Мустақил иш мавзу: «­»



Download 29,99 Kb.
bet3/3
Sana25.11.2022
Hajmi29,99 Kb.
#872234
1   2   3
Bog'liq
Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqi

(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
13-modda. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasini erkin olib sotish
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi nusxasiga bo‘lgan egalik huquqi yoki o‘zga mulkiy huquqlar ushbu nusxaga egalik huquqi birinchi marotaba sotilganidan keyin yoki boshqacha tarzda o‘zgaga o‘tkazilganidan keyin, huquq egasining roziligini olmay va unga qo‘shimcha haq to‘lamagan holda olib sotilishiga yoki boshqacha usulda o‘zgalarga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
14-modda. Mualliflik huquqini muhofaza qilish
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining muallifi va o‘zga huquq egalari:
huquqlari tan olinishini;
huquq buzilishiga qadar mavjud bo‘lgan holat tiklanishini va huquqni buzayotgan yoki uning buzilishi xavfini tug‘dirayotgan xatti-harakatlar to‘xtatilishini;
yetkazilgan zarar uning miqdoriga huquqbuzar tomonidan g‘ayriqonuniy olingan daromad summasini qo‘shgan holda qoplanishini;foyda ko‘rgan huquqbuzardan yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining tegishli sud qarori bilan belgilanadigan yigirma barobaridan ming barobarigacha bo‘lgan miqdorida tovon to‘lanishini;
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)ularning huquqlari muhofaza qilinishi bilan bog‘liq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan o‘zga choralar ko‘rilishini talab qilishga haqlidir.
(14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasi muallifi va o‘zga huquq egalari o‘z huquqlari muhofaza qilinishini so‘rab tegishli sudga murojaat etishlari mumkin.
Sud EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining mualliflik huquqi buzilgan holda tayyorlangan nusxalarini musodara etish va ularni yo‘q qilib yuborish to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin. EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasidan bunday nusxalar olishda foydalaniladigan materiallar va uskunalar sudning qarori bilan budjet daromadiga o‘tkazilishi yohud da’vogarning iltimosiga binoan zararlarni qoplash hisobiga berilishi mumkin.
15-modda. Mualliflik huquqining buzilishi
Huquq egalarining mutlaq huquqlariga taalluqli ushbu Qonun talablarining jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan bajarilmasligi mualliflik huquqining buzilishi hisoblanadi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini o‘zganing nomi bilan chiqarish yohud undan g‘ayriqonuniy ravishda nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy yohud jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Tayyorlanishi yoki ulardan foydalanilishi mualliflik huquqi buzilishiga olib keladigan EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki ma’lumotlar bazalarining nusxalari qonunchilikda belgilangan tartibda olib qo‘yilishi lozim.
(15-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan huquqlardan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan teng ravishda yoki o‘zarolik prinsipi asosida foydalanadilar.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi 364-II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda)
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 6-may,
1060-XII-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 74-modda, 9-son, 165-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 52-son, 555-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Xulosa
Xulosa qilib aytganda O'zbekistonda kiberxavfsizlikni ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan tizimli va fundamental yondashuv, yagona normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yaratish, ilg'or xorijiy tajribani joriy etish, innovatsion usullardan keng foydalanish davlat axborot siyosatini samarali olib borishga hamda axborot xavfsizligi sohasidagi muammolarni hal etishga hizmat qiladi.
Bu esa axborot kommunikatsiya va texnologiyalari tizimini zamonaviy kibertahdidlardan himoya qilish, turli darajadagi tizimlar uchun kiberxavfsizlik bo'yicha zamonaviy mexanizmlarni joriy etish, mazkur sohada davlat organlari, korxonalar va tashkilotlarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish kabilarni amalga oshirish orqali belgilanadi. Bu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash orqali kiberxavfsizlikni ta'minlashni takomillashtirish mumkin.
Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizga qulayliklar yaratish maqsadi yotibdi. Kiberxavfsizlikni ta'minlashga alohida e'tibor qaratilishi raqamli imkoniyatlardan ishonchli va xavfsiz tarzda foydalanishga asos bo'ladi.
Asosiy adabiyotlar

  1. S.K.Ganiev, A.A.Ganiev, Z.T.Xudoyqulov. Kiberxavfsizlik asoslari: O‘quv qo‘llanma, – T. “Nihol print” OK, 2021. – 224 b.

  2. S.K. Ganiyev, M.M. Karimov, K.A. Tashev; Axborot xavfsizligi: darslik/ O‘z R Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, TATU. - Qayta nashr. - T. Fan va Texnologiya, 2017. - 372 b.

  3. В.Ф.Шаньгин, Информационная безопасность компьютерных систем и сетей: учебное пособие - М. ФОРУМ : ИНФРА-М, 2019. - 416 с.

Download 29,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish