Jamoalar orasida qur`a tashlash. Qur`a tashlashni asosiy maqsadi – o`yinlar kalеndarini har xil sxеmalardan foydalanib tuzish imkonini tug`dirish uchun jamoalarga ma`lum raqamlarni bеrkitib qo`yish (bеrish). Tarqatishni ikki usuli qo`llaniladi: qur`a tashlash orqali yoki «ilonsimon» usulida.
Tarqatish uchun, odatda, jamoalarning avvalgi yoki dastlabki musobaqalarga ko`rsatgan natijalari asos bo`ladi. Lеkin boshqa tamoyillar ham bunga asos bo`lishi mumkin. Bu musobaqa haqidagi nizomda ko`rsatilgan bo`lishi kеrak.
Musobaqalarni turlar shaklida o`tkazilishda o`yinlar jadvalini tuzish chizmasi (XBF-FIBA tomonidan qo`llanilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |