Mustabid sovet davlati hududida yashagan barcha xalqlar tarixining musibatli va eng fojiali davri- 1937-yil o‘zbek xalqi xotirasida ham mudhish sana sifatida muhrlangan



Download 20,94 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2022
Hajmi20,94 Kb.
#378450
1   2
Bog'liq
3-shart

Tergov paytida ham, yuzlashtirishlar jarayonida ham Abdulla Qodiriyning aksilinqilobiy tashkilot a’zosi bo‘lgani fakti mutlaqo tasdiqlanmagan.

1956-yilda shaxsga sig‘inish fojialarini qoralash ishlari boshlanganda shu jinoyat bilan shug‘ullangan O‘zNKVD xodimlarining tiriklari tergovga tortilib, ommaviy qirg‘inda ishtirok etgani uchun NKVD organlaridan haydashdek «favqulodda og‘ir jazo»ga hukm qilindi. Shu jarayonda tergovchilarning o‘z lavozimlarini suiis­te’mol qilgani, ya’ni istalgan kishini qamoqqa olib, istagancha azoblagani va ularga istagancha jazo berganlari kundek ravshan bo‘ldi.

«Yozuvchi Abdulla Qodiriyning ishi yuzasidan shuni aytishim lozimki, — degan Nurmi Trigulov 1956-yil 9-iyunda bo‘lib o‘tgan tergovda, — u Agabekovning tashabbusi bilan qamoqqa olingan… O‘sha payt­dagi barcha tergov ishlaridek, Abdulla Qodiriy ustidan qo‘zg‘atilgan ish ham ibtidoiy usulda, inqilobiy qonunchilikka xilof ravishda olib borilgan… Masalan, Abdulla Qodiriy o‘ziga qo‘yilayotgan ayb­larni sira tan olmagan; tintuv paytida jinoyat belgilarini ko‘rsatadigan birorta ham ashyo-dalil topilmagan; shuning uchun qamoqdagi boshqa mahbuslarning ko‘rgazmalaridan olingan nusxalar unga qarshi ishlatilgan — buni men tasdiqlayman. O‘sha payt­dagi tartibga ko‘ra, har qanday odamning biror millatchilik tashkilotiga aloqadorligini isbotlash uchun mahbuslarning ko‘rsatmalaridan olingan nusxalar yetarli bo‘lar, shu asosiy ashyo hisoblanar edi. Shunday ashyoga asos­lanib prokuror qamoqqa olish haqida farmon berar, shu ashyo asosida mahbusga ayb qo‘yilar va aybnoma tuzilar edi. Shunday masxaraboz­lik bilan Abdulla Qodiriy ishi ham oxiriga yetkazilgan; jinoiy ish yuzasidan qonuniy tergov olib borilmagan, u xo‘jako‘rsinga so‘roq qilingan…»

Trigulov o‘z ko‘rsatmasida «inqilobiy qonunchilikka xilof ravishda olib borilgan» iborasini qo‘llagan. Holbuki, o‘tgan asrning 20-30-yillarida harakatda bo‘lgan «inqilobiy qonunchilik» yuz minglab begunoh kishilarning bekordan-bekorga otilib ketilishi, yuz minglab kishilarning boshqa o‘lkalarga surgun qilinishi, ota-­onasi qatag‘on qilingan minglab bolalarning qarindosh-urug‘lari bag‘ridan yulib olinib, bosh­­qa shahar va respublikalardagi «Bolalar ­uyi»ga yuborilishiga to‘liq imkon bergan.



1938-yil 4-oktyabrda Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan NKVD maxsus poligonida otib tashlangan va shu yerdagi xandaqlardan birida maxfiy ravishda dafn etilgan Abdulla Qodiriy taqdiri ham shundan dalolat beradi.
Download 20,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish