Moddiy xarajatlar tarkibi
a) Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib uning tarkibiga kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar.
b) Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlami o‘rash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan materiallar, shuningdek, asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, inventarlarning, xo‘jalik buyumlarini va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa mehnat vositalarini qiymati
c) Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo4jalik yurituvchi subyektda montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar
d) Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki tarkibiy boiinmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli boimagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega boigan ishlar va xizmatlar
e) Tabiiy xomashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish ishlariga haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq toiash, korxonalar tomonidan suv xo‘jaligi tizimlaridan beriladigan iste’mol qilinadigan suv uchun haq to’lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari uchun — yog‘och, taxta material laridan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) foydalanishga huquqlaming amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof-muhitni tiklash xarajatlari
f) Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga,binolarni isitishga sarflanadigan yonilgining chetdan sotib olinadigan barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlaming transporti tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha transport ishlari
g) Xo‘jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya. (Xo'jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari xarajatlaming tegishli elementlariga kiritiladi)
b) Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklaming yaroqsizlanishi va kam chiqishi
i) Xo‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslami yetkazish bilan bogiiq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari hamshu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq toiash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar)
j) Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi
k) Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va o‘rash-joylash materiallari qiymati ulaming amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi bo‘yicha chiqarib tashlanadi
I) «Moddiy xarajatlar» elementi bo‘yicha aks ettiriiadigan moddiy resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan barter bitishuvlarida, qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, qo‘shilgan qiymat solig‘i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan kelib chiqib shakllanadi.
Moddiy xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismini tashkil etadi va shu sababli ham ulami tahiil etishga muhim ahamiyat qaratiladi.
Moddiy xarajatlar tahlili oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
- moddiy xarajatlaming rejaga va o’tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlami va ulaming o ‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
- moddiy xarajatlami iqtisod qilish yuzasidan imkoniyatlami aniqlash;
- mahsulotning moddiy xarajatlar sig‘imiga baho berish va ulardan samarali foydalanishning ichki imkoniyatlarini aniqlash;
- moddiy resurslardan tejamli va natijali foydalanish yo’llarini aniqlash.
Moddiy xarajatlar tahlili ulaming o'zgarishini o'rganishdan boshlanadi. Moddiy xarajatlaming o‘zgarishi va unga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi jadval ma’lumotlari asosida ko‘rib o’tishimiz mumkin.
Moddiy xarajatlar va ularning o‘zgarishi va unga ta’sir etuvchi
omillar tahlili:
Moddiy xarajatlaming reja bo'yicha tannarxi 35 250 mln so‘m qilib belgilangan. Lekin, uning haqiqiy tannarxi 35 700 mln so‘mga teng bo’lgan. Moddiy xarajatlaming jami o4zgarishi +450 mln so‘mni tashkilqilgan. Ushbu o'zgarishga ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi hisobiga (moddiy xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar tarkibiga kirib mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mos ravishda o‘sib borishi tufayli) +3525 mln so’mga ortganligini, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning strukturaviy o'zgarishlari hisobiga -3 175 mln so‘mga kamayganligini, materiallar tarkibining o‘zgarishi hisobiga o‘zgarish +100 mln so‘mni tashkil etganligini ko'rish mumkin. Barcha omillar ta’sirini jamlasak,uning umumiy o‘zgarishga teng ekanligini ko'rish mumkin
(+3 525+(-3175)+100).
2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘Igan mehnatga haq to‘lash xarajatlari. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |