Mustaqil ish Markaziy Osiyo davlatlariga: Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston



Download 112 Kb.
bet6/7
Sana17.09.2021
Hajmi112 Kb.
#176702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Markazi Osiyo geografiyasi Azizjon

Oʻzbekiston Respublikasi

Shior: Kuch adolatdadir

Madhiya: Serquyosh, hur oʻlkam...

Poytaxt Toshkent

Rasmiy til(lar) oʻzbekcha, qoraqalpoqcha

Hukumat Prezidentlik Respublika

Prezident Shavkat Mirziyoyev

Senat raisi Tanzila Norboyeva

Bosh vazir Abdulla Oripov



Mustaqillik Sovet Ittifoqidan

Eʼlon qilingan 1-sentabr 1991-yil

Tan olingan 8-dekabr 1991-yil

Maydon

Butun 448 978 km² (56-)

Suv (%) 4,9

Aholi

2017 roʻyxat 32 979 000[1][2] (42- oʻrin)

Zichlik 70.5/km²

YaIM (XQT) 2019- yil roʻyxati

Butun $60.490 milliard[3] (78-)

Jon boshiga $1,831[3]

Pul birligi Oʻzbek soʻmi (UZS)

Vaqt Mintaqasi (UTC+5)

Yoz (DST) (UTC+6)



Qisqartma UZ, UZB

Internet domen .uz

Telefon prefiksi +998) — Markaziy Osiyoning markaziy qismida joylashgan mamlakat. Oʻzbekistonning poytaxti — Toshkent shahri boʻlib, davlat tili — oʻzbek tili hisoblanadi. Maydoni — 448,978[4] km2. Aholi soni (2020) — 34,011,621[5]. Pul birligi — soʻm. Oʻzbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iboratdir, shuningdek, davlat mustaqil, demokratik, dunyoviy va konstitutsiyaviy davlat ham hisoblanadi. Oʻzbekiston MDH, BMT, YXHT, va SHHT aʼzosidir. Oʻzbekiston qirgʻoqqa ega boʻlmagan besh mamlakat bilan, yaʼni: shimoldan Qozogʻiston; shimoli-sharqdan Qirgʻiziston; janubi-sharqdan Tojikiston; janubdan Afgʻoniston; va janubi-gʻarbiy qismida Turkmaniston bilan chegaradosh.

Oʻzbekiston iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich oʻtadi, tashqi savdo siyosati import oʻrini bosishga asoslangan. 2017-yil sentabrida mamlakat valyutasi bozor kursi boʻyicha toʻliq konvertatsiya qilinmoqda. Oʻzbekiston paxta tolasini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yirik korxonadir. Mamlakatda shuningdek, dunyodagi eng yirik oltin koni mavjud. Sovet davridagi ulkan energiya ishlab chiqarish qurilmalari va tabiiy gazni yetkazib berish bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik elektr ishlab chiqaruvchisi boʻldi.

2. O’zbekiston elektroenergetika sanoati



.Elektr energiyasi sanoati elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni isteʻmolchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat. Ushbu tarmoq mamlakat yoki iqtisodiy rayon miqyosida sanoatni joylashtirishga muhim taʻsir koʻrsatadi. Bu taʻsir ikki yoʻnalishda sodir boʻladi. Birinchi yoʻnalish elektr energiyani katta masofaga uzatishdan iborat. Bu esa mamlakatning barcha xududlarida sanoatni rivojlantirishga imkon beradi. Ikkinchi yoʻnalish moʻl-koʻl va arzon elektr energiyasi ishlab chiqaradigan xududlarda energiyani koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlarini joylashtirishdan iborat. Elektr energiyasini koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlariga titan, alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak ishlab chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat, magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20 ming kVt/soat elektr energiyasi sarf boʻladi. Demak, ishlab chiqarilgan maxsulot tan narxining asosiy qismini energetika harajatlari tashkil qilsa, bunday ishlab chiqarish koʻp energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga qora metallurgiya (elektrometallurgiyadan tashqari), soda va qogʻoz ishlab chiqarish, mashinasozlik, mebel, fanera va toʻqimachilik sanoati kiradi. Elektr energiyasi sanoatini joylashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi: a) yoqilgʻi va gidroenergetika resurslari; b) ishlab chiqarishdagi va elektr energiyani uzatishdagi texnika taraqqiyoti; v) isteʻmolchining joylashishi. Ushbu tarmoqning asosiy hususiyati shundan iboratki, elektr energiya ishlab chiqarish uni isteʻmol qilish bilan bir vaqtga toʻgri keladi. Mamlakat xalq xoʻjaligi yoki iqtisodiy rayon xoʻjaligi uchun ishlab chiqarilgan energiya tannarxining past boʻlishi katta ahamiyatga ega. Elektr energiyaning tannarxi elektr stantsiyalarda ishlatiladigan yoqilgʻini qazib olish va tashib kelishga ketadigan harajatga bogʻliq. Shu sababli, elektr stantsiyalarni qurish uchun joy tanlanayotganda yoqilgʻini tashib kelishga va elektr energiyani isteʻmolchiga yetkazib berishga ketadigan harajatlar hisobga olinadi. Agar yoqilgʻini tashib kelish harajati elektr energiyani oʻzatish harajatidan ortiq boʻlsa, elektr stantsiyani yoqilgʻi manbaiga yaqin, agar energiyani uzatish qimmatga tushsa, uni isteʻmolchiga yaqin quriladi. Ayrim xollarda, elektr energiya juda koʻp talab qilinadigan joylarda elektr stantsiyalar boshqa joydan keltiriladigan yoqilgʻiga moʻljallab quriladi. Hozirgi paytda elektr energiyasini uzatish mumkin boʻlgan masofa yildan-yilga uzayib bormoqda. Elektr energiyani uzoq masofaga uzatish mumkinligi uni yoqilgʻining boshqa turlariga qaraganda afzalroq qilib qoʻymoqda. Bu esa quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: — yoqilgʻining maxalliy turlaridan toʻla va har tomonlama foydalanishga; — yirik va qudratli elektr stantsiyalar qurishga; —xoʻjalikning hamma tarmoqlarida elektr energiyadan foydalanishga. Elektr energiyasi issiqlik elektr stantsiyalarda (IES), gidroelektr stantsiyalarda (GES), issiqlik elektr markazlarida (IEM), atom elektr stantsiyalarida (AES) va noanʻanaviy elektr energiyasi olish stantsiyalarida ishlab chiqariladi. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 70 foizdan ortigʻi IESlarda ishlab chiqariladi. Ular ancha tez va arzon quriladi. Ularning quvvatini 6 mln kVt dan oshirish mumkin. IESlarni qurishda elektr resurslari, ishlab chiqarish va transport sharoitlari, qurilish harajatlari va muddatlari hamda stantsiyani ekspluatatsiya qilish nazarda tutiladi. Koʻpchilik IESlarda elektr energiya bilan birga issiqlik energiyasi ham ishlab chiqariladi. Bunday elektr stantsiyalar issiqlik elektr markazlari (IEM) deb ataladi. Ularda elektr energiya ishlab chiqarish vaqtida isigan suvni issiqxonalarni, binolarni isitishga va ishlab chiqarish extiyojlariga yuboriladi. Ammo isigan suvni faqat 20 km gacha boʻlgan masofaga joʻnatish mumkin, shuning uchun IEMlar asosan sanoat korxonalari yaqinida va yirik shaharlarda quriladi. Bu soha boʻyicha Rossiya jahonda yetakchi hisoblanadi. Gidroelektr stantsiyalarda (GES) energiya ishlab chiqarish toʻxtovsiz oqib tushadigan suv oqimi kuchiga asoslanadi. Shuning uchun ham ularda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning tan narxi past boʻladi. GESlar suv oqimi energiyasini elektr energiyaga aylantirib beradigan inshootlar va jixozlar majmuidir. Tekislik va togʻ oldi daryolarida suvning toʻxtovsiz oqimi asosan toʻgonlar tufayli hosil qilinadi. GES binosi toʻgon yonida, yoki ichida, baʻzi xollarda toʻgʻondan pastda joylashadi. Togʻ daryolarida koʻpincha derivasion GESlar orqali hosil qilinadi. GES binosi toʻgʻondan ancha pastda, ayrim xollarda yer tagida joylashtiriladi. Daryo oqimi yil boʻyi energiya olishda, toʻla foydalanish maqsadida suv omborlar qurish orqali tartibga solinadi. Yirik GESlar qurilganda daryo suvlaridan transport va irrigatsiya maqsadlarida ham, suv taʻminoti uchun ham foydalaniladi. Bunday inshootlar gidrouzellar deb ataladi. Gidrouzellar elektr energiyani ishlab chiqarish, yerlarni sugʻorish, xoʻjaliklar va aholini suv bilan taʻminlash, kemachilik va baliqchilikni rivojlantirish masalalarini xal qilishga imkon beradi. Hozirgi paytda GESlarning yangi turi boʻlgan gidroakkumulyativ elektr stantsiyalar (GAES) ham qurilmoqda. Ular energiya tizimlarida elektr energiyadan notekis foydalanish sababli quriladi. GAESlar boshqa GESlar ishlab chiqargan energiyani toʻplaydi (akkumulyatsiya qiladi), bunda ular stantsiyadan yuqorida joylashgan xavzaga suvni nasoslar bilan koʻtarish uchun qurilgan tizimlardagi ortiqcha elektr energiyasidan foydalanadi (masalan, tunda). Elektr energiyaga extiyoj oshganda bu xavzadagi suv ochib yuboriladi va hosil boʻlgan oqim kuchi tufayli GAESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi. Bitta daryoning oʻzida bir nechta elektr stantsiyalar pogʻonasini (kaskad) vujudga keltirish mumkin. U suv resurslaridan koʻp marta foydalanishning eng yaxshi imkoniyatlarini yaratib beradi. Masalan, Chirchiq daryosida 19 ta, Volga daryosida esa 12 ta elektr stantsiyalar pogʻonasi qurilgan. Gidroenergetika resurslarining 65 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga toʻgʻri keladi, ammo ulardan foydalanish darajasi past. Gidroenergetika resurslaridan foydalanish darajasi AQSH, Rossiya va Norvegiyada juda yuqori. Norvegiyada elektr energiyaning 99,5 foizi GES larda ishlab chiqariladi. Bu yerda GESlarning asosiy qismi (200 dan ortiqrogʻi) yer tagida joylashgan. Jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 20 foizi GESlarda ishlab chiqariladi. Atom elektr stantsiyalarida (AES) jahonda ishlab chiqariladigan elektr energiyaning 15—17 foizi ishlab chiqariladi. AESlar oʻzining energetika manbai boʻlmagan va yoqilgʻi qimmat, lekin elektr energiya koʻp talab qilinadigan joylarda quriladi. Uning xom ashyosi boʻlib uran hisoblanadi. AESlar hozir 30 dan ortiq davlatlarda qurilgan. Birinchi AES Rossiyada (Obninsk AESi) qurilgan. AESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Rossiya yetakchi, Fransiyada elektr energiyani 70 foizdan ortigʻi AESlarda ishlab chiqariladi. Noanʻanaviy energiya manbalari asosida ishlaydigan elektr stantsiyalarga quyosh elektr stantsiyalari (QES), shamol elektr stantsiyalari (SHES), geotermal elektr stantsiyalar (GeES), qalqish elektr stantsiyalari (QaES), dengiz oqimi elektr stantsiyalari (OES) va boshqalar kiradi.Elektr taʼminoti — elektr energetikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, shahar xoʻjaligi, aholi va boshqalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash hamda uning taqsimoti bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Unga elektr energiya manbalari, kuchlanishni oshiruvchi va pasaytiruvchi elektr st-yalari, taʼminlashtaqsimlash elektr tarmogʻi, turli yordamchi qurilmalar va inshootlar kiradi. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasining asosiy qismi sanoat ehtiyojlari uchun ishlatiladi.

Elektr taʼminotining asosiy manbalari elektr st-yalari (qarang Elektr stansiyasi), hududiy energetika tizimlarining energiya bilan taʼminlash tarmoqlari (qarang Elektr tarmogʻi). Yirik sanoat korxonalari va shaharlarni ham energiya, ham issiqdik bilan taʼminlash uchun issiqlikelektr markazlari IEM (TETS) dan foydalaniladi. Bularning quvvati sanoat korxonalari va shahar xoʻjaligining energiya va issiklikka boʻlgan ehtiyoji bilan belgilanadi (qarang Issiklikelektr markazi, Issiqlikelektr stansiyalari). Elektr taʼminoti tizimida koʻpincha yuqori kuchlanishli tok ishlatiladi. Maishiy korxonalar va uyroʻzgʻorda 220 V (kamdan kam hollarda 110 V), yirik sanoat korxonalari, transport va shahar xoʻjaligida 110 va 220 kV, ayrim yirik sohalarda 330 va 500 kV kuchlanishli elektr energiyasidan foydalaniladi.

Elektr taʼminoti tizimining sxemasi elektr energiyasi manbaidan energiyani isteʼmolchilarga uzatishda oraliq kommutatsiya va transformatsiya (kuchlanishni oʻzgartirish) bosqichlari soni kam boʻlishiga, energiya manbaini iloji boricha isteʼmolchiga yaqinroq qilib qurishga asoslanadi. Energiyani isteʼmolchilarga uzatishda kabelli va simli uzatish usullaridan foydalaniladi. Kuchlanishni oʻzgartiruvchi (asosan, pasaytiruvchi) st-yalar isteʼmolchilar zich joylashgan hududning oʻrtarogʻiga quriladi.

Oʻzbekistonda Elektr taʼminoti asosan, 20-asr boshlarida Toshkentda 2 elektr st-ya qurish bilan boshlandi. Eng yirik GESlar: Chorvoq GES, Xoʻjakent GES, Gʻazalkent GES, Farhod GES, eng yirik issiqlikelektr markazlari (IEM): Fargʻona IEM, Muborak IEM, Toshkent IEM; yirik elektr uzatish liniyalari (EUL) soni 20 dan ortiq (qarang Energetika). Resggublika shaharlari va qishloqlarini elektr bilan taʼminlash markazlashtirilgan.

Toshkent shahrida dastlabki elektr st-yalari 20-asr boshlarida qurilgan. Markazlashgan shahar Elektr taʼminotining boshlanishi Boʻzsuv GES ning birinchi navbati (1926) va 6 kV kuchlanishli oʻzgaruvchan tok kabel tarmogʻining ishga tushirilishi bilan bogʻliq. Hozir asosiy shahar Elektr taʼminoti manbalari: Toshkent DIES, Toshkent issiqlik elektr markazi (IEM), Toshkent GES lari kaskadi. Bundan tashqari, Elektr taʼminoti tizimida 60 dan ortiq kichik st-yalar, transformator punktlarq, taqsimlash punktlari, kabel va havo simlari borElektr stansiyasi — elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui; elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Energiya manbalariga qarab, issiqlik elektr stansiyalari (IES, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), gidroelektr stansiya, shamol elektr stansiyasi, gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi, koʻtarilish suv elektr stansiyasi va magnitogidrodinamik generatorli styalarga boʻlinadi. Atom elektr stansiyasi, geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) elektr st-yalari va gelioenergetika st-yalari (qarang Geliotexnsha) issiqlik elektr st-yasi jumlasiga kiradi.

Elektr stansiyasi

Geotermal Elektr stansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasi dir. Vulkanli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi (qarang Geotermal resurslar). Geotermal Elektr stansiyasida suvbugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.

Issiqlik Elektr stansiyasi elektr energetikaning asosi hisoblanadi. Birinchi qudratli elektr st-ya birlamchi energiya manbalari yaqiniga qurish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq isteʼmolchilarga faqat uch fazali oʻzgaruvchan tok asosidagina uzatish mumkin. Shunday elektr st-yalarning birinchisi 1891 yil M. O. Dolivo-Dobrovolʼskiy tomonidan Laufen shahri (Germaniya)da qurilgan. U suv turbinasining quvvati 300 o.k.ga teng gidroelektr st-ya boʻlgan. Oʻzbekistonda 20asr 10- yillarida barcha elektr st-yalarning umumiy quvvati 3000 kVt dan oshiqroq edi. 1920—30- yillarda Toshkent, Buxoro, Samarqand va boshqalar shaharlarda yirik dizel elektr st-yalari qurildi. Oʻzbekistonda qurilgan birinchi gidroelektr st-ya — Boʻzsuv 1 1926 yil 1 mayda ishga tushirilgan. Keyinchalik birinketin GESlar va IES lari qurilgan.



Oʻzbekistonda 20 ta issiqlik va 27 ta gidroelektr st-yalari bor; ular yiliga 52 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi — qozon, bugʻ turbinasi va turbogeneratordan iborat energetika agregatlari majmui. Qozon, suv quvurlari tizimidan hosil qilinadi. Qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi yoqilgʻilarning temperaturasi 500° dan yuqori boʻlgan issiqlik energiyasi taʼsirida qozon quvurlaridan oʻtadigan suv yuqori bosimli bugʻga aylanadi. Bugʻ taʼsirida turbina, yaʼni birlamchi motor parraklari har minutda 1500—3000 aylanish tezligida harakatga keladi. Bunda bugʻning kinetik energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Turbogeneratorning stator chulgʻamida yuqori kuchlanishli EYUK (elektr yurituvchi kuch), isteʼmolchida esa tok hosil boʻladi, natijada mexanik energiya elektr energiyasiga aylanadi. Umuman, dunyo miqyosida ishlab chiqariladigan elektr energiyasining taxminan 80% gachasi turbogeneratorlar vositasida olinadi, ammo Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi i. e. s.ning foydali ish koeffitsiyenti (f. i. k.) yuqori emas. Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi k. qiymatini bir muncha koʻtarish uchun turbina parraklaridan oʻtgan bugʻ sovitkichlar vositasida yana suvga aylantirilib, nasos orqali qayta isitkich qozonga yuboriladi va suv boʻyicha berk tizim hosil qilinadi. Bunda elektr stansiya f.i.k. 32—40% gacha koʻtariladi.[1]Issiklik elektr stansiyalari (IES) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi organik yoqilgʻilarning issiklik energiyasini elektr energiya-siga aylantiradigan qurilmalar maj-mui. Asosiy energetik agregatlar qatoriga suv yuradigan quvurlar (tru-balar) batareyasidan iborat kozon tizimi, bugʻ turbina (bugʻ dvigatel) lari va turbogeneratorlar kiradi. Qozon tizimiga yuborilgan suv yuqori bosimli bugʻga aylap girilib turbina parraklariga beriladi. Natijada turbina bilan mexanik bogʻlangan generator tegishli tezlikda aylantirilib, mexanik energiya elektromagnit induksiya qonuniga binoan generatorda elektr energiyasiga aylanadi. IES da ishla-tiladigan yoqilgʻi issiklik energiya-sining faqat 30% gina foydali elektr energiyasiga aylantiriladi, yaʼni IES ning foydali ish koeffitsiyenti (f.i.k.) ti=30% gateng) F. i. k. (t|) qiymatini oshirish maqsadida qozondagi bugʻ bosimi iloji boricha yuqori qilinadi va turbina parraklaridan oʻtib, ish bajarib boʻlgan bugʻning hammasi sovitkichlar vositasida sovitilib, qayta suvga aylantiriladi (kondensatlanadi) va qozon tizimiga yuboriladi. Bunday IES ni kondensatsiyey elektr stansiyalari (KES) deyiladi va ularda f. i. k. qiymati h=30—35% gacha koʻtariladi hamda suv berk tizimda aylanishi sababli kuvurlar batareyalaridan iborat qozonni taʼmirlash ishlari keskin qisqaradi. IES lar, odatda, qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi arzon yoqilgʻi koni yaqinida quriladi. St-ya generatorlaridan olingan elektr energiyasining asosiy qismi bir necha yuz km masofadagi isteʼmolchilarga kuchaytiruvchi transformator va yuqori voltli elektr uzatish li-niyalari vositasida yetkaziladi, qolgan qismi esa stansiyaning oʻz generator kuchlanishida yoki pasaytiruvchi transformator orqali beriladi (yana q. Issshushk elektr markazi).

Elektr energiyasi bilan taʼminlash koʻlamiga qarab, I. e. s. tuman, sanoat korxonalari, qishloq, shahar miqyosida, kommunal xoʻjalikda, t. y. transportida foydalaniladigan xillarga boʻlinadi. I. e. s. yaxlit elektr tizilmalarga birlashtirilib yoki alohida ishlatilishi mumkin.

I. e. s. 19-asr 80-y. larida kurila bosh-lagan. Birinchi I. e. s. Nyu-Yorkda qurilgan (1882). Rossiyada dastlabki I. e. s. ni muhandis M. K. Polivanov Mos-kvada kurgan (1906). Oʻzbekistonda dastlabki I. e. s. 20-asr boshlarida kurilgan (qarang Issiklik energetikasi). Oʻzbekistonda 10 ta I. e. s. ishlab turibdi (2002). Respublikadagi eng yirik I. e. s. — Sirdaryo GRES (3000 MVt), Yangi Angren GRES (1800 MVt), Toshkent GRES (1860 MVt), Navoiy GRES (1250 MVt), Angren GRES (484 MVt), Taxiatosh GRES (430 MVt), Talimarjon GRES (loyiha quvvati 3200 MVt) (Nuristan). I. e. s. avtomatlashtirilgan korxona. Qozon agregatlarida yoqilgʻi yonish jarayonlari, qozonni suv bilan taʼminlash, tok kuchlanishi va chastotasini rostlash toʻla avtomatlashtirilgan. I. e. s. agregatlari markaziy boshqarish pultidan boshqariladi. Atom elektr stansiyasi, geotermik elektr stansiyalar, gelioenergetika elektr stansiyalari ham I. e. s. hisoblanadi.[1]Kondensatsion elektr stansiya (KES) — ishi bugʻning kondensatlanishiga asoslangan va faqat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr stansiya. Ish dvigateli — bugʻ turbinasi. Unda ish sikli bugʻning kondensatlanishi (suyuqlikka aylanishi) bilan tugaydi (qarang Kondensatsiya). Hosil boʻlgan kondensat bugʻ qozonita qaytib keladi va qayta ishlatiladi. Kondensatsion elektr stansiyayeda suv bugʻining issiqlik energiyasi kondensatsion bugʻ turbinasida mexaniq energiyaga, elektr generatorlarda elektr energiyasiga aylanadi. Bugʻning boshlangʻich parametrlari (bosimi va temperaturasi) ni uni turbinaga kiritish oldidan oshirib, ishlatilgan bugʻning oxirgi bosimi va temperaturasi pasaytirilib Kondensatsion elektr stansiyas.ning f.i.k. oshiriladi, Bugʻni qoʻshimcha (orada) qizdirib ham f.i.-k.ni oshirish mumkin. Yirik Kondensatsion elektr stansiyayeda bugʻning boshlangʻich parametrlari — bosim 13 — 14 MPa va temperaturasi 560— 570°, takomillashganlarida esa 25 MPa va 550—660°, 30 MPa va 650° boʻladi. Ayrim turboagregatlarning quvvati 800—1300 MVt ga yetadi. Kondensatsion elektr stansiyas.ning asosiy qismlari: qozon qurilmasi, bugʻ turbinasi va mashina zali, texnik suv taʼminoti va yoqilgʻi xoʻjaligi, elektr taqsimlash qurilmasi, kuchaytirish podstansiyasi va boshqa Kondensatsion elektr stansiyas.da koʻmir kukuni, tabiiy gaz, mazut, oʻtin va boshqa yoqilgʻilar yoqiladi. Atom Kondensatsion elektr stansiyas.sida yoqilgʻi sifatida yadro yoqilgʻisidan foydalaniladi. Yirik KESlar Issiqlik elektr stansiyalari deb ataladi.[1]

3. Jadvalni to’ldiring . O‘zingiz yashaydigan viloyatning tumanlari tug‘risida ma’lumotlarni bering






Download 112 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish