tomonidan taklif etiladi. Bu siyosiy partiyalarning mamlakatimiz hayotidagi
o’rni va rolini yanada yuksaltirishda yangi imkoniyatlarni yaratadi.
Respublikamiz OAVni kuzatib borsak, Qonunchilik palatasidagi qonunlar muhokamasi paytida
fraksiyalar qonun loyihalari partiyalar dasturlariga qanchalik mosligi nuqtai nazaridan qarashlari
kuchayib bormoqda. Misol uchun Qonunchilik palatasida o‗tgan oylarda muhokama etilgan Ma‘muriy
javobgarlik to‗g‗risidagi kodeksga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risidagi qonun loyihasini
oladigan bo‗lsak, O‗zLiDeP bu loyihaning tadbirkorlik subyektlariga moddiy jihatdan zarar
yetkazmasligi uchun takliflar bersa, XDP bu holatda aholining ma‘naviy qiyofasiga ta‘sir etmasligi
masalasini ko‗tardilar. Bu jarayonlar parlamentimizning rivojiga xizmat qilish barobarida
qonunlarning puxta yaratilishi uchun ham foydalidir.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasisidagi siyosiy partiyalar faoliyatini o‗rganib chiqib, ularning
Qonunchilik palatasisining vakolatlarini tahlil etish barobarida bir necha asosiy yo‗nalishni ko‗rsatish
mumkin.
Qonunchilik sohasidagi faoliyati
.
Siyosiy partiya fraksiyalarining Qonunchilik jarayonidagi ishtiroki
alohida ahamiyatga ega bo‗lib, bu qonunchilik faoliyatining asosiy funksiyasi hisoblanadi. Ushbu
jarayonni uzoq muddatli va murakkab jarayonligini inobatga olib, fraksiyalarning qonun ijodkorligi
sohasidagi faoliyatini bu borada ko‗rsatish mumkin. Fraksiyalarning qonun ijodkorligi sohasidagi
ishtirokini uning ishtirokchilari doirasiga qarab quyudagi yo‗nalishlarni ko‗rsatish mumkin.
- Qonunchilik tashabbusi huquqqidan foydalanib, saylov oldi dasturida e‘lon qilingan ma‘naviyat,
ma‘rifat sohalariga doir yangi qonunlar loyihasini fraksiya a‘zolari tomonidan ishlab chiqish,
- Biror bir qo‗mita tomonidan muhokama etilayotgan qonun loyihalarini xalq ma‘naviyatini
yuksaltirishdagi ahamiyatini nazarda tutgan holda fraksiya tomonidan muhokama etilishi,
- Qonunchilik palatasida muhokama etilayotgan qonun loyihasi yuzasidan ma‘naviyat, meros, milliy
o‗zlikni anglash masalalarini nazarda tutgan holda fraksiya taklifini kiritish,
- Muayyan bir qonun muhokamasi yuzasidan kelishuv komissiyasi tuzish masala kiritish.
1
Tashkiliy masalarni tayyorlash va hal etishga doir vakolatlari
.
Qonunchilik palatasi majlislarining kun
tartibida muhokama qilinayotgan masalalarni ko‗rib chiqib tartibi va mohiyati yuzasidan, takliflar
hamda fikr mulohazalarni kiritishga haqlidir. Fraksiya va deputatlik guruhlari navbatdan tashqari
majlis chaqirishni talab etishlari va Oliy Majlisning qo‗shma majlisini chaqirish vakolatlariga
(O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamenti 3- modda) ham egadir.
Parlament nazoratini amalga oshirish yuzasidan vakolatlari
.
Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi majlislarida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining
mansabdor shaxslari va ularning tasarrufiga kiradigan masalalar yuzasidan
asoslangan tushuntirishlar berish yoki O‗zbekiston nuqtai nazarini bayon qilish
talabi bilan bilan chiqishi mumkin. O‗zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi
fraksiyalarining hukumat a‘zolarini va ularning faoliyati masalalari yuzasidan
chiqish qilish masalasini qo‗yish huquqi ham mavjuddir.
Qonunchilik yuzasidan nazorat tahlil olib borish
.
Bu ham partiya fraksiyalarining
muhim yo‗nalishi bo‗lib, bu faoliyat orqali siyosiy partiyalar fraksiya joriy
qonunlarning qanchalik ijro etilayotganidan xabardor bo‗ladidlar.
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining fuqarolar bilan bevosita faoliyati bo‗lib, unga
aholi o‗rtasida targ‗ibot va tashviqot ishlarini olib borish, saylovchilar bilan
uchrashishlar o‗tkazish hamda fuqarolarning murojjaatlariga javob berishi kabi
sohalar kiradi. Fraksiyalarning bu faoliyatini o‗tgan davriga nazar tashlasak, 2008
yilda O‗zbekiston XDP tomonidan saylovchilar bilan mamlakatimizda olib
borilayotgan islohotlar ahamiyatini tushuntirish va ularning bugungi kundagi
muommolarini o‗rganish va hal etish maqsadida 735 ta uchrashuv tashkil etilgan.
Deputatlar tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
va saylov okruglarida 1266 nafar fuqaro qabul qilingan bo‗lsa, Milliy Tiklanish DP
fraksiya a‘zolari saylovchilar bilan 800 marta uchrashuvlar o‗tkazib, 495 fuqaroni
qabul qilgan. O‗zbekiston Adolat SDP fraksiya tomonidan 231 uchrashuv
o‗tkazilib, deputatlar 179 nafar fuqaroni murojaatlariga javob berganlar.
Dunyodagi demokratik fuqarolik jamiyatlarida hokimiyatning bo‗linish tamoyiliga
asoslangan davlat qurilishiga o‗tilgan. Hokimiyatning nisbatan mustaqillik asosida qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linadi. Respublikamizda ham hokimiyatning
bo‗linish prinsipini izchil amalga oshira borib, davlat hokimiyati tizimida chuqur islohotlar
qilindi. O‗zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi va demokrat huquqiy davlat
barpo etish jarayonidagi eng muhim vazifalardan biri bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisodiyotni barpo etish bo‗lsa, ikkinchi vazifa Respublikamizda davlat hokimiyat ining
vakillik va fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarining yangi mustaqillik sharoitiga mos
keladigan tizimini yaratish edi. ―O‗zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini
qayta tashkil etish to‗g‗risida‖gi Qonuniga muvofiq 1992 yil yanvardan boshlab viloyat,
tuman va shaharlarda joylarda vakillik hamda ijroiya boshqaruviga rahbarlik qiluvchi
hokimlik lavozimi tashkil etildi. Bundan tashqari mahalliy davlat hokimiyati bilan bog‗liq
munosabatlarni tartibga solish uchun 1993 yil 2- sentyabrda O‗zbekiston Respublikasining
―Mahalliy davlat hokimiyati to‗g‗risida‖ gi Qonuni qabul qilindi.
O‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati vakillik organlarining tizimi O‗zbekiston
Respublikasi Konstitutsiya va boshqa sohaga doir hujjatlarda belgilangan bo‗lib, ular
quyudagicha tizimlanadi:
O‗zbekiston Respublikasi OliyMajlisi –O‗zbekiston Respublikasining oliy davlat vakilik orgoni
bo‗lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Qoraqolpg‗iston Respublikasi Jo‗qorg‗i Kengesi Qoroqolpg‗iston Respublikasidagi butun
davlat apparatining yagona va doimiy asosi bo‗lib, u davlatni boshqa organlarini saylaydi
yoki tuzishda ishtirok etadi, ular faoliyati ustidan nazort olib boradi. Jo‗qorg‗i Kengesi
davlat hokimiyat ining oliy organi sifatida Qoroqolpg‗iston Respublikasi ixtiyoriga berilgan
barcha masalalarni o‗zi hal etish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |