Birinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasini harakatga kelliruvchi ko'pchilik mushaklar rivojlanadi. Ikkinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining yuqorigi qiyshiq mushagi -m. trochlearis rivojlanadi. Uchinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining lateral to'g'ri mushagi - m. rectus oculi lateralis rivojlanadi. - Birinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasini harakatga kelliruvchi ko'pchilik mushaklar rivojlanadi. Ikkinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining yuqorigi qiyshiq mushagi -m. trochlearis rivojlanadi. Uchinchi quloq oldi miotomidan ko'z soqqasining lateral to'g'ri mushagi - m. rectus oculi lateralis rivojlanadi.
- Birinchi visseral ravoq mandibular ravoq deyilib, quyidagi mushaklar rivojlanadi: chaynov mushaklari va m. mylohyoideus, ikki qorinchali mushak - m. digastricus ning oldingi qorinchasi, nog'ora bo'shlig'idagi nog'ora pardani taranglovchi mushak - m. tensoris thympani, yumshoq tanglayni taranglovchi mushak - m. tensor veli palatini. Ikkinchi visseral ravoq gioid ravog'i deb atalib, bu ravoqdan mimika mushaklari, ikki qorinchali mushak - m. digastricus ning orqa qorinchasi, bo'yindagi teri osti mushagi - m. platisma rivojlanadi. Uchinchi visseral ravoq birinchi jabra ravog'i deb atalib, bu ravoqdan halqumning m. stylopharyngeus mushagi rivojlanadi. To'rtinchi visseral ravoq ikkinchi jabra ravog'i deb atalib, bu ravoqdan halqumning qisuvchi mushaklari rivojlanadi. Beshinchi visseral ravoq uchinchi jabra ravog'i deb atalib, ikkinchi jabra ravog'ining ishtirokida bo'yindagi m. sternocleidomastoideus mushagi va orqadagi m. trapezius mushagining rivojlanishida qatnashadi.
- Umurtqa pog'onasining ikki tarafida joylashgan dorzal miotomlardan faqat orqaning chuqur xususiy mushaklari rivojlanadi. Orqaning yuzaki mushaklari tana, qoi, oyoq, bo'yin sohasining ventral miotomlaridan rivojlanadi. Embrion taraqqiyoti natijasida har bir miotomdan bir nechta mushak taraqqiy etadi. Aksincha, ba'zi mushaklar bir necha miotomning o'zaro birikishidan hosil bo'lishi ham mumkin (qorin mushaklari, ikki qorinchali mushak).
- Taraqqiyot jarayonida o'z joyida qoladigan mushaklar guruhiga xususiy, autaxton mushaklar deyiladi. Orqaning chuqur guruh mushaklari, ko'krak qafasining xususiy mushaklari autaxton mushaklarga misol boia oladi. Ventral miotomlarning taraqqiyot jarayonida qo'l yoki oyoqdan tanaga ko'chib qolgan mushaklarga trunkopetal mushaklar deyiladi. Trunkopetai mushaklarga ko'krak va orqaning xususiy mushaklarini ustki tomondan qoplagan m. pectorales major et minor, m. latis-simus dorsi mushaklari misol bo'la oladi. Ventral miotomlarining taraqqiyoti jarayonida tanadan va kalladan qo'l yoki oyoq mushaklarining harakatini ta'minlashga ko'chgan mushaklarga trunkofugal mushaklar deyiladi. Trunkofugal mushaklarga kalladan ko'chgan m. sternocleidomastoideus, m. trapezius va lanadan ko'chgan m. rhomboideus, m. levator scapulae, m. serratus anterior, m. subclavius, m. omohyoideus mushaklari misol bo'la oladi.
- Skelet muskullarining shakli.
- A— duksimon;
- B— yarim patsimon;
- V— ikki tomonlama patsimon;
- G— ikki boshli muskul;
- D— serbar mus-kul;
- E— ikki qorinli muskul;
- J— parallel tolali uzun muskul;
- 1— muskul-ning payi;
- 2— muskulning bosh qismi;
- 3— muskulning qorin qismi;
- 4— muskulning tanasi;
- 5— muskulning payli belbog'lari.
Do'stlaringiz bilan baham: |