Sharofatbegim va Kumush qo’ng’iroq chalib keladi. Oldidan qizlar chiqadi.
Muslima: Nega qo’ng’iroq chalib yuribsizlar?
Sharofatbegim: Axir bugun so’nggi qo’ng’iroq bayrami-ku!
Dilnoza: Qanaqasiga? So’nggi qo’ng’iroq 25-mayda bo’ladi-ku!
Kumush: Ha, boshqa maktablarda 25-mayda bo’ladi, lekin biz o’qiydigan Prezident maktablarida 17-iyun kuni o’quv yili yakuniga yetadi!
Muslima: Demak bugun bayram bo’ladimi?
Dilnoza: Biz ham bayramda qatnashsak maylimi?
Kumush va Sharofatbegim: ALBATTA! KETDIK!
Do'stlaringiz bilan baham: |