. Bu ikkala jarayon bir-biri bilan o'zaro bog'langan va bu ishlar parallel yoki ozgina vaqt oralig'ida farq bilan bajariladi.Bu ishlarni bajarishni o'ziga xosligi shundaki, ularni bajarish kerakli texnologik tanaffuslarga amal qilish bilan bog'liq. Navbatdagi qavat karkaslarini montaj qilishga tutashuv joylardagi, tugunlardagi va qavatlar ora yopmalar choklaridagi beton qorishmasi eng kamida 70%, , g'isht terimida 50% loyixadagi mustaxkamlikkaerishgandan so'ng ruxsat etiladi. G'ishtli binolarni barpo etishni faqat oqim usulida, ya'ni binoni mexnat unumdorligi bo'yicha bir xil bo'lgan qamrovlarga bo'linishini nazarda tutadigan bir-, ikki - va uchqamrovli sistemalarda olib borish kerak. - G'isht devorli ko'p qavatli binolarni barpo etishni o'ziga xosligi shundan iboratki, montaj va g'isht terish ishlarini qo'shib olib borili shidadir. Bu ikkala jarayon bir-biri bilan o'zaro bog'langan va bu ishlar parallel yoki ozgina vaqt oralig'ida farq bilan bajariladi.Bu ishlarni bajarishni o'ziga xosligi shundaki, ularni bajarish kerakli texnologik tanaffuslarga amal qilish bilan bog'liq. Navbatdagi qavat karkaslarini montaj qilishga tutashuv joylardagi, tugunlardagi va qavatlar ora yopmalar choklaridagi beton qorishmasi eng kamida 70%, , g'isht terimida 50% loyixadagi mustaxkamlikkaerishgandan so'ng ruxsat etiladi. G'ishtli binolarni barpo etishni faqat oqim usulida, ya'ni binoni mexnat unumdorligi bo'yicha bir xil bo'lgan qamrovlarga bo'linishini nazarda tutadigan bir-, ikki - va uchqamrovli sistemalarda olib borish kerak.
Ishlarni tashkil etishning bir qamrovli sistemasi bilan asosan rejada kichikroq bir sektsiyali va bir qavatli binolar qurilishlarda, butun qavat uch yarusga bo'linib g'isht terilganida qo'llaniladi. Bu sistemada g'isht terishni va montajni, montajchi kasbini o'zlashtirgan g'isht teruvchilar bajaradilar. G'isht terish ishlari binoni perimetri bo'yicha yarus balandligida smena oxirigacha tugatilishi kerak. Shu kuni ikkinchi smenada yordamchi ishlar bajariladi: so'rilarni o'rnatish, so'rilarga g'isht keltirish va boshqa ishlar. Uch kundan so'ng, ya'ni uchinchi yarus g'ishtlari terib bo'lingandan so'ng, brigada 4...5 odamdan iborat montaj zvenolarga bo'linadilar, zvenolar soniga qarab yig'ma elementlar ikki yoki uch smena davomida montaj qilinadi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga binoan montaj ishlari olib borilayotgan qamrovlarda (ishchi uchastkalarda) bir vaqtning o'zida g'isht teruvchilar ishlashi yoki teskarisi bo'lishi mumkin emas. - Ishlarni tashkil etishning bir qamrovli sistemasi bilan asosan rejada kichikroq bir sektsiyali va bir qavatli binolar qurilishlarda, butun qavat uch yarusga bo'linib g'isht terilganida qo'llaniladi. Bu sistemada g'isht terishni va montajni, montajchi kasbini o'zlashtirgan g'isht teruvchilar bajaradilar. G'isht terish ishlari binoni perimetri bo'yicha yarus balandligida smena oxirigacha tugatilishi kerak. Shu kuni ikkinchi smenada yordamchi ishlar bajariladi: so'rilarni o'rnatish, so'rilarga g'isht keltirish va boshqa ishlar. Uch kundan so'ng, ya'ni uchinchi yarus g'ishtlari terib bo'lingandan so'ng, brigada 4...5 odamdan iborat montaj zvenolarga bo'linadilar, zvenolar soniga qarab yig'ma elementlar ikki yoki uch smena davomida montaj qilinadi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga binoan montaj ishlari olib borilayotgan qamrovlarda (ishchi uchastkalarda) bir vaqtning o'zida g'isht teruvchilar ishlashi yoki teskarisi bo'lishi mumkin emas.
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |