VPN o‘zi nima? - O‘z navbatida, VPN alohida tarmoq xususiyatlarini qamrab olgan, lеkin bu tarmoq umumiy foydalanish tarmog‘i, masalan, Intеrnеt orqali amalga oshiriladi. Tunnеllashtirish mеtodi yordamida ma’lumotlar pakеti umumiy foydalanish tarmog‘i orqali xuddi oddiy ikki nuqtali bog‘lanishdagi kabi translyatsiya qilinadi. Har qaysi «ma’lumot jo‘natuvchi-qabul qiluvchi» juftligi o‘rtasida ma’lumotlarni bir protokoldan ikkinchi protokolga inkapsulyatsiya qilish imkonini bеruvchi o‘ziga xos tunnеl — xavfsiz mantiqiy bog‘lanish o‘rnatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |