Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza oladi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, Temurnoma, Temur tuzuklari, Sarbadorlar, Buyuk Turon amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur chamani kitoblari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Amir Temur besh narsaga e’tiqod qo`ygan:
1. Alloh.
2. Tafakkur.
3. Qilich.
4. Imon.
5. Kitob.
O`qituvchi:
AmirTemur, Sharafuddin Ali Yazdiyning bergan ma’lumotiga ko`ra, xijriy 736 yil ( milodiy 1336 yil 9 aprel) da Qashqadaryo vohasining Shaxrisabz (Kesh) bekligiga qarashli Xo`ja Ilg`or qishlog`ida, barlos Tarag`ay xonadonida tavallud topgan.
Temur o`smirlik yoshidanoq Qur’onni yod bilgan. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvai xotirasiga tasannolar aytishgan. O`n ikki yoshga to`lganida u: “ bolalarcha o`yinlardan orlanadigan bo`ldim va vaqtimni o`zimga tengqur o`spirinlar bilan o`tkazishga harakat qildim ”, deydi.
Sohibqiron Amir Temur Movaounnahrning yagona hukmdori bo`lib olgach, buyuk saltanat barpo etishni o`z odiga maqsad qilib qo`yadi. O`zining porloq istiqboliga katta umid va ishonch bilan qaragan Temur ruhiyatini nafaqat o`zining tug`ma bahodirligi va jasorati bilan, balki ayni zamonda Allohga va Qur’onga bo`lgan ishonchu e’tiqodi bilan ham mustahkamlagan edi. Bu hol uning har qanday og`ir va qiyin sharoitlarda ham to`g`ri tadbir belgilash va undan chiqib ketishini ta’minlar edi. Taqdirni bilishda Qur’oni Karim, ilmi nujumga, tush tabirlariga, turli xil bashoratlarga va mushkul masalani hal qilmoqchi bo`lsa, avval Qur’onni dasturlamal deb bilardi.
Amir Temurning buyuk saltanat barpo qilish bobidagi say-harakatini shartli ravishda ikki davrga bo`lish mumkin. Birinchi davr 1370-1388 yillarni o`z ichiga oladi. Bu davrda Amir Temur asosan turkiy xalqlardan tashkil topgan Chig`atoy mulkini markazlashgan qudratli davlatga birlashtirish uchun kurashadi.
Ikkinchi davr 1388-1405 yillardir. Bu davrda Amir Temur o`z davlati hududini kengaytirish va buyuk saltanat barpo etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi. Shu narsa alohida e’tiborga loyiqki, Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib borganligidan qat’i nazar, u adolatni himoya qilgan, insof va diyonat uchun jangga kirgan.
Buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni birlashtirib, markazlashgan saltanatga asos soldi. Jahon sahnasida, Yevropani saqlab qolgan mard sarkarda nomi bilan, milliy davlatchiligimizga tamal toshini qo`ygan shaxs sifatida tarixda nomi qoldi va bugun avlodlari har daqiqada nomini ulug`laydi.
Topshiriq: “Ta’rif” metodi, bunda o`quvchilar Amir Temur bobomizga o`zlarining mustaqil ta’riflarini beradilar. Bunda avvalo o`quvchilarning so`z boyligi, shaxsiy dunyoqarashi, erkin fikrlashi, insonlarning xususiyatlarini anglay olish qobiliyati,zukkoligi shakllanadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |