Mustaqil ish
Fan : Akademik yozuv
Mavzu : Annotatsiya yozish
Bajaruvchi : Xolboyev Shoxruh
Tekshiruvchi : Raxmatova Saodat
Oʽzbek xalqi etnogenezi haqidagi fikrlarning tadriji
Annotatsiya
Mazkur maqola oʽzbek xalqi etnogenezi haqidagi fikrlarning tadriji masalasiga bag‟ishlangan va unda quyidagilar bayon qilingan: insoniyatning qadimgi madaniyat oʽchoqlaridan hisoblangan mintaqamiz hududidagi xalqlar ajdodlari (jumladan, oʽzbek va tojik) qadim davrlardan shu hududda yashab, birbirlari bilan har doim moddiy va madaniy munosabatlarda aloqa qilib kelganlar. Professor A.Yu.Yakubovskiy aytganidek, “…xalq tarixini uning nomi tarixi bilan aralashtirish mumkin emas”1 . Chunki koʽrib chiqilgan arxeologik, tarixiy, etnografik, antropologik, lingvistik manbalar va adabiyotlardagi materiallar aynan shuni tasdiqlaydi.
Tarix – hech qachon maqsad-muddaoga, manfaatlarga boʽysunmaydi. U yaratilgan, biz esa uni toʽg’ri yetkazish bilan ovvoramiz…
Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlarida turli sohalarda kechayotgan hamkorlik, doʽstlik, tarixiy birdamlikka intilishdan tashqari munozara, muhokama Ўзбек халқининг юзага келиши масаласи ҳақида ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham tez-tez sodir boʽlmoqda. Xususan, mintaqadagi xalqlarning etnik tarixini oʽrganishga boʽlgan ilmiy tadqiqotlar , qarashlar , fikrlar ba‟zida tarix sahifalarida nooʽrin ishlatilmoqda. Zero, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta`kidlaganidek: “….Tarix xotirasi, …milliy o`zlikni anglashni, tabir joiz bo`lsa, milliy iftixorni tiklash va o`stirish jarayonida g`oyat muhim o`rin tutadi” . Shunday ekan oʽz tariximizni teran anglab yetish, oʽzligimizni bilishga qaratilgan asosiy yechimdir. A.Yu. Yakubovskiy oʽzining “Oʽzbek xalqining yuzaga kelishi masalasi haqida” risolasida tarixni ilmiy asosda tahlil etishni ta‟kidlab, Oʽrta Osiyoning markaziy hududlarida qadim zamonlardan buyon aholi yashab kelayotgan va vaqtlar oʽtishi natijasida etnik (oʽzbek) va Markaziy Osiyo hududidagi boshqa xalqlar oʽz nomini olganligini aytib oʽtadi. Jumladan, ikki daryo oralig‟ida turkiy xalqlar madaniyati soʽg‟d sivilizatsiyasi natijasida oʽzbeklar shakllanganligini, biroq oʽzbek degan nom keyin berilganligini yozadi. Kushonlar zamonida Oʽzbekiston xalqlarining etnik tarkibida oʽzgarishlar maydonga keldi. Hammadan burun saklarning anchagina qismi Qozog‟iston va Oʽzbekiston tuprog‟idan koʽchib ketdi. Ma‟lumki, bu yerlardan koʽchib ketgan sakilarning asosiy ommasi Eronning sharqiy viloyatlaridan biriga joylashdilar va bu viloyat nomi nomi bilan Sakiston deb yuritiladigan boʽldi . Sakilarning oʽrnini Yettisuvda usunlar, Shoshda esa qang‟yuylar ishg‟ol qildilar. Qang‟yuylar Oʽzbekistonning qadimgi tarixida katta roʽl oʽynaydilar. Qang‟yuylar miloddan avvalgi II asrda Sirdaryoning oʽrta va quyi oqimlaridan to Yettisuvdagi Talas vodiysigacha boʽlgan yerlarni ishg‟ol qilib, asta-sekin Zarafshon vodiysiga va hatto Qashqadaryogacha siljib bordilar6 . Kushonlarning koʽpchiligi Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida oʽtirib qolib, ular asta-sekin sug‟dlarga aralashib ketganlar. Antropologik va lingvistik ma‟lumotlar boʽlmaganligi uchun, kushonlar tomonidan soʽg‟dlarning etnik tarkibiga va tiliga qanday oʽzgarishlar kiritilganini biz bilmaymiz, ammo ularning oʽzgarishlar kiritganliklariga shubha boʽlishi mumkin emas deb, Oʽrta Osiyo oʽtroq aholi hududalarida oʽzbek xalqining ajdodlari koʽchmanchi oʽzbeklardan bir necha asr avvaldan yashab kelganligi haqida muallif fikr yuritib , oʽzbek etnogenezi shakllanishini qadim tarixiy bosqichlarda, katta tarixiy davr ichida turkiyzabon turg‟un aholi tarkibidagi qabilalar asosini koʽrsatadi9 . Uzoq zamonlar mobaynida, to hozirgi kunga qadar oʽzbeklarning kelib chiqishiga g‟alati qarash hukm surib keldi, bu qarashga koʽra, oʽzbek xalqining tarixi koʽchmanchi oʽzbeklardan boshlanadi; koʽchmanchi oʽzbeklar esa, Oʽrta Osiyoga XV asrda yoki XVI asrning boshlarida kiraboshlaydilar. Oʽzbek xalqining asosini “koʽchmanchi oʽzbeklar” emas, balki Oʽzbekiston hududida uzoq asrlar mobaynida murakkab enogenez protsessi orqali shakllangan barcha turk aholisi tashkil etadi . S.P. Tolstov Oʽrta Osiyo xalqlarini (tojik, oʽzbek, qozoq, qirg‟iz, qoraqolpoq) elat boʽlib shakllanish jarayonining nihoyasiga yetish vaqtini va bu jarayon qaysi davlat ichida oʽtganligini taxminiy aniqlaydi . Shundan kelib chiqib u oʽzbek xalqining etnogenetik jarayoni Qang‟ davlati hududida boshlanganligi va Qang‟ davlatining tarkibida va u egallab turgan mintaqalarda oʽzbek xalqining ilk ajdodlari yashaganligi, ularning etnik tarkibi va tili bir xilda boʽlmaganligi haqida xulosa beradi. Oʽzbek ajdodlarining alohida elat sifatida shakllanish jarayoning nihoyasiga yetish vaqtini X – XII asrda, Qoraxoniylar davlati doirasida yakunlanganligini ta‟kidlaydi . Hozirgi zamon Oʽrta Osiyo xalqlarining birontasi ham qadimgi etnik guruhlarga bevosita borib taqalmaydi. Akademik A.A. Semeyonov oʽtgan asrning yarmida shunday yozgan edi: “Turk-moʽg‟ul qabilalari Oltin Oʽrdani yaratdilar, ularning koʽpchiligi Oltin Oʽrdaning katta urushlarida qatnashgan edi. Oʽshandan boshab ular “oʽzbeklar” deb atalib, turk-moʽg‟ul qabilalardan iborat boʽlgan qabilalardan tashkil topgan edi. Oʽzbeklarning etnik shakllanishi va davlat sifatida nomlanishi Oʽzbekxon bilan bog‟liq boʽlib, bunda uning islom dinini yoyishi katta ahamiyatga ega boʽlgan. Fors mualliflarning yozishicha, Oʽzbekxoning fors koʽrfazlariga yurushi va doimiy bu hududlar bilan aloqa bog‟lab turushi, fors tilining yoyilishi va qabilalarda etnik eralashuvni yuzaga keltirgan” . “Oʽzbek” terminini esa, A.A.Semeyonov aynan Oʽzbekxon nomidan kelib chiqqanligini uqtirishga harakat qiladi15 . K.Sh. Shoniyozov oʽzbeklarning Oʽrta Osiyo hududidagi eng qadimgi ajdodlarini koʽrsatishga muvaffaq boʽldi. U bronza davri va ilk oʽtra asrlardagi turli etnik jarayonlarning keng manzarasini gavdalantirish, oʽzbek xalqining mahalliy etnik zaminda shakllanganligini isbotlashga muvaffaq boʽldi. Oʽzbek xalqi shakllanishining asosiy davrlarini ochib berib, bu etnik jarayonni turli siyosiy birlashmalar tizimida bosqichma-bosqich kuzatib, XI asr boshida Qoraxoniylar davlatida nihoyasiga yetganligini bayon qildi. Akademik K.Sh. Shoniyozov shunday yozadi: “Oʽzbek xalqining etnik tarixi ilk ajdodlari yashagan hudud bilan bevosita bog‟liq. Oʽzbek ajdodlari elat boʽlib Oʽrta Osiyoning Markaziy viloyatlari Movarounnahrda (Farg‟ona vodiysi ham shuning ichida), Xorazmda, Toshkent vohasida, Yettisuvda, Sharqiy Turkistonning g‟arbiy mintaqalarida shakllangan. Bu mintaqalar insoniyatning qadimgi madaniyat markazlaridan hisoblanadi. Sapollitepa, Chust, Zamonbobo va Xorazm zaminida olib borilgan qazilmalardan topilgan materiallardan ma‟lum boʽlishicha, milloddan oldingi II minginchi yillarda Oʽrta Osiyoning bir qancha rayonlarida oʽtroq dehqonchilik mavjud boʽlgan” . Shunday qilib, muallif miloddan oldingi VI – IV asrlardagi oʽtroq aholi va koʽchmanchi sak, massaget qabilalari Oʽrta Osiyo aholisining keyingi asrlardagi etnik taraqqiyotiga zamin tayyorlab beradi. B.A. Litvinskiy oʽzbek xalqining elat boʽlib shakllangan vaqtini XV – XVI asrlarda etnik guruhlarning Dashti Qipchoqdan Movarounnahr hududlariga kirib kelganligi bilan bog‟laydi va oʽzbek xalqi elat boʽlib (etnik birlik) shakllangan davrini XVI asrda deb koʽrsatadi . Oʽzbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi masalalari boʽyicha akademik A.A. Asqarovning ham ilmiy tadqiqod ishlari ommaga e‟lon qilingan. Uning “Некоторые аспекты изучения этногенеза и этнической истории узбекского народа” nomli yirik maqolasida tarixiy, arxeologik, etnografik hamda adabiyotlarga asoslanib, oʽzbek xalqi etnogenezining birinchi bosqichi eramiz boshlaridan boshlangan. Oʽzbek etnogenezining ikkinchi davri esa milodiy VI asrning ikkinchi yarmidan boshlangan deb, XIV – XV asrlarni esa bu jarayonning taraqqiy etgan davri deb ta‟kidlaydi Movarounnahr va Xorazmda turkiy etnosning paydo boʽlishi, mavjud tasavvurlarga koʽra, Turk xoqonligi yoki antik davrdan emas, balki ancha avval, bronza davriga borib taqaladi . X asrning oxiri XI asrning boshlariga kelib, oʽzbek xalqi etnogenezi tarixida uning xalq sifatida shkllanishi uchun zarur barcha stink belgilar paydo boʽldi. Aniqroq aytganda, ma‟lum yirik hududiy-geografik viloyatlarda moddiy va ma‟naviy madaniyat birligi, antropologik tip birligi, turkiy etnik asosda tuzilgan, oʽzlikni anglash va hukmron turkiy etnik asos atrofida jipslashgan va ikki tillilik belgilari asosida qurilgan siyosiy davlat uyushmasi tashkil topdi . Tojikiston FA akademigi Raxim Masovning fikriga qaraganda, “oʽzbek” terminining yaratilishi va uning shunday nomlanib kelayotganini 1924 yilda paydo boʽlgan Oʽzbekiston SSR respublikasi oʽrnini muhim deb ta‟kidlab, bu haqida bir qancha mulohaza yuritgan. Muallif oʽzbek etnogenezi bilan bog‟liq fikrda Litvinskiyning noilmiy fikrlarini oʽziga ma‟qul koʽrib, bu xususida jiddiy xatolikka yoʽl qoʽygan. Uning yozishicha “ …oʽzbek etnonimini kelib chiqish tarixi Joʽji vorisi Oʽzbekxon qoʽl ostidagi dashti qipchoq qabilalarining birlashuvi bilan bog‟liq. Chingizxon avloddan boʽlgan Oʽzbekxon musulmon boʽlgan va oʽzini ulusiga musulmon dinini olib kirib tanilgan. Bu ishi bilan u faqat oʽzining qoʽl ostidagina emas, balki musulmon oʽlkasida mashhur boʽldi. Uning nufuzi tobora ortib borib oʽzlarini “oʽzbekiylar” atay boshlashdi. Shu yoʽl bilan “ozbek” (oʽzbek) termini muomalaga kirdi va bu terminni kelib chiqishi Oʽzbekxon nomi bilan bog‟liq” . Bunday noilmiy qarashlarda akademik K.Sh. Shoniyozov fikrlarini oʽrinli deb qarasak yanglishmaymiz. Ayrim olimlar jumladan, B.A. Litvinskiy, S.P.Polyakovlar Oʽrta Osiyo xalqlarining etnogeneziga va etnik taraqqiyotiga beg‟araz qaramaganlar. Ularning nazarida, bu xalqlar sobiq SSSR tarkibidagi “qoloq” xalqlar boʽlib, faqat keyingi asrlarda ruslar ta‟siridagina alohida etnik birlik (elat) boʽlib shakllanganlar . Shunday ekan, Raxim Masovning fikr – mulohazalaridan koʽrinib turibdiki, muallif ta‟kidlagan fikrlari, koʽrsatgan vaqtlari chuqur ilmiy asoslanmagan, koʽp xolatlarda taxminiy xulosalar tarzda ifodalangan. Xulosa oʽrnida ta‟kidlash joizki, insoniyatning qadimgi madaniyat oʽchoqlaridan hisoblangan mintaqamiz hududidagi xalqlar ajdodlari (jumladan, oʽzbek va tojik) qadim davrlardan shu hududda yashab, bir-birlari bilan har doim moddiy va madaniy munosabatlarda aloqa qilib kelganlar. Professor A.Yu.Yakubovskiy aytganidek, “…xalq tarixini uning nomi tarixi bilan aralashtirish mumkin emas” . Chunki koʽrib chiqilgan arxeologik, tarixiy, etnografik, antropologik, lingvistik manbalar va adabiyotlardagi materiallar aynan shuni tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |