Muskullar va ularning funksiyasi



Download 18.28 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi18.28 Kb.
Muskullar va ularning funksiyasi

Muskullarning turlari. Ya'ni ichki organlar va qon tomirlari devorini tashkil etuvchi silliq muskullar, o'ziga xos tuzilishga ega bo'lgan ko'ndalang yo'lli yurak muskullari va ko'ndalang yo'lIi skelet muskullari. Mazkur mav¬zuda tayanch-harakatlanish sistemasining tarkibiy qismi bo'lgan ko'ndalang yo'lIi skelet muskullari va ularning funksiyasi haqida


11-rasm, a. Odam tanasi skelet muskullarining oldindan ko'rinishi:

1- peshona muskuli; 2¬ko'zning aylana muskuli;

3¬og'izning aylana muskuli; 4¬chakka muskuli;

5- chaynov muskuli;6- to'sh-o'mrov¬so'rg'ichsimon muskul;

7¬ deltasimon muskul; 8¬ko'krakning katta muskuli;

9¬yelka muskuli; 10- qorinningtashqi qiyshiq muskuli;

11¬oyog panjasini yozuvchi u

zun muskul; 12- sonning to'g'ri muskuli;

13- tikuvchi muskul; 14- qorinning ichki qiyshiq muskuli;

15- qo'l panjasini bu¬kuvchi bilak muskuli; 16¬qorinning to'g'ri muskuli;

17¬elkaning ikki boshli muskuli; 18- qovurg'alararo muskullar.

11-rasm, b. Odam tanasi skelet muskullariDiDg orqadan
ko'rinishi.
1- rombsimon muskul;


2¬umurtqa pog'onasini yozuvchi muskul;

3- orqaning tishsimon muskuli;

4-dumbaning kichik muskuIi; 5 - sonning ikki boshli muskuli;

6- boldiming uch boshli muskuli; 7- Axil! payi; 8- tovon;

9- dumbaning katta muskuli; 10- orqaning semar keng muskuli;

11- panjalami yozuvchi bilak muskuli; 12- yelkaning uch boshli muskuli;

13- trapetsiyasimon muskul.

tushuncha beriladi. Odam tanasi skelet muskullari¬ning oldingi va orqa tomonidan ko'rinishi 11a va 11b- rasmlarda ifoda¬langan. Skelet muskullari tayanch-harakatlanish sis¬temasining faol qismi hisoblanadi. Muskul qis¬qarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo'l-oyoqlari ma'lum, ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko'tarish, ovqatlanish, so'zlash, yozish va hokazo) . Muskullar harakatini nerv sistemasi boshqaradi. Muskullar harakatini ta'¬minlovchi nerv hujayralari motoneyron deb ataladi. Ular harakatlanuvchi nerv hujayralari bo'lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va o'rta miya qismlaridajoy¬lashgan. Miya markazlari¬dagi motoneyronlarning uzun tolalari, ya'ni ak¬sonlari tananing turli qis¬mlaridagi muskul tolalari bilan tutashadi. Bitta nerv hujayrasining uzun o'simtasi bir nechta mayda tolalarga bo'linib, yuzlab muskul tolalari bilan bog'langan. Ana shu bitta nerv hujayrasi uzun o'simtasining mayda tolalari bilan tutashgan.


12-rasm. Skelet muskullarining

shakli.

A- duksimon; B- yarim patsimon; 4 V- ikki tomonlama patsimon; G¬ikki boshli muskul; D- serbar mus¬kul; E- ikki qorinli muskul; J- pa¬rallel tolali uzon muskul; 1- muskul¬niog payi; 2- muskulning bosh qismi; 3- muskulning qorin qismi; 4- mus¬kulning tanasi; 5- muskulning payli



belbog'lari.

yuzlab muskul tolalarining jami nerv-muskul harakat birligi deb ataladi. Muskullar harakatini ta'¬minlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o'rta miyadagi markazlarining funk¬siyasi bosh miya yarim sharlari po'stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari harakatlanish oliy nerv markazlari tomoni¬dan boshqariladi. Agar bosh miya po'stlog'idagi nerv markazla¬rining ishi buzilsa, markaz boshqaradigan muskullar falaji yuzaga keladi. Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo'lgan qo'l-oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yob miyaga qon quyilganda yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda, ular boshqaradigan muskullarda periferik falajlik yuzaga keladi. Bunda ulaming tonusi pasayib, shol bo'lgan qo'l yoki oyoq harakatsizlanib, osilib qoladi. Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo'lib, ular tana massasining o'rtacha 40% ini tashkil etadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug'ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo'lib, ular tan a massasining 50% ini va undan ko'prog'ini tashbl etadi. Skelet muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak, tish¬simon, duksimon, patsimon va yarim patsimon ikki boshli, ikki qorinli, tasmasimon, aylana va hokazo bo'ladi (12- rasm). Uzun muskullar asosan qo'l va oyoqlarda, kalta muskullar qovurg'alar orasida, keng muskullar ko'krakda, qorin devorlarida, aylana muskullar og'iz, ko'z atrofida joylashgan. Har bir muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qismi bo'ladi. Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o'ralgan bo'lib, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya bilan muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan sinovia! suyuqlik bo'ladi.



Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari

Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagi tartibda joylashgan: bosh, bo'yin, gavda, qo'l va oyoq muskullari.

Bosh muskullari bajaradigan ishiga ko'ra, chaynash va mimika muskullariga bo'linadi. Chaynash muskullariga chakka, xususiy chaynash hamda tashqi va ichki qanotsimon muskullar kiradi. Mimika muskullariga ko'zning aylana muskuli, qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, og'izning aylana muskuli, yonoq muskuli, yuqori va pastki lablarning kvadrat muskullari, pastki labning uchburchak muskuli, og'iz burchagida joylashgan kulgu mus¬kuli va burun muskullari kiradi. Mimika muskullari odamning har xil ruhiy holatlarini ifodalashda ishtirok etadi. Vlar, ayniqsa qiziqchilarda yaxshi rivojlangan bo'ladi, chunki ular bu mus¬kullarni maxsus mashq qildiradi. Bu muskullar suyaklarga birikmaydi.

Bo'yin va gavda muskullari. Bo'yin muskullariga bo'yinning teri osti muskuli, to'sh-o'mrov so'rg'ichsimon muskuli, narvonsimon muskullar va til osti suyagi sohasidagi muskullar kirib, ular boshning turli harakatlarini ta'minlaydi. Gavda muskullari joylashishiga qarab ko'krak qafasi, qorin va orqa muskullaridan iborat. Ko'krak qafasi muskullariga ko'krakning katta va kichik mus¬kullari, o'mrov osti muskuli, ko'krak qafasining yon tomonida joylashgan tishsimon muskullar, qovurg'a]araro (tashqi va ichki) muskullar hamda ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i o'rtasida joylashgan diafragma muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish, nafas chiqarishda, qo'llarni harakatlantirishda ishtirok etadi.Qorin muskullariga qorinning tashqi va ichki qiyshiq, to'g'ri, ko'ndalang muskullari, belning kvadratsimon muskuli, oraliq, chov kanali muskullari kiradi. Bu muskullar qorin devorini hosil qilishda, nafas harakatlarida, umurtqa pog'onasini bukishda, qorin bo'shlig'idagi ichki organlar bosimini saqlashda, kuchanish jarayonida ishtirok etadi. Qorin muskullari ayollarda yaxshi rivoj¬langanligi tug'ish jarayoni oson o'tishiga yordam beradi.

Orqa muskullariga trapetsiyasimon, orqaning serbar muskuli, rombsimon, kurakni ko'taruvchi, yuqorigi va pastki tishsimon, umurtqa pog'onasini tiklovchi (yozuvchi) muskullar kiradi. Orqa muskullari umurtqa pog'onasi va kurak suyagi harakatlarini ta'¬minlaydi. Vlar gavdani rostlab turadi.

Qo'l muskullari yelka kamari va qo'l muskullaridan iborat. Yelka kamari muskullariga deltasimon, kurak sohasidagi muskullar kiradi. Qo'! muskullari yelka, bilak va qo'l panjasi sohasidagi muskullarga bo'linadi. Yelkaning oldingi yuzasida yelkaning ikki boshli, orqa qismida uch boshli muskuli bo'lib, ular tirsak bo'g'imida bukish va yozish harakatlarini bajaradi. Bilak sohasidagi muskullar ham bilakning oldingi va orqa qismidagi muskullarga bo'linib, oldingi qismdagilari qisqarganda qo'l panjasi bo'g'imlarida bukilish, orqa qismdagilar qisqarganda esa yozilish harakatlari bajariladi.



Oyoq muskullari tanani tutib turganligi va turli-tuman hara¬katlarni bajarganligi uchun qo'l muskullariga nisbatan kuchli rivojlangan. Ular son, boldir va oyoq panjasi muskullariga bo'li¬nadi. Sonning oldingi sohasida joylashgan to'rt boshli muskul organizmdagi eng yirik, kuchli muskullardan bo'lib, son-chanoq bo'g'imida bukilish, tizza bo'g'imida yozilish harakatini bajaradi. Sonning orqa tomonida sonning ikki boshli, yarim pay, yarim pardasimon muskullari joylashgan. Vlar chanoq bo'g'imini yozishda, tizza bo'g'imini bukishda ishtirok etadi. Boldirning oldingi yuzasida katta boldirning oldingi muskuli, 2-5-barmoqlarni yozuvchi uzun muskul, bosh barmoqni yozuv¬chi uzun muskullar bo'lib, ular oyoq-panja bo'g'imlarida yozish harakatlarini bajaradi. Boldirning orqa yuzasidagi uch boshli, tizza osti, katta boldirning orqa yuzasidagi bosh barmoqni bukuvchi uzun, 2-5-barmoqlarni bukuvchi uzun muskullar, oyoq-panja bo'g'imlarida bukish harakatlarini bajaradi. Boldirning yon tomo¬nida kichik boldirning uzun va kalta muskullari joylashgan.

Mavzu :_____________________________

Bajardi :__________________

Tekshirdi :________________

Toshkent-2010

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa