Zaryadsizlagichlar – maxsus elektr apparatlari bo‘lib kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan liniyalarga chaqmoqning zarbidan vujudga kelgan o‘ta kuchlanishdan podstansiyaning qurilmalarini himoyalaydi.
Zaryadsizlagichlar tok o‘tkazuvchi qism va erga ulanadigan qism oralig‘ida o‘rnatiladi (3-rasm) va uchqunli oraliq 1 hamda yoyni so‘ndirishni engillashtiruvchi qurilma 2 dan iborat. O‘ta kuchlanish to‘lqini3 podstansiya 4 ga
yaqinlashganda uchqunli oraliqni teshib o‘tadi va podstansiyaning qurilmalariga ta‘sir etmasdan yerga o‘tib ketadi.
Zaryadsizlagichlar tuzilishiga qarab ventili va quvurli turlarga bo‘linadi. Ventili
zaryadsizlagichlar podstansiyaning qurilma va apparatlarining izolyasiyasini himoyalaydi.
Quvurli zaryadsizlagichlar esa liniya izolyasiyalarini himoyalaydi.
Vilitli razryadnikning korpusi forforli bo‘lib, unda ishchi qarshilik vilitli disklar
joylashtirilgan. Vilit – keramik qotishma bo‘lib, uning tarkibiga karboruna, grafit va moy kiradi. Vilit normal kuchlanishda juda kichik tokni o‘tkazadi va kuchlanishning oshishi bilan vilitning o‘tkazuvchanligi ortadi. Kuchlanishning pasayishi bilan vilit o‘zining qarshiligini tiklaydi. Uchqunli oraliqda latunli elektrodlar bo‘lib, ularning orasida izolyasiyali prokladka(qistirma) bo‘ladi. Vilitli zaryadsizlagich odatda podstansiyaning shinasiga ajratgich orqali ulanadi, vilitli disklar esa erga ulanadi.
Chaqmoq bo‘lganda liniyada chaqmoq natijasida hosil bo‘lgan tok zaryadsizlagich
orqali erga o‘tib ketadi, chunki chaqmoqning kuchlanishi ishchi kuchlanishdan juda katta (1000 kV gacha etadi) bo‘ladi; vilitning qarshiligi esa pasayib ketadi. Liniyaning ishchi toki yerga o‘tmaydi, chunki liniyadagi kuchlanishning normal qiymatgacha pasayishi bilan vilit o‘zining qarshiligini tiklaydi, uchqunli oraliqda yonayotgan yoy o‘chadi va zaryadsizlagich ishchi tokni o‘tkazmay qo‘yadi. Quvursimon zaryadsizlagich (4-rasm) quvur 2 shaklida bo‘lib, gaz chiqaruvchi materiallardan – fibradan, ya‘ni viniplast yoki orgalitli shishadan tayyorlangan.
Quvurning bir chekkasiga po‘lat oboyma 1 mahkamlangan. Quvur 2 ichiga po‘lat
sterjen 3 joylashtirilgan.
3--rasm. Zaryadsizlagichning ulanish sxemasi.
4--rasm. Quvurli zaryadsizlagich (a) va uning tayanchda o‘rnatilish sxemasi.
Quvur ichida sterjenning bir chekkasi va oboyma orasida ichki uchqunli oraliq hosil bo‘ladi (4 a – rasm). Sterjenning boshqa uchi va liniya simi orasida tashqi uchqunli oraliq hosil bo‘ladi (4, b-rasm). Zaryadsizlagichning oboymasi erga ulangan bo‘ladi. Bu ikki uchqunli oraliqda to‘lqinning o‘ta kuchlanishi natijasida hosil bo‘lgan tok erga o‘tib ketadi. Tashqi uchqunli oraliq zaryadsizlagich quvurida kuchlanish bo‘lmasligini ta‘minlaydi.