Ishlab chiqarish
|
Xarid
| | |
Ishlab chiqarishning bir yillik hajmi
| |
I
|
II
|
III
| |
Fermerlar
|
2
|
1
|
2
|
5
|
Yer egalari
|
2
|
0
|
0
|
2
|
Hunarmandlar
|
1
|
1
|
0
|
2
|
Yakuniy xarid
|
5
|
2
|
2
|
9
| - Jadvalda F.Kenye iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning "sof mahsulot" va "kapital", unumli va unumsiz sinflar to`g`risidagi ta'limoti aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham ko`rinib turibdi. F.Kenye takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning o`zgarmasligini asos qilib oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro`y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan abstraksiya qilinadi (ya'ni bu xodisa faqat ichki bozor sharoitida ro`y beryapti deb qarash kerak).
- Qishloq xo`jalik yilining oxiri hosil yig`ib olish tugallangan davr muomala (aylanish) momentining boshlang`ich punkti qilib olingan. Dehqonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal qilgan o`sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo`lib (4 mlrd oziq-ovqat, 1 mlrd xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli, shundan 1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital ("boshlang`ich avans") 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlashga (amortizatsiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o`zining boshlang`ich qiymatiga nisbatan 10 foiz yeyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital ("yillik avans") 2 mlrd, "sof mahsulot" qiymati 2 mlrd, "unumsiz sinf" o`tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd livrlik mahsulotga ega.
- "Iqtisodiy jadval"da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmabirlashtirilgansdan, ko`plab individual aktlar sinflar o`rtasidagi muomalaga. Ana shu sinflar o`rtasidagi muomala F.Kenye tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish momenti sifatidagina qarab chiqishga uringan.
- F. Kenye iqtisodiyot tarixida birinchi bo`lib makroekonomik modellashtirishni amalga oshirgan edi.
- F.Kenyening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi.
- Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo`lganidan buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga ko`mak bergan: 1) yozuv; 2) tanga; 3) "Iqtisodiy jadval".
- F.Kenye ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to`g`risidagi g`oyada izchillik va ilmiylik yo`q. Sanoatchilar ("unumsiz sinf") ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etilgan (chunki mahsulotning hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash imkoniyati yo`q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga ega). Ammo F.Kenyening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya'ni tovar va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekonomik zanjiridir. Undagi g`oyalar bo`lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo`lib qoldi.
- E”tiboringiz uchun raxmat
Do'stlaringiz bilan baham: |