Rossiya tarkibidan ajralib chiqishlari mumkinligi e’tirof etildi. Bundan tashqari, yangi hokimiyat boshlig‘i V. I. Lenin Oktyabr inqilobidan bir oy o‘tar-o‘tmas Rrssiya va Sharqdagi barcha musulmon mehnatkashlarga murojaat qildi. Uning maktubida shunday gaplar bor edi: «Bundan buyon sizlarning urf-odatlaringiz, sizlarning milliy va madaniy muassasalaringiz ozod va daxlsiz deb e’lon qilinadi. O‘z milliy hayotlaringizni erkin va bemalol uyushtira beringiz, sizlarning bunga haqqingiz bor… Sizlar o‘zlaringiz o‘z vataningizning hokimlari bo‘lishingiz lozim. O‘z rasm-rusmlaringizga binoan hayotingizni uyushtirishingiz lozim. Sizning bunga haqqingiz bor, chunki sizlarning taqdiringiz — o‘zlaringizning qo‘lingizda.» («Sharq yulduzi» oynomasi, 1991, 3-son, 168-bet.) Turkistondagi milliy-ozodlik harakatining rahbarlari, shu jumladan, Mustafo Cho‘qay ham bu gaplarga chippa-chin ishonib, laqqa tushdilar. Ular bolsheviklar siyosati birinchi qadamdanoq riyokorlik asosiga qurilganini, og‘izda balandparvoz va’dalar berib, amalda odamlarning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldiraverishlarini xayollariga ham keltirmagan edilar. Lenin ham shunday qildi: boyagi murojaatnomadan keyin ko‘p o‘tmay, Turkiston xalqlarining qarshiligini o‘ta shafqatsizlik bilan bostirish haqida «dohiyona» ko‘rsatmalar berib, baland rutbalik vakillarini bu yerga jo‘natdi. Bundan tashqari, muxtoriyatning vujudga kelishiga yangi sovet hokimiyati birinchi qadamlaridanoq milliy siyosat bobida mudhish xatolarga yo‘l qo‘ygan, mahalliy xalq-nimensimay, huquqlarini poymol etgani, shovinistlarcha muomala qilgani ham sabab bo‘ldi. Buni isbotlaydigan dalillar ham ko‘p. Oktyabr inqilobidan keyin Turkistonda tuzilgan birinchi srvet hukumati tarkibida bironta ham mahalliy millat vakili yo‘q edi. Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining tarkibida ham dastlabki bosqichda mahalliy millatlarga o‘rin ajratilmadi. Inqilobiy rahbariyatning ayrim xodimlari 1917—1918 yillar mobaynida turli yig‘inlar va anjumanlarda sira tor-tinmay yerli xalq sha’niga tahqirli gaplar aytishgan. Masalan, Turkistondagi hokimiyat a’zolaridan biri K. Ya. Uspenskiy 1918 yil yanvarida o‘lka sovetlarining qurultryida so‘zlagan nutqida shunday degan edi: «O‘rtoq musulmonlar! Shuni bilingizkim, biz sizlarning katta og‘angizmiz. Siz kichiksiz va, tushunarliki, bizga bo‘ysunishingiz kerak» (O‘sha joyda).
Do'stlaringiz bilan baham: |