Kirish Kirish Elektronika sohasini rivojlanishi bilan geodezik asboblar tubdan yangilanmoqda. Respublikamizda yetakchi yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan geodezik asboblar keng ko‘lamda foydalanilmoqda. Zamonaviy geodezik asboblar qulayligi, yuqori unumdorligi bilan bir vaqtda, uni ishlatayotgan mutaxassisdan o‘lchashlar nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. Xozirgi zamonda elektron geodezik asboblarni tez yangilanishi oqibatida talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘z vaqtida berish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |