2017-yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkentga MDH TIVKning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun kelgan Albaniya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Edvard Nalbandyan bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Albaniya munosabatlarining hozirgi holati, turli sohalardagi aloqalar, jumladan MDH va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Albaniyaning mavjud salohiyatini namoyon qilish nuqtayi-nazaridan savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni rivojlantirishning amaliy masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |