Mustaqil ish -1 Mavzu:O`zbek tilidagi LINUX OT distributivlari
REJA
1. GNU/Linux
2. GNU/Linux Distributivlari
3. Linux operatsyon tizimining qisqacha tarixi 4.Linux Oʻ zbekistonda
5.Xulosa.
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
GNU/Linux ("gnu lí nuks" deb oʻqiladi) — erkin UNIX — simon operatsion tizimdir. Bu GNU loyihasi doirasida tuzilgan tizim dasturlariga asoslangan. Manba turi: Ochiq manba, Free Software Litsenziyasi:Kernel: GNU General Public License/various Yadro tipi: Yaxlit kernel
GNU/Linux Distributivlari
Foydalanuvchilarning koʻp qismi GNU/Linuxni oʻrnatish uchun distributivlardan foydalanishadi. Distributiv — bu nafaqat dasturlar toʻplamidir, balki foydalanuvchilarning bir qator masalalarining yechimi, birlashtirilgan yakka tizimlar markaziy oʻrnatgichi, boshqarish va yangilash paketlari, moslashtirishlar va texnik yordamlar majmuasidir. Dunyoda eng koʻp tarqalgan distributivlar:
amerikaliklarning Red Hat va uninig bepul vorisi Fedora Core; nemislarning SuSE; fransuzlarning Mandriva (eski nomi Mandrake); ayni bir xalqqa taalluqli boʻlmagan Debian GNU/Linux; keksa distributivlardan biri boʻlmish Slackware; nisbatan yosh va aktiv rivojlanuvchi Gentoo; juda yosh, lekin istiqbolli Ubuntu Linux.
Linux operatsyon tizimining qisqacha tarixi
Bu operatsion tizim 1991 yil Xelsinkidagi universitetlardan birida tahsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissertatsiya ishi natijasida, UNIX operatsion tizimi asosida yangi operatsion tizimi sifatida yuzaga keldi.
Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha „free“, „freak“ soʻzlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi „X“ harflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Torvaldsning doʻsti Ari Lemka yadroga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi.
Bugungi kunda dunyo miqyosidagi operatsion tizimlar ichida oʻziga xos oʻrniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan dasturiy taʼminotlardan biridir, yaʼni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Internet tarmogʻi orqali yoki kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu operatsion tizimning 2 ta ishlash uchun moʻljallangan interfeyslari boʻlib, ular GUI (Graphic User Interface) — grafikali interfays hamda CLI(Command Line Interface) — konsol, yaʼni buyruqlar qatoridan iboratdir.
Linux operatsiyon tizimi asta-sekinlik bilan Oʻzbek foydalanuvchilarini ham topmoqda. Linux operatsion tizimini birinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilishda Samarqand Davlat Universiteti sobiq talabasi Mashrab Quvvatovning hissasi katta. Uning internedagi sayti: http://www-user.unibremen.de/~kmashrab/freax.homelinux.net Arxivlandi (https://web. archive.org/web/20111117125050/http://www-user.uni-bremen.de/ ~kmashrab/freax.homelinux.net/) 2011-11-17 Wayback Machine saytida.. Hozirgi paytda Mandriva, Ubuntu hamda Booyo distributivlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Linux Oʻ zbekistonda
Oʻzbekistonda Linux foydalanuvchilari tobora oshib bormoqda. Bunga asosiy sabablardan biri shunda-ki, Oʻzbekiston hududida Linux boʻyicha turli xil telegram guruhlar ochilayotganidandir.
Asosiy Linuxga doir oʻzbekcha maʼlumotlar qoʻshib kelayotgan guruhlardan: Linux Uzbek Community (https://t.me/linux_uzbek) va Linuxiston (https://t.me/linuxiston). Ikkinchi guruh boʻyicha hamjamiyat tomonidan ochiq va bepul Linuxda oʻzbekcha platforma yaratilyapti
Xulosa
Ko'rib turganingizdek. Hozirgi paytda Mandriva, Ubuntu hamda Booyo distributivlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.biz bulardan bemalol foydalanishimiz mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
- Aripov M.M., Yakubov A.X., Sagatov M.V., Irmuhamedova R.M. va boshqalar. Informatika. Axborot texnologiyalari.. O’quv qo’llanmasi. 1,2qism. Toshkent:2005.
- Aripov M.M., Yakubov A.X., Sagatov M.V., Irmuhamedova R.M. va boshqalar. Informatika. Axborot texnologiyalari.. O’quv qo’llanmasi. 1qism. Toshkent:2005.
- Nazirov Sh.A. , Qobulov R.V. va boshqalar. Kompyuter va ofis jihozlaridan foydalanish.-Toshkent, 2007yil.
- Skott Myuller «Модернизация и ремонт ПК» Izd-vo «Piter», 2001.
- A.Jarov, «Железо» IBM 2000 Moskva: «MikroArt»
- Borzenko A. «IBM PC устройство, ремонт и модернизация» M. 1995.
Do'stlaringiz bilan baham: |