Muskullarning tuzilishi, fiziologiyasi, gigienasi va yosh xususiyatlari Muskul sistemasi



Download 153 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi153 Kb.
#18605

Aim.uz

Muskullarning tuzilishi, fiziologiyasi, gigienasi va

yosh xususiyatlari

Muskul sistemasi. Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo‘lib, katta yoshli odam tanasi vaznining 45–50% ni tashkil qiladi. Odamning harakatlari, mehnat faoliyati, nutqi, nafas olish harakatlari va boshqa fiziologik funksiyalari muskullarning guruh-guruh bo‘lib, reflektor harakat qilishi natijasida sodir bo‘ladi. Muskullar atrof-muhitdagi turli omillarning sezgi organlariga ta’sir qilishi va ana shu ta’sirning markazga intiluvchi nervlar orqali bosh miyaga yetib borib, analiz-sintez jarayonlari natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bundan tashqari, ichki organlarning faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor ravishda ta’sir etadi.

Ko‘ndalang yo‘lli muskul to‘qimasi ko‘ndalang targ‘il muskul skelet va yurak muskul to‘qimasiga bo‘linadi. Ko‘ndalang yo‘lli muskul deyishiga sabab, elektron mikroskop ostida ko‘rilganda, uning och va to‘q rangdagi guruh bo‘lib joylashgan. Muskul hujayralaridagi juda to‘g‘ri tartibda joylashgan mikrofibrillalar va ularning qismlari (aktin va miozin tolalari) dir. Elektron mikroskopida ko‘rilganda ko‘ndalang aktin va miozin tolalari silliq muskulga nisbatan noteks taqsimlanganligi bilan farq qiladi.

Har qanday muskulning boshlanish qismi–boshi va birikish qismi–dumi bo‘lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridap tuzilgan. Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroqdagi suyakka birikib, qisqarganda bo‘g‘imda harakat sodir bo‘ladi. Muskullar tolalarining yo‘nalishiga qarab duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama patsimon, tasmasnmon va ikki qorinchali bo‘lishi mumkin. Har qaysn muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan, bu parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va muskullarning hammasini o‘rab turishi mumkin.

Yumaloq muskullar og‘iz, ko‘z atrofida uchraydi. Kalta yo‘g‘on muskullar baquvvat bo‘lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida uchraydi (masalan, dumbaning deltasimon muskullari). Organizmdagi muskullar boshlanish, birikish joyiga ko‘ra, yelka-bilak muskuli, funksiyasiga ko‘ra, chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo, ikki boshli va hokazo. Tuzilishiga ko‘ra, yarim payli muskul va boshqalar; joylashishiga ko‘ra, peshona, yelka muskullari va xokazo; shakliga kura, trapesiyasimon, rombsimon muskullar deb ataladi va xokazo.



Muskullar fiziologiyasi. Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko‘ndalang-targ‘il va silliq muskullarga bo‘linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo‘lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko‘ndalang-targ‘il muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta’minlaydi. Ichki organlaniing devorlari silliq muskullardan tuzilganligi sababli, barcha ichki organlaniing harakatlari ana shu muskullarning faoliyati bilan bog‘liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo‘ylab harakati, qon tomirlarining kengayib-torayishi va hokazo.

Muskullarning tuzilishi. Muskullar maxsus parda-sarkolemma bilan o‘ralgan muskul tolalaridan tuzilgan. Muskul tolalarining protoplazmatik moddasi va qisqaruvchi talaygina ipsimon elementlari-miofibrillari bor. Muskul tolasi pardasining ustida yadrolari joylashgan. Miofibrillalar muskulning asosiy funksional elementlaridir. Ko‘ndalang-targ‘il muskul miofibrillalari mikroskop ostida birin-ketin joylashgan qoramtir va rangsiz disklarga bo‘lingandek bo‘lib ko‘rinadi, bu disklar A va I harflari bilan ifodalanadi. A disk (anizotrop disk) kuchli darajada ikki yoqlama nur sindiradigan bo‘ladi, I disk esa (izotrop disk) ikki yoqlama nur sindirish qobiliyatiga ega emas. Bu tolalar ikki xil nur sindirganliklari uchun mikroskop ostida qaralganda ko‘ndalang-targ‘il bo‘lib ko‘rinadi.

Miofibrillalarning anizotrop disklari muskulning qisqarishini ta’minlasa, izotrop disklari ularga elastiklik beradi. Muskul tolalari ranglari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Qizil rangli tolalar sarkoplazmaga boy, miofibrillalari kam bo‘ladi, oqish rangli tolalarning sarkoplazmasi oz, miofibrillalari esa ko‘p bo‘ladi. Silliq muskullar ko‘ndalang-targ‘il muskullardan shu bilan farq qiladiki, ular mikroskop ostiga qo‘yib qaraganda navbat bilan joylashuvi, qoramtir va rangsiz disklari ko‘rinmaydi. Muskullar ish bajarish darajasiga qarab qon, limfa tomirlari va nerv tolalari bilan ta’minlangan.

Muskullarning kuchi tolalarining ko‘ndalang kesimiga, ko‘p-ozligiga bog‘liq. Muskulning har bir santimetri o‘rta hisobda 10 kg yuk ko‘taradi. Ularning ishi nerv sistemasiniig qo‘zg‘aluvchanligiga, mashq qilishiga, tashqi sharoitga bog‘liq, muntazam ravishda mashq qilib turgan odamning muskullari baquvvat bo‘ladi, kon tomirlar bilan yaxshi ta’minlanadi, organizmda energiya va moddalar almashinuvi kuchayadi.

Muskullar egiluvchan, bir oz yopishqoq bo‘lib, tashqi muhit ta’sirida cho‘ziladi yoki qisqaradi. Qisqarganda bo‘g‘imlarda harakat vujudga keladi. Muskullar bo‘g‘imdan o‘tishiga qarab, bir bo‘g‘imli (masalan, deltasimon muskul) va ko‘p bo‘g‘imli (masalan, barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul) bo‘ladi. Muskullar bo‘g‘imlardagi harakatda ishtirok etishiga qarab, sinergist va antagonist muskullarga bo‘linadi. Sinergist muskullar qisqarganda umumiy harakat vujudga keladi. Masalan, yelka, bilak va yelkaning ikki boshli muskullari qisqarganda, tirsak bo‘g‘imida bukish harakati sodir bo‘ladi. Antagonist muskullar qisqarganda qarama-qarshi harakatlar vujudga keladi. Masalan, yelka, yelka-bilak va yelkaning ikki boshli muskullariga yelkaning uch boshli muskuli antagonistdir. U qisqarsa, tirsak bo‘g‘imida yozish harakati sodir bo‘ladi.

Muskullar suyaklarni harakatlantirishda richag qonuni asosida ta’sir etadi. Masalan, birinchi tartib, ya’ni muvozanat richagida tayanch nuqta o‘rtada, muskulning tortish va og‘irlik kuchi ikki chetda, ulariing yelkasi va yo‘nalishi bir xil bo‘ladi. Masalan, ensa-atlant bo‘g‘imida kalla muvozanatining saqlanishi. Bu richagda tayanch nuqta o‘rtada bo‘lib, kalla yuz qismining vazni oldingi yelkada, ensaga birikkai muskullarning tortish kuchi orqada, bularning yelkasi bir-biriga teng bo‘ladn. Buni quyidagicha ifodalash mumkin.

Bunda m. t. k. – muskulning tortish kuchi; t. n.–tayanch nuktasi; o. k.– og‘irlik kuchi. Bunday richagda normal muvozanat saqlanadi.

Ikkinchi tartib richag kuch richagi deyiladi, bunda tayanch nuqta chetda, og‘irlik kuchi o‘rtada bo‘ladi. Mus kulning tortish kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi uzun. Bu richagda qatnashuvchi muskullarning yelkasi uzun bo‘lgani uchun kuchli ish bajariladi.

Uchinchi tartib richagda ham tayanch nuqta chetda bo‘ladi, lekin og‘irlik kuchi ikkinchi chetda bo‘lib, yelkasi muskul tortish kuchining yelkasidan bir nechta marta uzun. Muskulning tortish kuchi o‘rtada bo‘lib, yelkasi juda qisqa. Bunday richagda keng qulochli tez harakatlar bajariladi. Masalan, tirsak bo‘g‘imida qo‘lni bukib, panjada yuk ko‘tarish.



Muskullarning rivojlanishi. Muskullar hayvonot olamining taraqqiyoti jarayonida tabaqalanib borib, sut emizuvchi hayvonlarda ancha rivojlangan. Odam embrionida muskullar mezodermaning orqa-chetki qismidagi somitlardan hosil bo‘ladi. Bunda avval hayot uchun eng zarur muskullar: til, lab, diafragma, qovurg‘alararo, so‘ngra qo‘l, gavda va oyoq muskullari rivojlanadi.

Bola tug‘ilganda barcha muskullari mayda va rivojlanmagan bo‘ladi. Ular bolaning hayoti davomida rivojlana borib, 25 yoshda to‘liq shakllanadi. Muskullarning rivojlanishi skeletining taraqqiy etishiga va bola qad-qomatining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola muskullarining vazni tanasi vaznining 23,3% ni, 8 yoshda – 27,2% ni, 12 yoshda – 29,4% ni, 15 yoshda – 32,6% ni, 18 yoshda – 44,2% ni tashkil etadi. Bir yoshda yelka kamari, qo‘l muskullari yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Bola yura boshlashi bilan orqadagi uzun muskullar, dumba muskullari tez usadi, 6–7 yoshdan boshlab qo‘l panjasining muskullari tez rivojlanadi. Bolalarda bukuvchi muskullarning tarangligi yuqoriroq bo‘lib, yozuvchi muskullarga nisbatan tez rivojlanadi. 12–16 yoshda yurish-turish uchun zarur muskullar rivojlanadi. yosh ortib borishi bilan muskullarning ximiyaviy tarkibi, tuzilishi ham o‘zgaradi. Bolalar muskulida suv ko‘p bo‘ladi. Muskullarning rivojlanishi bilan ulardagi qon tomirlar va nerv tolalari soni ortadi. Umuman, katta odamlarda 50 yoshdan boshlab muskullar suet rivojlanadi. Keksayganda vazni 15–20% kamayadi.

Tashqi muhitda turli omillarning sezgi organlariga ta’siri natijasida muskullar qisqaradi. Bu impulslar nerv sistemasining normal faoliyatini saqlab turadi, boshqacha aytganda, skelet muskullarining uyg‘unlashgan harakatini vujudga keltiradi. Shuning uchun ham odamning harakatlari tartibli bo‘ladi. Skelet muskullarining qisqarishi kishining ixtiyoriga bog‘liq. Muskul asosan muskul tolalaridap tuzilgan. Organizmdagi barcha muskullar ko‘ndalang yo‘lli muskullar va silliq muskullarga bo‘linadi.

Skelet muskullari butun tana og‘irligining 40-50% tashkil etuvchi, anchagina kuchli rivojlangan tana a’zosi hisoblanadi. Mushaklarning kattagina qismini tayanch harakat sistemasi,mimika muskullari bundan tashqari til, tomoq, hiqildoq, ko‘z, o‘rta quloq, va boshqalar tashkil qiladi. U somatik nerv sistemasi orqali nerv bilan ta’minlanadi.

To‘qimaning ma’lum vaqt ichida ta’sirni juda ko‘p qabul qilib, yangi ta’sirga tayyorlanishi labillik, ya’ni funksional harakatchanlik deb aytiladi. Skelet muskullari ta’sirga qancha tez javob qaytarsa, vaqt birligida undan shuncha ko‘p qo‘zg‘alish o‘tadi va labilligi shuncha yuqori bo‘ladi. Aksincha muskul ta’sirga qancha sekin javob bersa, labilligi shuncha past bo‘ladi. Bola yoshining ortishi bilan labillik xam orta boradi. 14- 15 yoshda labillik kattalarnikidek bo‘lib qoladi. Bir butun organizmda muskullarga juda ko‘p impulelar ketma-ket kelib turadi. Muskullar ana shu impulelarga javoban uzok qisqaradi. Nerv tolasidan impuls tez-tez kelib turgapidan muskullarning shu tariqa qisqarishi tetanik qisqarishi, ya’ni tetanus deb ataladi.

Muskullarning ishi va kuchi uzunligiga bog‘liq. Muskul kuchi shu muskul tolalari yig‘indisining ko‘ndalang kesigi diametriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Boshqacha aytganda, muskul ko‘ndalang kesigining diametri qancha katta bo‘lsa, muskul shuncha kuchli bo‘ladi. Muskul ishi yuk og‘irligi yetarli bo‘lganda juda yukrri bo‘ladi, yuk me’yoridan og‘irlashganda esa muskulning ish qobiliyati pasayib ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanib turilganda muskul tolalarining yo‘g‘onligi va kuchi orta boradi. 8-9 yoshda muskul kuchi ancha tez ortadi. 9 yoshdan 12 yoshgacha bir qadar sekinlashadi. O‘smirlarda balog‘atga yetish davrida muskullar kuchi tez ortadi va turlicha rivojlanadi. 5-6 yoshda yelka va bilak muskullari, 6-7 yoshda panja muskullari, 9 yoshdan boshlab boshqa barcha muskullar kuchi ortib boradi. Muskullar kuchining ortib borishi mashq qilishta, jinsga bog‘liq. Qizlarda muskullar kuchi birmuncha kam bo‘ladi. Mashqlar ta’sirida muskullar massasi ham orta boradi, moddalar almashinuvi, ayrim organlar (yurak, o‘pka, me’da va boshqalar) faoliyati kuchayadi, natijada organizm yaxshi usadi va rivojlanadi.



Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari. Harakat tezligida muskullar qisqarishinipg yashi-rin davri katta ahamiyatga ega. 7-8 yashar bolalarda oddiy harakat refleksining yashirin davri 11-12 yashar bolalardagiga nisbatan yuqori. Bola jinsiy balogatga, ya’ni 14-15 yoshga yetganda muskullar chidamliligi kamaya-di, harakat aktivligi esa 35% ortadi. Qizlar bir kecha-kunduzda o‘g‘il bolalarga qaraganda kam harakat qiladi.

Bahor, kuz oylariga qaraganda qishda aktivlik 30-45% kamayadi. Bola maktabga borganda harakat aktivligi ikki marta kamayadi. Shuning uchun ham tashkiliy ravishda bolalarni albatta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantirish zarur. Jismoniy tarbiya darelari bir kunlik harakat aktivligini 11% qondiradi, xolos. Fizkultura minutlari 1-2 sinf o‘quvchilarida darsning 15-17 minutida, III-IX sinflarda 20 minu-tida o‘tkazilsa yaxshi bo‘ladi. Uyda dars tayyorlaganda har 30–40 minutda fizkultura qilish kerak. 1-2 sinfda uchinchi darsdan keyin harakatli o‘yinlar o‘ynagan ma’qul.

Qo‘l panjasi muskullari oyoq muskullariga qaraganda vaqtliroq rivojlanadi. 8 yoshda qo‘l panjasi muskullari juda tez harakatlarni bajara boshlaydi. Bo‘g‘imlarda muskul harakatlari tezligi 12-13 yoshdan ortadi. Muskul harakatlari tezligining ortib borishi nerv sistemasining labilligiga, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari almashinishning o‘zaro aloqadorligiga va nerv jarayonlarining harakatchanligiga bog‘liq. Tolalari uzun parallel bo‘lgan muskullar patsimon va yelpig‘ichsimon muskullarga nisbatan uyg‘unlashgan nozik harakatlar qiladi va tezroq qisqaradi. 7-8 yashar bolalarda muskullar qisqa muddat ichida nozik harakatlarni chaqqon bajara olmaydi. Chaqqonlik bolada asta-sekin hosil bo‘ladi va yosh kattalashishi bilan ortib boradi. Aniq, uyg‘unlashgan nozik harakatlar qilish ko‘nikma hosil bo‘lishiga bog‘liq. Jismoniy mashqlar harakat tezligi va chaqkrnlikni orttiruvchi omillardan hisoblanadi. Jismoniy mashq bilan shug‘ullangan odamlarda deyarli barcha guruhdagi muskullarning harakat tezligi yuqori darajada bo‘ladi. 20–30 yoshlarda muskullar qisqarishining yashirip davri juda qisqaradi. 30 yoshdan so‘ng uzayadi va harakat tezligi kamayadi.

Chapaqay bolalarda chap tomondagi muskullar tezkorligi o‘ng tomondagilarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha harakat sur’ati 1,5 marta ortadi.

Bolalarda chaqqonlik rivojlanishining 3 bosqichi kuzatiladi. Birinchi bosqichi harakatlarning fazoda aniq bo‘lishi, ikkinchisi turli vaqtlarda bajarilgan harakatlarniig aniqligi va uchiichisi harakat davomida tasodifiy harakatlarga javob tezligi bilan ifodalanadi.

Qo‘llar harakatidagi aniqlik va chaqqonlik, qo‘llarning kichik burchak hosil qilib harakatlanishi yosh sayin ortib boradi. Chidamlilik ma’lum guruh muskullar ish qobiliyatining uzoqroq saqlanib turish, ya’ni charchashga qarshilik ko‘rsatish xususiyatidan iborat. Chidamlilik ichki organlar, ayniqsa yurak-qon tomir va nafas olish sistemalari xususiyatiga bog‘liq. Organizmning chidamliligi bajariladigan ishping tabiatiga va jadalligiga qarab o‘zgarib turadi. Ish qanchalik tez bajarilsa, chidamlilik shuncha kam bo‘ladi. Ish jadalligi ikki marta ortganda chidamlilik 100 martagacha kamayishi mumkin.

Yosh ulg‘aygan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda bo‘lmaydi. 8-10 yashar qiz va o‘g‘il bola larning chidamliligi bir xil bo‘ladi. 12-15yoshda ayniqsa o‘g‘il bolalarda ortadi. 14 yashar bolalarning chidamliligi katta odamnikiga nisbatan 70% ni, 16 yoshda 80% ni tashkil etadi.

Shunday qilib, bolalarda 8 yoshdan 11-12 yoshgacha yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik, chidamlilik) rivojlanishda davom etadi. 12 yoshdan 16 yoshgacha tik turish va yurishni ta’miplovchi skelet muskullari ancha tez rivojlanadi. 14–16 yoshda muskullar bilan birga bo‘g‘im, bog‘lam apparati rivojlanib boradi.



Muskullarning charchashi. Charchash deb, alohida organ yoki butun organizm yohud to‘qimaning faoliyatidan so‘ng ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga aytiladi. Dam olishdan so‘ng charchoqlik bosiladi. Bir guruh muskullarning charchashi ergografda tekshiriladi.

Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Muskul charchaganda uning qisqarishidagi latent davr uzayadi, kuchi susayadi, ta’sirga javob reaksiyasi tszligi pasayadi, organizmning chidamliligi kamayadi. Bola qancha yosh bo‘lsa, shuncha tez charchaydi, ayniqsa bir turli muskullar tez charchab qoladi. Bolalar harakatsiz turganda tezroq charchaydi. Mehnat qobiliyatining uzoq saqlanishida va charchoqlikning boshlanishida markaziy nerv sistemasi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Adinomiya, ya’ni kamharakatlik va muskullarning kam harakatlanishi ichki organlariing rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi. 6-7 yashar bolalar aniqlikni talab qiladigan va qarshilikni yengadigan harakatlar qilmaganidan charchamaganga o‘xshaydi. 7-8 yashar bolalarning mayda muskullari yetarlicha uyg‘un qisqarmaydi, aniq, mayda, nozik harakatlarni juda qiyinlik bilan bajaradi, binobarin, yozish, rasm chizishda, nina bilan ishlashda darrov charchab qoladi. Bunday bolalar katta odamga nisbatan ko‘p harakat qiladi, lekin kam energiya sarflaydi. 7-12 yashar bolalar ham harakatlari uyg‘unlashmaganidan tez charchaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar ko‘pi bilan 40-45 minut jismoniy mashq qilishi kerak. 11-12 yashar bolalar endi jismoniy kuch va chidamlilikni talab qiluvchi harakatlarni bajara boshlaydi. 14 yashar bolalarning nerv sistemasi va harakat apparati organlari hali yetarli rivojlanmagan bo‘ladi, shu tufayli katta odamga nisbatan 2,5 marta, 16 yashar bolalar 2 marta tez charchaydi.

Turli xil jismoniy mashg‘ulotlarii olib borishda, maktab oldi uchastkasi va ishlab chiqarish praktikasida yuqoridagilarni hisobga olish zarur. Shuning uchun bolalar gimnastika bilan shug‘ullanganda, mehnat qilganda tez-tez dam berish, ish sur’ati va turiii va bola o‘z holatini o‘zgartirib turishi kerak.

Skeletning xarakat funksiyasi muskullar qisqarishi tufayli vujudga keladi. Odam organizmida 600 yaqin muskullar bor. Skelet muskullarining qisqarishi odamning ixtiyoriga bog‘liq. Skelet muskullari qisqarganda muskullardagi retseptorlardan markazga intiluvchi impul’slar markaziy nerv sistemasiga keladi. Natijada skelet muskullarining koordinatiyalashgan xarakati vujudga keladi. Organizmdagi barcha muskullar ikki turga: silliq va ko‘ndalang targ‘il muskullarga bo‘linadi.

Ko‘ndalang targ‘il qisqarishi. Skeletni qoplab turgan muskullarning ko‘ndalang targil muskullar deb ataladi. Ularga qo‘l, oyoq, gavda, nafas olish muskullari kiradi. Ular tez qisqaradi. Organizmdagi muskullarning qisqaruvchi qismi tanasi va passiv qismi – paylari bor. Skelet muskullari shakliga qarab uzun, kalta, serbar bo‘ladi. Uzun muskullar duk shaklida bo‘lib, qo‘l va oyoqda joylashgan. Skelet muskullari organizmda ma’lum shakl berib turadi.

Skelet muskullari nerv tolasidan kelayotgan qo‘zg‘alish impul’si qisqarish bilan javob beradi. Muskulga bitta qisqarish kelsa yakka qisqarish ro‘y beradi. Organizmdagi muskullarning qisqarishi yakka qisqarishlar yig‘indisidan asbob yozib olishi mumkin. Muskullarga markaziy nerv sistemasidan doimo impul’slar uzoq qisqarib turadi. Muskullar bu impul’slarga uzoq qisqarib muskulning shu tetonik qisqarish yoki tetanus deb ataladi. Tetanus ikki xil bo‘ladi: tishchali va silliq tetanus.

Muskulning ishi kilogramometrlar bilan o‘lchanadi, ya’ni yuqoriga ko‘tarilgan yuk og‘irligini, ko‘tarilish balandligi ko‘paytmasi bilan o‘lchanadi. Muskullar statik va dinamik ish bajaradi. Muskullarning uzoq vaqt qisqarmasdan tura olishi statik ish hisoblanadi. Dinamik ishda muskullar yuk ko‘taradi. Statik holatga tik turish kiradi. Muskullar statik ishda dinamik ishga nisbatan kam ish sarflaydi. Dinamik ishda ko‘p energiya sarf bo‘ladi, modda almashinuvi ortadi. Dinamik ishda muskullar kamroq charchaydi. Statak ishda muskulga qon kelishi kamayadi, ovqatlanish susayadi. Muskullarni ish qobilyatini o‘lchash uchun ergograf asbobi qo‘llaniladi. Bolaning 6-7 yoshidan boshlab muskulning kuchi orta boradi, 8-9 yoshda muskul kuchining ortishi ancha tez bo‘ladi. Muskullar ish vaqtida yoki statik hollarda uzoq muddat qisqarib turishi yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Bolaning yoshi qancha kichik bo‘lsa, u shuncha tez va oson charchaydi, ayniqsa, bir turli muskul faoliyatida, harakatsiz holatda kattalarga nisbatan tez charchaydi. Muskullar charchashining boshlanishida markaziy nerv sistemasining hal qiluvchi rol o‘ynashini Sechanov I.M., Pavlov., Vvedenskiy N.E. va A.A. Uxtomskiylar o‘z tekshirish ishlarida ko‘rsatib berdilar. 7-8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mayda muskullarni qisqarishining koordinatsiyasi yetarli bo‘lmaganligi sababli ular aniq, mayda va nozik harakatlarni juda qiyinlik Bilan amalga oshiradilar. Shuning uchun ular tez charchaydilar. 7-12 yoshli bolalarda harakatlarning koordinatsiyalashmaganligi tufayli tez charchash vujudga keladi. Shuning uchun jismoniy tarbiya 40-45 minutdan ortmasligi kerak. 7-8 yoshli bolalar katta odamga nisbatan ko‘p mayda harakatlarni bajaradilar, lekin kam energiya sarf qiladilar. 14 yoshli bolalarda nerv sistemasi va harakat apparati yetarli rivojlanmaganligi tufayli katta odamga nisbatan 2:5 marta, 16 yoshda 2 marta ortiq charchash vujudga keladi. Bu ma’lumotlar turli xil jismoniy mashg‘ulotlarni olib borishda, maktab oldi yer uchastkasida, ishlab chiqarishda e’tiborga olinishi kerak.

Jismoniy mexnat davrida ish xolatini, tempini, pozasini o‘zgartirish, tez-tez dam berish, ijobiy emotsional xolatini vujudga keltirish kerak. 7-8 yoshli bolalarda muskularning aniq, noziq xaraqatlarni bajarish qobilyatiga ega bo‘lgan chaqqonlik bo‘lmaydi. Bunday chaqqonlik asta – sekin paydo bo‘ladi. Jismoniy mashqlar xarakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi omillardan biri hisoblanadi. 30 yoshdan so‘ng muskullar qisqarishining yashirin davri uzayadi, xarakat tezligi kamayadi. Chapaqay bolalarda chap tomondagi gruppa muskullarni maksimal chastotasi o‘ng tomondagi shunday gruppa muskullarga qaraganda yuqori bo‘ladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha xarakat tempi 1,5 martaga ortadi. O‘smirlarda balog‘atga yetish davrida muskullarning kuchi tez ortadi. Bolaning 6-7 yoshida yozuvchi muskullar kuchi bukuvchi muskullar kuchiga nisbatan ortiq bo‘ladi. Bunga sabab o‘ng qo‘l ko‘p qon bilan ta’minlanadi. 8 – 10 yoshda o‘g‘il bolalar o‘ng qo‘lining kuchi qiz bolalardan 1-3kg. ortiq, 13 yoshda 7 kg., 16 yoshda 15 kg., 19 yoshda 17,5 kg., 22 yoshda 18 kg teng. Chidamlilik ma’lum gruppa muskullarni ish qobilyatini uzoqroq saqlash, o‘ziga xoslilik bilan xarakterlanadi. Yosh ortgan sayin dinamik ishga chidamlilik ortib boradi. Chidamlilik 12 – 15 yoshda o‘g‘il bolalarda ancha ortadi.



Tayanch xarakat apparatining gigienasi. Bolalarning o‘quv va mexnat faoliyatini tashkil etishda o‘quv va mexnat sharoitlarining gigienaga to‘g‘ri kelmasligi, sinf jixozlarining maqsadga muvofiq bo‘lmasligi, portfelini doim bir qo‘lda olib yurishi, uydagi turmushni uyushtirishda ish o‘rnining gigienik jihatdan to‘g‘ri kelmasligi, o‘rin – ko‘rpaning xaddan tashqari yumshoq va notekis bo‘lishi umurtqa pog‘onasining rivojlanish xususiyatlariga yetarlicha baho bermaslik tayanch – xarakat apparatining noto‘g‘ri o‘sib – rivojlanishiga olib keladi. Tayanch – xarakat apparatining gigienik qonunlarga rioya qilmasliq umurtqa pog‘onasining rivojlanishiga, ya’ni qad – qomatning buzilishiga olib keladi. Bularga egilgan, kifotik, lordotik, skoliotik qad – qomat deyiladi.

Egilgan qad-qomat bolalar tik turganda boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko‘krak qafasi botiqroq, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi.

Kifotik qad-qomatli bolalarda kuraklar qanotga o‘xshash ko‘tarilib turadi. Bukir holat yuzaga keladi.

Lordotik qad-qomatli kishilarda gavdasining orqa qismi tekis, ko‘krak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan bo‘ladi, umurtqa pog‘onasining bel qismi normadan ko‘proq oldinga buqilishi kuzatiladi.

Skolioz deb ataluvchi qad-qomatli bolalarda tik turganda yelkalarining biri past, biri baland, ko‘kraklari ham past, baland bo‘lib, ko‘krak qafasining bir tomoni bo‘rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda bo‘ladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko‘rinishni emas, balki ichki organlar (o‘pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bolalarda umurtqa pog‘onasining normal shakllanishi uchun quyidagi gigienik qoidalarga amal qilish kerak; bolani yoshlikdan tekis va bir oz qattiqroq to‘shakda uxlashga o‘rgatish, yostiq pastroq bo‘lishi kerak; bolani 6 oylik bo‘lguncha o‘tkazmaslik, 10 oylik bo‘lguncha oyog‘ida uzoq vaqt tik turg‘azmaslik kerak; kichik yoshdagi bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uzoq vaqt bir joyda o‘tirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, og‘ir yuk ko‘tarmasligi, doim bir qo‘lda ish bajarmasligi kerak; O‘quvchilar bo‘ylariga mos parta, stol-stullarda o‘tirishi kerak, parta, stol-stulda o‘tirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul yoki parta suyanchig‘iga suyanib turishi, oyoqlari tizza bug‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib, bukilgan, ko‘krak bilan parta qirrasi orasida 3-5 sm. ga yaqin masofa bo‘lishi kerak.



Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, Og‘ir yuk ko‘targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chikadi. Yassioyoqlik natijasida oyog‘ining tovon- panja va boldir muskullarida og‘riq bo‘ladi. Yassioyoqlik tug‘ma va xayotda orttirilgan bo‘ladi. Yassioyoqlikning tug‘ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari kuyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg‘izish, uzoq vaqt tik turg‘izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal kiygizish, o‘quvchilarning kun bo‘yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og‘ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak.

Sinf jixozlariga qo‘yiladigan gigienik talablar. Ta’lim-tarbiyaning, mehnat ta’limining samarali bo‘lishida sinf xonalari, labaratoriyaning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo‘yi, yoshi, tana proporsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi partadir. Parta bir yoki ikki o‘rinli bo‘lib, har birining suyanchig‘i, o‘tirg‘ichi va yozuv stoli kabi qismlari bo‘ladi. Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egriligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig‘i gorizontal bo‘yicha kursi suyanchig‘igacha bo‘lgan masofa o‘quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm. masofa qolishi kerak. Masofa musbat, manfiy va nol bo‘lishi mumkin. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa, o‘quvchi bukilib o‘tiradi, kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti o‘tirg‘ichdan 3-5 sm. o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15 -20° qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko‘rishni yengillashtiradi. O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. Bo‘yi eng past bola 110 sm., novchasi 179-180sm. bo‘ladi. Barcha o‘quvchilar 7 ta bo‘y guruhiga bo‘linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha A.F.Listov bolani bo‘yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulan tavsiya qiladi, ya’ni bola buyining oldingi raqami o‘nligidan 5 ni ayirsa, shu bola o‘tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning buyi 148 sm., 14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi. Demak, 148 sm. bo‘yli bola 9 nomerli partada o‘tirishi kerak. Xozirgi vaqtda ko‘p maktablarda yangi nomerli partalar ko‘llaniladi. Bular A, B, V, G, D deb belgilanadi. Xar bir partaning suyanchig‘ida shu partada o‘tirishi mumkin bo‘lgan bolaning bo‘yi, parta nomeri yoki rangli shartli belgi ko‘yilgan bo‘ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli belgisi sariq, B-qizil, V-ko‘k, G- yashil va D-oq rang bo‘ladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsenti 35% dan 50% gacha bo‘lgan ranglarda bo‘yash tavsiya etiladi. Parta, stol, stullar och kul rang, och yashil yoki boshqa ochroq rangga bo‘yash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldinga, balandlari orqaga qo‘yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm., ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60 sm., oxirgi parta bilan devor orasidagi masofa 50 sm., oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m. qilib joylashtiriladi. O‘quvchilarni partaga o‘tkazishda bo‘yidan tashqari sog‘lig‘i, ko‘rish, va eshitish organlarining xususiyatlari ham e’tiborga olinadi. Yaqindan ko‘radigan bola, garchi bo‘yi baland bo‘lsa ham oldingi partaga o‘tkazilishi kerak. Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo‘lishi kerak. Uning o‘lchami sinf satxiga bog‘liq bo‘lib, uzunligi 175 sm. dan 300-350 sm. gacha, eni 110-120 sm. bo‘lishi kerak. Boshlang‘ich sinflarda sinf doskasi pol sathidan 85 sm, yuqori sinflarda 90 sm. baland o‘rnatiladi. Doska jigar rang, tuk yashil rangga bo‘yaladi. Doskada bo‘r, latta qo‘yish uchun tarnovcha bo‘lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga lyuminessentlampa o‘rnatiladi. O‘qituvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o‘rtadagi parta oldiga ko‘yiladi.

Ta’lim-tarbiyaning, mehnat ta’limining samarali bo‘lishida sinf xonalari va laboratoriyalarning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo‘yi, yoshi va tana proporsiyalari, fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Sinf xonasining asosiy mebeli parta. Partalarni o‘quvchilarga moslab tanlash, ularni partaga to‘g‘ri o‘tqazish, ular qad-qomatining shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Parta bir va ikki o‘rinli qilib yasaladi. Har bir partaning suyanchig‘i, o‘tirg‘ichi, masofasi va differensiyasi, yozuv stoli qismlari bo‘ladi. Partaning suyanchig‘i bola bel-dumg‘aza qismining qo‘shimcha tayanishini ta’minlaydi. Suyanchiq bola umurtqa pog‘onasining bel egriligiga mos kelishi kerak.

Bola partaga to‘g‘ri o‘tirganda, parta qirg‘og‘i bilan ko‘kragi orasida 3-5 sm masofa krlishi kerak. Suyanchiq oralig‘i-gorizontal bo‘yicha kursi suyanchig‘igacha bo‘lgan masofa o‘quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm ortiq bo‘lishi kerak. Masofa musbat, manfii, nul bo‘lishi mumkin. Suyanchiq oralig‘i oshib ketsa, o‘quvchi ishlayotganda kursi suyanchig‘iga tayana olmaydi va bukilib o‘tiradi. Suyanchiq oralig‘i kamayib ketsa, sikilib qoladi. Partaning oldingi cheti o‘tirg‘ichdan 3-5 sm o‘tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli (qirg‘og‘i) 15-25° qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko‘rishni yengillashtiradi, kitob biroz qiya qilib qo‘yilganda pastki qator bilan yuqori qatorda ko‘z bilan kitob orasidagi masofa bir xil bo‘ladi. Kitob gorizontal qo‘yilsa, o‘qilganda ko‘z moslashnshi bir necha marta o‘zgaradi.

O‘quvchilarni partaga o‘tqazishda bo‘yini parta raqamiga moslash zarur. Bo‘yi eng past bola 90 sm, novchasi 179-180 sm bo‘ladi. Barcha o‘quvchilar 7 ta bo‘y guruhiga bo‘linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha bo‘ladi. A.F.Listov bolaning bo‘yiga qarab parta nomerini apiqlash uchun quyidagi formulaii tavsiya qiladi, ya’ni bola bo‘ynining oldingi raqami o‘pligidan 5 ni ayrilsa, shu bola o‘tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo‘yi 148 sm, 14 dai 5 ni ayirib tashlaymiz; unda 9 qoladi. Demak, 148 sm bo‘yli bola 9-partada o‘tirishi ksrak.

Partaning nomerini aniklash uchun uning o‘quvchi tomoniga qaratilgan qismi va o‘tirg‘ichi balandligini, o‘t-irg‘ich kengligini o‘lchash hamda 5- jadvaldan bilish mumkin.

Har bir maktabda turli xil nomerdagi partalar starlicha bo‘lishi kerak. Un yillik maktablarda taxmi-nan 6-nomerli partadan 2%, 7-nomerlidan 19%, 8-nomerlidan 20%, 9-nomerlidan 22%, 10-nomerlidan 11%, 12-nomsrlidap 6% bo‘lishi kerak. Sinfga partalar 3 qa-tor qilib, pastlari oldinga, balandroqlari opi^ara qo‘yiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm; ichki devor bilan parta qatori orasidagi masofa 60 sm, oxirgi partalar bilan devor orasidagi masofa 50 sm, oxirgi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m qilib joylashtiriladi. Uquvchilarni partaga o‘tqazishda bo‘yidan tashqari sog‘lig‘i, ko‘rish, eshitish organlarining xususiyatlari ham e’tiborga olipadi. Yaqindan ko‘radigan bola, garchi bo‘yi baland bo‘lsa ham, oldingi partaga o‘tqazilishi kerak. O‘quv yili davomida deraza yonida o‘tiradigan o‘quvchilar joyi 2-3 marta almashtiriladi. Bu doimo bir tomonga qarab doskadan ko‘chirish yokn ko‘rgazmali qurollarpi ko‘rishning oldini oladi.


Partaning asosiy o‘lchamlari, mm

Partaning nomeri

O‘quvchining bo‘yi

Kursi o‘lchamlari

Stol o‘lchamlari

O‘tirg‘ichning poldan balandligi

O‘tirg‘ichning chuqurligi

O‘tirg‘ichning uzunligi

Suyanchiq pastki chetining o‘tirg‘ichdan balandligi

Parta qopqog‘i orqa chetining poldan balandligi

Parta qopqog‘ining umumiy kengligi

Ikki o‘rinli parta qopqog‘ining uzunligi

1

100–119

320

270

870

PO

520

500

1200–1100

2

120–129

350

270

870

130

570

500

1200–1100

3

130–139

380

270

870

130

620

500

1200–1100

4

140–149

410

310

960

150

670

500

1200

5

150–159

440

310

960

150

720

500

1200

6

160–169

470

350

1000

170

770

500

1200

7

170–179

470

350

1000

170

790

500

1200

Bola partada to‘g‘ri, boshini oldinga bir oz egib o‘tirishi, bel sohasi parta suyanchig‘iga tsgib, tizza bo‘g‘imidan 100-110° ga bukilib turishi kerak.

Hozir maktablarda o‘qitish kabinet sistemasiga ko‘chirilganligi munosabati bilan laboratoriyalar, kabinetlpr zaruriy stol va stullar bilan ta’miilangan. Stollar doimiy o‘lchamli va universal balandligi o‘zgaradigan bo‘lishi mumkin. Quyidagi jadvalda o‘quvchilar stoli va stuliping zaruriy o‘lchamlari keltirilgan.

Hozirgi vaqtda o‘rta maktab o‘quvchilariiing bo‘yiga moslab mebellarning yangi namunalari: parta ishlab chiqariladi.

Sinf partalari va stol, stullarpi akslanish koeffitsienti 35% dan 50% gacha bo‘lgan ranglarda bo‘yash tavsiya etiladi. Parta, stollar och kulrang, daraxt rangi yoki boshqa ochroq rangga bo‘yaladi. Oq yoki qora rangga bo‘yash tavsiya etilmaydi. Laboratoriyadagi stollarga gaz, elektr toki, vodoprovod keltirilishi kerak.

Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo‘lishi kerak. Uning o‘lchami sinf sathiga bog‘liq bo‘-lib, uzunligi 175 sm dan 300-350 sm gacha, eni 90- 120 sm bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda sinf dos-kasi pol sathidan 85 sm, yukrri sinflarda 90 sm baland o‘rnatiladi. Doska jigar rang, to‘q yashil rangga bo‘yaladi. Doskada bor, latta qo‘yish uchun tarnovcha bo‘lishi kerak. Doska yaxshi yoritilishi uchun tepasiga lyuminessent lampa o‘rnatiladi. Uqituvchiping ish stoli va stuli birinchi parta yoki o‘rtadagi parta oldiga qo‘yiladi.


O‘quvchilar stollarining o‘lchami, mm

O‘lchamlarn

Stollar nomeri

6

7

8

9

10

11

12

Qopqog‘i orqa chstining poldan

balandligi

520

570

620

670

720

770

790

Ikki o‘rinli stolning chetki ta

yanchlari (oyoqlari) orasidagi masofa

900

9000

900

1000

1000

1000

1000

Ikki o‘riili stol qopqog‘ining

uzunligi

1100-1200

1100-1200

1100-1200

1200

1200

1200

1200

Qopqog‘ining kengligi

500

5000

500

500

500

500

500

Oyoq qo‘ygichning (osma zinapoya)

kengligi

80

80

80

80

80

80

80

Oyoq qo‘ygichning poldan baland-

ligi (o‘rta chiziq bo‘yicha)

110

110

110

110

110

110

110

Qiyalik burchagi (graduslarda)

20-25

22-25

20-25

20-25

20-25

20-25

20-25

Poldan tokchaiing pastki sathigacha bo‘lgan masofa

380

430

480

530

580

630

650

Qopqoqning orqa chetidan tokchagacha bo‘lgan masofa

220

220

220

220

220

220

220

O‘quvchilar stulining o‘lchamlari, mm




O‘lchamlar

Stul raqami

6

7

8

9

10

11

12

O‘tirg‘ichning poldan balandligi

320

350

380

410

440

470

470

Oldingi cheti bo‘yicha o‘tirg‘ichning kengligi

320

320

320

380

360

400

400

O‘tirg‘ichning chuqurligi

320

320

320

340

340

380

380

Suyanchiq pastki chetining o‘tirg‘ichdan balandligi

110

130

130

150

150

170

170

Suyanchiqning balandligi

180

180

180

180

180

180

180

O‘tirg‘ichning oldingi chetidan suyanchiqning ko‘proq turtib chiqqanqismigacha bo‘lgan masofa

260

260

260

300

300

340

340

Sog‘liq tizimidagi ijtimoiy-iqtisodiy gradientlar shu faktni ko‘rsatadiki, sog‘liq tizimidagi tengsizlik muammosi nafaqat ushbu muammodan aziyat chekib jabr korganlar, balki jamiyatga tegishli bolgan har bir shahsning vazifasidir. Sog‘liqni saqlash borasidagi ijtimoiy-iqtisodiy gradientning sistematik xarakteri yana shuni ko‘rsatadiki, sogliq borasidagi tengsizlik adolatsizlikning nishonasidir. Bu esa, ayniqsa hayot davomida ijtimoiy-iqtisodiy jamiyatning rivojiga hissa qoshuvchi yoshlar va bolalarga nisbat sogliq borasidagi tengsizlik haqida gap ketganda yaqqol ko‘rinadi.

Shu boisdan, bolalar va yoshlar borasidagi sogliqqa qaratilgan e’tiborni hisobga olgan holda yuqori qatlamlar va davlat hukumati ushbu sohada adolatsizlikning oldini olish uchun bir qancha muhim chora tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Hukumat shuni hisobga olishi kerakki, bolalar va yoshlarga nisbatan yomon holdagi salomatlik chora tadbirlariga ajratilgan investitsiyalar ijtimoiy va iqtisodiy orqa ketishni taminlashi mumkin. Bolalar va yoshlarga qaratilgan etiborsizlik, hususan ota-onalarning bolalar salomatligini takomillashtitish uchun emas, aksincha bu borasida loqaydliklarga yol qoyishi aksincha natijani olib keladi va uzoq ko‘zlangan rejadagi ijtimoiy va iqtisodiy muammo va chekinishlarga olib kelishi mumkin.

Asosiy adabiyotlar:

1. Rajamurodov Z.T., Rajabov A.L. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Tib. Kitob. 2010 y ( INV-U-7127 )

2. Nuriddinov.E.N. “Odam fiziologiyasi” T. “A’loqachi” 2005 y. (INV-U-6385)

3. Almatov K.T., Allamuratov.SH.I. “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” T. Universitet. 2004 y. ( INV-U-6216)

4. Ahmedov.A. “Odam Anatomiyasi” T. “Iqtisod moliya” 2007 y. (INV-U-6623)

5. R.Boxodirov “Odam anatomiyasi” T. “O‘zbekiston”, 2006 y (INV-6403)

6. Sodiqov.Q., Aripova. S.X., Shaxmurova.G.A. “Yosh fiziologiyasi va gigienasi”. Yangi asr avlodi. 2009y. (INV-6961)

Qo‘shimcha adabiyotlar

1. Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - “An Introduction to Structure and Function” ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www. bestmedbook. com/20042. The Right Start to a Healthy Life, Edited by Ingrid Stegeman and Caroline, Costongs EuroHealthNet, Rue de la Loi 67, 1040 Brussels, Belgium, 2012.



Aim.uz


Download 153 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish