Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon,
Ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon.
Юқорида келтирилган 85 танбеҳда анафора, намуналарини кўришимиз мумкин:
Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon,
Ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon.
Atoqli ma’rifatparvar, iste’dodli shoir, mashhur tarbiyachi Abdulla Avloniy Toshkentda kosib oilasida dunyoga kelgan. U eski maktabda ta’lim oldi. U o’z tarjimai holida yozishicha: «12 yoshimdan O’qchi mahallasidagi madrasada dars o’qiy boshladim, 13 yoshimdan boshlab yoz kunlari mardikor ishlab, oilamga yordam qilib, qish kunlari o’qir edim. 14 yoshimdan boshlab, o’sha zamonga muvofiq har xil she’rlar yoza boshladim. Bu zamonlarda «Tarjimon» gazetasini o’qib, zamondan xabardor bo’ldim».
Madrasani bitirib, maktabdorlik bilan shug’ullandi. O’qish va o’qitish usuliga isloh kiritib, yangi tipdagi maktab tashkil etgan yosh pedagog o’quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, sharq va g’arb tillarini o’rgatish kabi muhim ta’lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi.
Abdulla Avloniy maktablar uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» (1912), «Tarix», «Turkiy guliston va axloq» (1913) kabi zamonasi uchun hodisa bo’lgan darsliklarni yozgan. 1895 yillardan ijodiy faoliyatini boshlagan Avloniy «Qobil», «Shuhrat», «Hijron», «Avloniy», «Surayyo», «Abulfayz», «Indamas» taxalluslari bilan she’r, hikoya, fel’eton va kichik hajmli dramatic asarlar (1900—1917) yaratdi. Shoir o’z she’rlarida zamonasidagi qoloqlikni, johillikni tandid qilar va kishilarni bilimga, ma’rifatga chaqirar edi.
Abdulla Avloniy 1917 yilgacha mahalliy xalq vakillarndan yetishib chiqqan yirik jurnalist sifatida Toshkentda «Shuhrat», «Osiyo» kabi gazetalarni tashkil etadi. U «Advokatlik osonmi?», «Ikki muhabbat», «To’y», «S’ezd», «Laylo va Majnun», «O’liklar» kabi dramatik asarlarida jaholat, bid’at, bilimsizlikning fojeali oqibatlarini, qo’pol va yaramas urf-odatlarni fosh etadi.
Abdulla Avloniy shoir sifatida o’nlab, yuzlab she’rlar bitgan. Ular xoh eski urf-odatlar haqida bo’ladimi, xoh muhabbat yoki maktab-maorif haqida bo’ladimi, hamma-hammasida inson va tarbiya, axloqiy go’zallik va ma’naviy boylik haqida kuylaydi. Shuning uchun ham uning she’rlarida xalq didaktikasi bilan yangi zamon pedagogikasi uyg’unlashib ketadi. Jumladan, «O’z mamlakatimizda» she’rida maishat uchun pul-boyljkni isrof etgan, ammo bola tarbiyasi uchun ko’zi qiymagan xasislarni «Ilm uchun pulni ko’zlari qiymas»ligini qoralaydi. Yoki «Maktab» she’rida:
Maktab misni tillo qilur,
Maktab sizni mullo qilur,—
deyish orqali maktab inson uchun zulm, nohaqlik, adolatsizlikdan xalos etuvchi, najot yo’li deb biladi. Ayniqsa, uning «Adabiyot» (1915) kitobi bu jihatdan alohida ajralib turadi.
Xullas, A. Avloniy yozganidek:
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar, olmosday bo’lur o’tkir.
Avloniy 1913 yilda Yevropa usulidagi «Turon» teatr truppasini tashkil etdi, unda o’z asarlari va qardosh xalqlar tillaridan tarjima qilingan qator dramalarni sahnalashtirdi.
Abdulla Avloniy o’zbek xalqi maorifi, madaniyati, ma’rifati bilan bir qatorda qo’shni Afg’on xalqi ijtimoiy-siyosiy hayotida ham 20-yillarda muhim rol o’ynagan. U ma’lum muddat Afg’oniston xalq maorifi vaziri, so’ng Sho’rolar ittifoqining Afg’onistondagi konsuli — elchisi vazifalarida xizmat qilgan.
A. Avloniy 1920—1930 yillarda respublikamiz ro’znoma va oynomalarida qator maqolalari bilan faol qatnashadi.
Avloniy O’rta Osiyo Davlat universitetida dars berish bilan birga, qator adabiyot darsliklarining muallifi bo’lgan. U 1934 yili 56 yoshida vafot etadi.
Yangi ming yillik boshi XXI asr — o'zbek xalqi uchun O'zbekistonni buyuk davlatga aylantirish va inson huquqlari ustuvor bo'lgan farovon hayot qurish asri bo'ladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarida tub yangilanish va bunyodkorlik ishlari keng ko'lamda izchil amalga oshirilmoqda.
Kelajagi buyuk O'zbekistonni yaratishga hissa qo'shish shu Vatan farzandlarining zimmasiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Yuksak mas'uliyatni anglab, jamiyatda o'rnatilgan tartib va intizomga amal qilib yashash huquqiy davlatga xos xususiyat hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, huquqiy davlat o'z-o'zidan bunyod bo'lmaydi. Buning uchun hayotda Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi ta'minlanishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyat bo'lishi, mas'uliyat va majburiyatni his qilib yashash tarzi qaror topishi zarur.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bo'ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi davlatimiz mustaqilligining ulkan ramzi bo'lib, unda o'z istiqlol va taraqqiyot yo'limiz aks etadi. Uni kelgusi avlod erkinlik, mustaqillik, ozodlik va hurlik tantanasi sifatida tarixda e'zoz-hurmat bilan tilga oladi. O'zbek xalqi ana shunday ulug'vor Konstitutsiyaga munosib buyuk xalqdir.
O'zbekiston Konstitutsiyasi xalq xohish-irodasini ifoda etuvchi adolatli davlat, farovon jamiyat va erkin hayot qurish va uni rivojlantirishning istiqbollarini belgilaydi. Unda inson hayoti, uning sha 'ni, qadr-qimmati, haq-huquqlan va manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlab qo'yilgan.
Asosiy Qonunimizda belgilangan normalarning hayotda amaliy ifoda topishida o'sib kelayotgan yosh avlodning Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati to'g'risida huquqiy bilimga egaligi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatning yuksakligi muhim rol o'ynaydi.
Shuni hisobga olib davlatimiz ta'limning barcha tizimlarida huquqiy ta'lim va taibiyani yanada yaxshilashga ustuvor vazifa sifatida alohida e'tibor berib kelmoqda. Huquqiy ta'limni rivojlantirish sohasida diqqatga sazovor amaliy ishlar qilinmoqda.
Biz qonun ustuvor bo'lgan jamiyat barpo qilmoqchimiz. Qonun ustuvorligi — bu qonunga rioya etish hamma uchun majburiy bo'lgan, uni buzishga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydigan huquqiy hayotiy tartibdir. Shuning uchun shu hayotiy tartibga o'zimizni tayyorlab va yetarli huquqiy bilimlarga ega bo’lib borishimiz lozim.
Shuni aytish kerakki, faqat huquqiy bilimli bo'lishning o'zi yetarli emas, shu bilan birga egallagan bilimlarni hayot¬da qo'llay olish madaniyatini ham o'zimizda tarbiyalab borishimiz kerak. Chunki huquqiy bilim va uni amalda qo'Ilash madaniyati huquqiy-ma'naviy qiyofamizni ko’rsatuvchi mezondir.
Konstitutsiyadagi huquqiy g'oyalar istiqlol mafkurasida asosiy o'rinni egallaydi. Qonun jamiyat hayotida hamma uchun yashash va harakat qilish qoidasiga aylanar ekan, qonunga nisbatan fuqarolarning munosabati qanday bo'lishi kerak? Qonunga hurmat, e'tiqodchi? degan qator savollar kelib chiqadi. Konstitutsiyaning mazmun va mohiyatini o'rganish, undagi ulug'vor g'oyalarni bilish, qonunga e'ti¬bor va e'tiqod yuksak bo'lishini hayotning o'zi talab etadi.
Shuning uchun Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligini ta'minlashda istiqlol mafkurasining tarkibiy qismi bo'lgan huquqiy mafkura muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki odamlarni birlashtiruvchi va fikrlarni jamlaydigan qonunlarga murojaat etish zarur bo'lganda, yuksak huquqiy madaniyatga ehtiyoj kuchayganda, qonunlarga bo'ysunish zarurligini tushuntiruvchi, huquqiy tizimni muhofaza qiluvchi, qonuniylik talablarini tashviq va targ'ib qiluvchi huquqiy mafkura har qanday davlat uchun zarurdir. Bundan esa, oldimizda huquqiy mafkuraviy tarbiyalanganlik darajamiz qanday, degan savol tug'iladi Biz o'zimizda huquqiy mafkuraviy sohadagi bilimlarimizni mustahkamlab borsak, bar qanday vaziyatda jamiyat manfaatiga zid bo'lgan xatti-harakatlarga va tahdidlarga Konstitutsiya asosida baho bera olamiz, kerak bo'lsa kurasha olamiz va o'zimizni himoya qilamiz. Shuning uchun huquqiy mafkuraning asosiy o'zagi hisoblangan Konstitutsiya qoidalari bizning e'tiqodimizga aylanishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qadr-qimmatini hech narsa bilan o'lchab va tenglashtirib bo'lmaydi. Chunki unda mustahkamlangan qoidalarda va ifodalangan g'oyalar zamirida xalqning, millatning, qolaversa sizning huquq va erkinliklaringiz mujassam. Uni aziz va muqaddas deb bilib, Konstitutsiyadagi qoidalar asosida yashash Sizning kelgusi hayotingiz farovon bo'lishining asosidir.
Avloniy va musiqa san’ati.
O`zbekiston Davlat Konservatoriyasi "Musiqa tarixi",
"Musiqiy jurnalistika va tanqid" kafedralari o`qituvchisi.
O`rta Osiyo ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida muhim o`rin tutgan jadidchilik harakati, adabiyoti va san’atining yirik namoyondalaridan biri bo`lmish Abdulla Avloniy milliy teatr va musiqa san’ati ravnaqi, xalqimizni ma’naviy qashshoqlikdan qutqarish, umumxalq madaniyatini yuksaltirih yo`lida faol ish olib borgan siymolardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |