Yevro (Yeigo) — Yevropa Ittifoqi tarkibidagi Yevropa iqtisodiy va pul hamjamiyati aʼzolarining pul birligi. Xalqaro ifodasi Yevropa Ittifoqi 1999-yil 1-yanvardan muomalaga chiqarilgan. 1 Yevro=100sent. 1999-yili 1-yanvardan 2002-yil 1-yanvarga kadar Yevro naqd pulsiz toʻlovlarda ishlatildi, Yevro bilan bir qatorda bu mamlakatlarning milliy pul birliklari ham muomalada yurdi. Yevro muomalaga kiritilishi bilan ilgari shu mamlakatlar oʻrtasida xalkaro toʻlovlarda foydalanilgan ekyu muomaladan chiqarildi va ular ekyuning soʻnggi qiymati (1998-yil 31-yanvar holati) boʻyicha Yevroga tengma-teng almashtirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |