4. Pufaksimon saralash algoritmi
Ushbu usulning g'oyasi quyidagicha: n - 1 marta massivda quyidan yuqoriga qarab yurib kalitlar jufti-jufti bilan taqqoslanadi. Agar pastki kalit qiymati yuqoridagi jufti kalitidan kichik bo'lsa, u holda ularning o'rni almashtiriladi (6.1- rasm).
Misol : massiv - 4, 3, 7, 2, 1, 6.
1-rasm. Pufaksimon saralash usulida massiv
elementlarining o'rnini almashtirish
Pufaksimon usulni massiv elementlarida pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga o'tishni bir vaqtda amalga oshirish natijasida yaxshilash mumkin.
“Pufaksimon” saralash usulini hisoblashga misol
2-rasm. Massivni pufaksimon saralashga misol
2-rasmda berilgan misolda 5 ta elementdan iborat massiv berilgan. Demak, massivda pastdan yuqoriga (yuqoridan pastga) o'tishlar soni 5-1=4 marta bo'ladi. Misoldan ko'rinib turibdiki, algoritm ichki siklda 3-qadamdan boshlab massivni “bekor” qayta ishlaydi, 4-qadamni bajarmasa ham bo'ladi.
Berilgan usullarning afzalligi:
1) Eng sodda algoritm;
2) Amalga oshirish sodda;
3) Qo'shimcha o'zgaruvchilar shart emas.
Kamchiliklari:
1) Katta massivlarni uzoq qayta ishlaydi;
2) Har qanday holatda ham o'tishlar soni kamaymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |