BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi muqaddima hamda 8 ta bob, 71 ta moddadan iborat bo‘lib, 1-bobda (1-4) umumiy qoidalar, 2-bobda (5-14) korrupsiyaning oldini olish choralari, 3-bobda (15-42) jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati, 4-bobda (43-50) xalqaro hamkorlik, 5-bobda (51-59) aktivlarni qaytarish bo‘yicha choralar, 6-bobda (60-62) texnik yordam va ma’lumot almashinuvi, 7-bobda (63-64) amalga oshirish mexanizmlari, 8-bobda yakuniy qoidalar aks etgan.
O‘zbekiston Respublikasi mazkur konvensiyaga bir nechta bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qo‘shilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |