Choch-Iloq vohasining qadimgi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu yerda dastlabki ziroatkorlar taxminan bundan uch ming yil ilgari paydo bo‘ladi. Mil. avv. IX-VII asrlarda hozirgi Tuyabo‘g‘iz suv ombori o‘rnida ilk dehqonlarning manzilgohlari mavjud edi. Ularning moddiy madaniyati Burgulik (Burkanlik) soy bo‘yidan ilk marotaba aniqlanib, shu nom ostidagi madaniyat sifatida fanga kiritilgan. Ilk yozma manbalar Sirdaryo-Yaksart havzasini dehqonchilik aholisi va ko‘chmanchilar o‘rtasidagi chegara sifatida izohlaydi. Strabonning ma’lumot berishicha, Yaksart sug‘diylar va ko‘chmanchilarni ajratib turadi. Dionisiy Periget esa Sug‘diyona ortida Yaksart oqimi bo‘ylab saklar joylashganligi haqida yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |