2.1.Dinimizda ijtimoiy tenglik barqarorligini amalga oshirish chora-tadbirlari
Insoniyat yaratilish tarixi, uning bu dunyoga nima uchun kelganligi, vazifa va burchlari haqidagi ma`naviy tushunchalarga nazar solsak, mislsiz bir quduq kabi ko`rinadi. Alloh Taolo inson zotini birdek yaratdi, qanday amallarni buyurgan bo`lsa, barchaga birday qildi, tenglik eng ilgari surildi.Shunday ekan, biz bu yashab turgan jamiyatda diniy bog`langan holda hayot kechiryabmiz, o`z tushuncha va qarashlarimiz bilan atrofga muomalada bo`lamiz.
Hammaga yaxshi ma’lum, bizning davlatimiz ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga azaldan xos bo‘lgan bag‘rikenglik an’analari muhim rol o‘ynamoqda.
Bizning Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha fuqarolarimiz teng huquq va erkinliklarga ega ekani kafolatlab qo‘yilgan. Ularga o‘z milliy madaniyati, an’ana va urf-odatlarini saqlash, har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab vijdon erkinligini ta’minlash masalasiga ustuvor ahamiyat berildi. Jumladan, muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimizni, buyuk aziz-avliyolarimizning xotirasi, merosini tiklash, qadamjolarini obod qilish bo‘yicha juda ko‘p ish qilindi va qilinmoqda.7
Mamlakatimizdagi bu kabi amaliy tadbirlar majmuasi hammaning ko`z o`ngida o`z vazifasini bajarib kelmoqda. Bu esa fuqarolarning teng huquqliliga yana bir ildam qadam desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Shunday qilib, Islom tenglikdin dinidir. Bu narsa, ayniqsa, musulmonlarning yillik umumiy yig`ilishi bo`lmish hajda yaqqol ko`zga tashlanadi. Unda kishilar barcha imtiyozlardan, belgilardan va alomatlardan ajralib chiqadilar . Hatto kiyimlaridagi imtiyozlar ham bilinmasligi uchun tikilgan kiyimlarni yechib tashlab, avratlarini to`sadigan ikki parcha mato bilan kifoyalanadilar. Birovdan birovning hech qanday farqi qolmaydi. Podshoh ham, gadoy ham, yosh ham, qari ham, kuchli ham, kuchsiz ham, boy ham, kambag`al ham ehromda bosh yalang, Allohning huzurida o`zini xor tutadi. Demak, shunday bo`lsa, Quraysh qabilasining yoki boshqa kishining o`zini yuqori tutishi, Arofatda odamlardan imtiyozli bo`lib, alohida turishlari hech to`g`ri kelmaydi. Ular ham barcha bilan barobar turishlari va odamlar qaytib tushgan joylardan tushishlari kerak bo`ladi.8
Insoniyat tarixiga nazar tashlasak, islom dini – birinchilardan bo‘lib turli dinlarga e'tiqod qiluvchilarni bir jamiyatda diniy bag‘rikenglik, dinlararo o‘zaro hamkorlik tamoyillari asosida, tinch-totuv va emin-erkin, teng huquqli tarzda hayot kechirishlari mumkinligi g‘oyasini ilgari surdi va uni hayotga tadbiq etib, insonlarni unga targ‘ib etdi.
Payg‘ambar (s.a.v.)ning bag‘rikenglik tamoyiliga amal qilganliklariga misol tarzida quyidagi ma'lumot bilan tanishib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muhammad (s.a.v.) Habashistondan kelgan nasroniy mehmonlarni o‘z masjidlariga tushirib: “Ular bizning sohiblarimizni hurmat qilgan edilar, men ularni o‘zim ikrom qilishni xush ko‘raman”, – deb shaxsan o‘zlari ularga xizmat qilganliklari islom tarixini yorituvchi asl manbalarda zikr qilingan.
Mantiqan olib qaraganda, turli din vakillarining bir jamiyat, bir hudud, bir muassasa, hatto bir oila a'zolari bo‘lib jamlanishlari tabiiy holdir. Agar ilohiy ko‘rsatmalarni inobatga olmasdan hamda dinning mohiyatini to‘g‘ri tushunmasdan bu borada turli tafriqachilikka yo‘l qo‘yilsa, jamiyat fuqarolari orasida, shuningdek, bir oilada yashayotgan qondosh-qarindoshlar o‘rtasida ham parokandalik yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |