Sana:
5-mavzu: Sog’lom turmush tarsi va zararli odatlarni oldini olish
Kun shiori: “Sog`lom hayot sari”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, sog`lom turmush tarziga o`rgatish, chekishning zararlari haqida yo`l-yo`riq ko`rsatish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklash to'g'risida”gi Qonunning joylarda amalga oshirilishi va “Maktablarda voyaga yetmaganlar o’rtasida” qonunning mohiyatini targ`ib qilish.
O`qituvchi:
Davlatimiz tomonidan xalqimizning ertangi kuni va oilalarida tinch yashashlari uchun doimo shaxsan Yurtboshimiz va keng jamoatchilik faollari juda ko`plab xayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar shu jumladan, yoshlarimiz tarbiyasiga va kelajagiga salbiy ta’sir ko`rsatadigan alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini oldini olish maqsadida ko’pgina choralar ko’rilmoqda
Har qancha targ`ib qilmaylik, amaliy ishlarni yo`lga qo’ymasak, ayniqsa, yoshlarimizni zararli odatlarga ruju qo`ymasliklarik uchun umumta’lim maktablari, akademik-litsey, kasb-hunar kollejlari va oliygohlarda ishlayotgan domlalar va xizmatchilari yoshlar oldida alkogol va ta’maki mahsulotlardan foydalanmasa, oilalarda otalar, mahalladagi fuqarolar bolalar maydonchalari oldida iste’mol qilmasa, imkon darajada farzandlarimiz ongi va qalbiga ijobiy yo`l topa olamiz.
Tamaki o`simligi jahon miqyosida maxsus ekilib ko`paytiriladi. Tamaki giyohidan turli xildagi sigaretlar, tanasidan moxorkalar, shuningdek, nos ham tayyorlanadi. Tamaki giyohidan tayyotlangan moddalarni chekish inson salomatligi uchun o`ta zararlidir. Kashandalar va noskashlarning aksariyati o`pka raki, asab, bo`g`ma kasalliklari bilan og`riydilar.
Chekish miya quvvatiga pasayishiga, xotiraning sustlashuviga olib keladi. Eng yomoni – sigaretni jamoat joylarida, oila muhitida chekilishidir. Bunda sigaret tutunidan faqat chekuvchining o`zi emas, balki atrofdagi odamlar, aksariyat ayollar va bolalar ham zaharlanadilar. Dunyoning qator mamlakatlarida ishxonalarda, transportda, jamoat joylarida, umumiy ovqatlanish shoxobchalarida chekish qat’iyan man etilgan.
Salomatlik inson uchun eng aziz ne’matdir. “Salomatlik – tuman boylik” naqli insonlarni o`z salomatliklarini asrashga, o`zini parvarish qilishga, aql bilan ish tutishga dav’at etadi.
Badanni yuvib tozalab turish, oz yeb, oz ichib, oz gapirishga amal qilish, shu bilan birga nafsni ham, qalbni ham pok – sof holda tutish, go`zal odobli bo`lish salomatlik uchun qayg`urishdir.
Lekin hayotda o`z salomatliklarini o`ylamay, aql bilan ish tutmay yomon yo`lga kirgan odamlar ham uchraydi. Inson salomatligini, kuchini, obro`yini ketkazadigan illatlar oxir – oqibatda uni jar yoqasiga olib keladi. Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, tamaki chekish, har qanday insonni kunpayakun qiladi, umriga zomin bo`ladi. Tamaki chekish aholi orasida eng ko`p tarqalgan yaramas odat. Kashandalar sigareta charchoqni yozadi, deb o`ylashadi. Shuning uchun chekishni “ charchoq bosdi”, deb hisoblaydilar. Bunday fikr, albatta, noto`g`ri. Sigaret chekib bo`lgach, oradan ozgina vaqt o`tishi bilan miyaning qon bilan ta’minlashi sustlashadi, chunki qonga nikotin degan zaharli modda tushadi. Tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi hamda realizatsiya qilinishi sohasidagi davlat nazoratini ta'minlash, shuningdek bunday mahsulotlarning tarqatilishi hamda iste'mol qilinishini cheklashga, ularning salbiy ta'siri profilaktikasiga, jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga oshirishda hammamiz birgalikda kamarbasta bo`laylik.
Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilgan kishilar nafaqat o`zlarining hayotlariga, balki oilasidagi va tevarak-atrofdagi barcha yoshlarga salbiy ta’sir o`tkazadilar.
Biz pedagoglar zararli illatlardan kelajagimiz bo`lgan farzandlarimizni asrab-avaylashimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |