Bolaning istimasi chiqayotganini qanday anglash mumkin?
Kattalar yuqori haroratni odatda quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlashadi:
Zaiflashish;
Bosh og‘riqlari;
Titroq;
Ishtahaning yo‘qolishi;
Mushaklardagi og‘riqlar;
Terlash.
Gapirishni biladigan yoshdagi bolalar yoqimsiz holatdan shikoyat qilishlari mumkin. Biroq hali tilga kirib ulgurmagan bolakaylarda ham harorat ko‘tarilishi kuzatiladi.
Chaqaloqlarda haroratni o‘lchash uchun bolaning noodatiy xatti-harakatlari sabab bo‘lishi mumkin:
Ovqatdan yoki ona sutidan voz kechish;
Sababsiz ko‘z yosh to‘kish, asabiylik;
Uyqusirash, charchoq, nofaollik.
Peshonaga labni tekkizish bilan istima borligi haqida gapirib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |