Ishlab chiqarish
|
Xarid
|
|
|
|
Ishlab chiqarishning bir yillik hajmi
|
|
|
|
|
|
I
|
II
|
III
|
|
Fermerlar
|
2
|
1
|
2
|
5
|
Yer egalari
|
2
|
0
|
0
|
2
|
Hunarmandlar
|
1
|
1
|
0
|
2
|
Yakuniy xarid
|
5
|
2
|
2
|
9
|
Jadvalda F.Kenye iqtisodiy ta'limotining asosiy tomonlari: uning "sof mahsulot" va "kapital", unumli va unumsiz sinflar to`g`risidagi ta'limoti aks etgan; unda muallifning kapitalistik ishlab chiqarish usulining himoyachisi sifatidagi sinfiy pozitsiyasi ham ko`rinib turibdi. F.Kenye takror ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilishga kirishganda baholarning o`zgarmasligini asos qilib oladi (bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro`y beryapti deb faraz qilinadi). Bu jarayon tashqi bozordan abstraksiya qilinadi (ya'ni bu xodisa faqat ichki bozor sharoitida ro`y beryapti deb qarash kerak).
Qishloq xo`jalik yilining oxiri hosil yig`ib olish tugallangan davr muomala (aylanish) momentining boshlang`ich punkti qilib olingan. Dehqonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal qilgan o`sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo`lib (4 mlrd oziq-ovqat, 1 mlrd xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli, shundan 1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital ("boshlang`ich avans") 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlashga (amortizatsiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o`zining boshlang`ich qiymatiga nisbatan 10 foiz yeyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital ("yillik avans") 2 mlrd, "sof mahsulot" qiymati 2 mlrd, "unumsiz sinf" o`tgan davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd livrlik mahsulotga ega.
"Iqtisodiy jadval"da takroriy ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim-ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmabirlashtirilgansdan, ko`plab individual aktlar sinflar o`rtasidagi muomalaga. Ana shu sinflar o`rtasidagi muomala F.Kenye tadqiqotining predmeti edi. Olim aylanish (muomala)ni takror ishlab chiqarish jarayonining shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning aylanish momenti sifatidagina qarab chiqishga uringan.
F. Kenye iqtisodiyot tarixida birinchi bo`lib makroekonomik modellashtirishni amalga oshirgan edi.
F.Kenyening ijodi nihoyatda yuqori baholangan edi.
Fransuz iqtisodchisi Mirabo V.R. (1715-1789) fikricha, dunyo paydo bo`lganidan buyon asosan uchta kashfiyot siyosiy jamiyatlar mustahkamlanishiga ko`mak bergan: 1) yozuv; 2) tanga; 3) "Iqtisodiy jadval".
F.Kenye ta'limotida bir qancha kamchiliklar mavjud, sinflar to`g`risidagi g`oyada izchillik va ilmiylik yo`q. Sanoatchilar ("unumsiz sinf") ishlab chiqarish vositalaridan mahrum etilgan (chunki mahsulotning hammasi sotib yuboriladi) va ularda ishlab chiqarishni qaytadan boshlash imkoniyati yo`q (vaholanki, hunarmandlar asosiy kapitalga ega). Ammo F.Kenyening jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya'ni tovar va pul holidagi moddiy ne'matlarning makroekonomik zanjiridir. Undagi g`oyalar bo`lajak iqtisodiy modellarning kurtagi bo`lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |