JINSIY HUJAYRALARNING RIVOJLANIShI
dasi.
Jinsiy hujayralarning yetilish jarayoni gametogenez (yunoncha A-bosh qismi gamete-ayol, gametez-yerkak, genezis-rivojlanish so’zlaridan olingan) deyiladi.
Spermatozoidlar urug’donda rivojlanadi, ularning rivojlanish jarayoni spermatogenez deyiladi. Тuxum hujayraning rivojlanishi ovogenez deyiladi va tuxumdonda kechadi.
Gametogenez shartli ravishda to’rtta davrga: ko’payish, o’sish, yetilish va shakllanish davrlariga bo’linadi.
Spermatogenez. Ko’payish davrida xromosomalarning diploid to’plamiga ega bo’lgan spermatogoniylar mitoz yo’li bilan ko’payadi (23-rasm). O’sish davrida spermatogoniylar o’sib, kattalashadi, sitoplazmada oziq modda to’planadi, yadroda DNK miqdori ikki hissa ortadi. Bunday hujayralarni birlamchi spermatositlar deyiladi.
yetilish davrida birlamchi spermatositlar meyoz yo’li bilan ko’paya boshlaydi. 1-meyozdan keyin hosil bo’lgan hujayralar ikkilamchi spermatositlar deyiladi, 2-meyozda spermatidalar hosil bo’ladi. Ular xromosomalarning gaploid to’plamiga ega.
Shakllanish davrida spermatozoidlar shakllanadi, ular "bosh, bo’yin, dum qismlariga ajraladi.
Shunday qilib, spermatogenez jarayonida bitta diploid to’plamli hujayradan 4 ta gaploid to’plamli spermatozoidlar hosil bo’ladi.
Ovogenez. Ovogenezning ko’payish davri spermatogenezga o’xshaydi, hosil bo’lgan hujayralarni ovogoniylar deyiladi.
O’sish davrida ovogoniylar kattalashib, birlamchi ovositlarga aylanadi (24-rasm).
yetilish davrida ketma-ket ikki marta meyoz bo’linishi kuzatiladi. l-meyozda hosil bo’lgan yirik htijayrani ikkilamchi ovosit deyiladi. Ikkinchi hujayra kichik, uni yo’naltiruvchi tanacha deyiladi. Ikkinchi meyoz ikkilamchi ovosit bo’linishi natijasida yana bitta yirik tuxum hujayra, bitta kichik yo’naltiruvchi tanacha hosil bo’ladi. Kichik hujayra ham bo’linib o’ziga o’xshash mayda hujayralarni hosil qiladi. Ovogenezda shakllanish davri bo’lmaydi. Ovogenez natijasida bitta diploid to’plamli hujayradan faqat bitta gaploid to’plamli yirik tuxum hujayra hosil bo’ladi. Qolgan uchta hujayra (yo’naltiruvchi tanachalar) tezda parchalanib ketadi.
Ovogenez va spermatogenez jarayonlari o’rtasida quyidagi farqlar ham mavjud:
Ovogenez spermatogenezga nisbatan uzoqroq davom etadi, odamlarda spermatogenez uchun 9 haftaga yaqin, ovogenez uchun bir necha yillar ketadi.
Spermatogenezda sitoplazma hamma hujayralarga baravar miqdorda taqsimlanadi. Ovogenezda esa notekis taqsimlanadi.
Spermatogenez 4 ta bir xil spermatozoidning hosil bo’lishi bilan, ovogenez faqat 1 ta yirik tuxum hujayra hosil bo’lishi bilan tugaydi.
Ovogenezda shakllanish kuzatilmaydi. Shunday qilib, gametogenez jarayonida jinsiy bezlarda xromosomalarning diploid to’plami bo’lgan hujayralardan gaploid to’plamli jinsiy hujayralar — gametalar hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |