CorelDraw dasturida fayllarni saqlash
CorelDraw dasturida fayllarni saqlashni yuqorida ko’rib o’tgan edik. Bunda File (Файл) menyusidan Save (Сохранить) orqali biz loyihani saqlagan bo’lamiz, ya’ni CorelDraw dasturi hujjatini saqlaymiz, uni keyinchalik davom ettirish yoki unga o’zgartirishlar kiritish mumkin. Lekin CorelDraw dasturi mavjud bo’lmagan yoki dastur o’rnatilmagan foydalanuvchilar tayyorlangan tasvirni ko’ra olmaydilar. Rasmdan foydalanish imkonini beruvchi boshqa holatlarda ham kerakli joyga joylashtirib yoki foydalanib bo’lmaydi. Buning uchun rasm (tasvir)ni rasm formatlaridan birida ham saqlash lozim.
Yaratilgan rasm (tasvir)ni kerakli formatlardan birida saqlash uchun File (Файл) menyusidan Export... (Экспорт…) bandi tanlanadi yoki klaviaturadan [Ctrl] + [E] tugmasi bosiladi. Hosil bo’lgan muloqot darchasining quyi qismidagi Save as type: (Сохранять как тип:) bo’limidan kerakli rasm formati tanlanadi (masalan, JPG – JPEG Bitmaps); File name: (Имя файла:) oynasiga esa faylga nom beriladi va Export tugmasi bosiladi. Natijada yaratilgan tasvir rasm formatida saqlanadi, undan foydalanish mumkin.
Eslatamiz: CorelDraw dasturida saqlangan hujjat .cdr formatida, loyiha ko’rinishida saqlanadi.
Ekranning yuqori qismida bosh menyu buyruqlari (menu bar) joylashgan boʻlib u quyidagi 11 ta menyu lardan tashkil topadi:
1) Файл (File – Файл) – dastur, asosiy hujjat bilan bog’liq: yaratish, ochish, saqlash, tasvirlarni yuklash, import-eksport, chop etish amallarini bajarish.
2) Редактировать (Edit – Правка) – tahrirlash, ya’ni tasvirlarni nusxalash (копировать, дублировать, клонировать), qirqish, qo’yish, bekor qilish, qaytarish, o’chirish amallarini bajarish.
3) Показать (View – Вывести) – obyektlarni ko’rish rejimini tanlash, to’liq ekranga yoyish, lineyka, setka-to’r hosil qilish, umuman ko’rinish bilan bog’liq amallarini bajarish.
4) Размещение (Layout – Расположение) – boshqarish, sahifalarni joylash, ya’ni 1 yoki bir nechta sahifa qo’shish, joylash, o’lchamlarini belgilash, o’chirish, nomlash, kerakli sahifaga o’tish, fon tanlash amallarini bajarish.
5) Компоновать (Arrange – Выравнивание) – tasvirlarni tartiblash, ya’ni obyektlarni holatini, ma’lum burchakka burishni, o’lchamini, og’masini belgilash, ularni bekor qilish, obyektlarni tartiblash, guruhlash, birlashtirilgan guruhlarni ajratish kabi amallarini bajarish.
6) Эффекты (Effects – Эффекты) – obyektlarga effekt berish, ya’ni badiiy-tasviriy usul orqali bezak berish, chegara o’rnatish, ustki ko’rinishni o’zgartirish, linza hosil qilish kabi amallarini bajarish.
7) Битовые изображения (Bitmaps – Битовые картинки) – tasvirlarni rastli holatga o’tkazish, ranglar modelini-rejimini o’zgartirish kabi amallarini bajarish.
8) Текст (Text – Текст) – matnlar bilan ishlash, ya’ni matnlarni formatlash, tahrirlash, simvollar o’rnatish, ramka, soya hosil qilish, statistik ma’lumot kabi amallarini bajarish.
9) Инструменты (Tools – Средства) – uskunalarni sozlash, servis ishlarini bajarish, ekranda muloqot o’rnatish oynasini hosil qilish, ranglarni boshqarish, qurilmalarni tanlash kabi amallarini bajarish.
10) Окна (Window – Окна) – joriy oynadan tashqari oyna hosil qilish, ularni ketma-ket, tagma-tag yoki yonma-yon joylash kabi amallarini bajarish.
11) Помощь (Help – Справка) – dastur haqida ma’lumot va dasturdan yordam olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |