Yo’rug’likning to’lqin nazariyasi. Yorug’likning interferensiyasi va difraksiyasini korpuskular nazariyasi asosida tushuntirishning iloji bo’lmagan. Aynan shu hodisalar haqida mulohaza yuritgan inglis fizigi R.Guk (1635-1703)va gollandiyalik fizik X.Gyuygens (1629-1695) yorug’lik to’lqin tabiatiga egaligi haqidagi fikrni olg’a surishgan. Ushbu nazariyaga ko’ra, yorug’lik to’lqinlarining manbadan tarqalishi suvga tosh tashlaganda hosil bo’lgadigan to’lqinlarning tarqalishidek tasavvur qilingan. To’lqin nazariyasiga muvofiq yorug’lik to’lqinlari elastik to’lqinlardan iborat bo’lib, efir deb ataluvchi maxsus muhitda tarqalishi mumkin. Ya’ni mexanik to’lqinlar suv sirtida tarqalganidek, yorug’lik to’lqinlari efirda tarqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |