Sizni uchrataman tog`da, dalada,
Xizmatda hamisha-qorda, jalada.
Sizga sabot bersin, Sizga kuch bersin,
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada…
Har kun oftob bilan sog` ko`rishib yuz,
Uydan omon chiqib, omon qaytingiz.
Rizqi ulug` bo`lsin, ko`ksi ulug` bo`lsin,
Xonadoningizu mamlakatingiz.
Yo`llar ravon bo`lsin, yo`llar oq bo`lsin,
Bahor maysalari ko`kchiroq bo`lsin.
Burchga sadoqatli ey fidoyilar,
Pokligingiz Sizga ko`zmunchoq bo`lsin!..
Muhammad Yusuf
Do'stlaringiz bilan baham: