MISD (multiple instruction stream/single data stream) arxitektura o’ziga xos protsessorli konveyerni qurish uchun mo’ljallangan,yani bunda ishlov berish natijalari zanjir tarzda bir protsessordan boshqa protsessorga uzatiladi.Bunday hisoblashga ixtiyoriy ishlab chiqarish konveyeri misol bo’ladi.Zamonaviy hisoblash mashinalarida bu qoida parallel ishlovchi tizimda turli xil funksional bloklar tomonidan amllarni bajarish sxemasiga asoslangan.Bunda har bir qism umumiy siklda o’zining vazifasini bajaradi.Bunday turdagi hisoblash tizimlarida konveyerlar protsesorlar guruhini hosil qilishi kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |