Musiqiy ta’lim” kafedrasi Oʻzbekistonda musiqa pedagogikasining eng qadimgi davrdan islomgacha davrdagi rivojlanish taraqqiyoti



Download 241,96 Kb.
bet8/11
Sana31.12.2021
Hajmi241,96 Kb.
#227934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOBUR KURS ISHI. O’zbekistonda musiqa pedagogika....

Ilk o‘rta asr san’ati.

Tarixdan ma‘lumki, eramizdan oldingi VII asrdayoq ajdodlarimiz g‘zlarining aniq qoida-qonunlariga bo‘ysungan, tuzulma sifatidagi muntazam armiyaga ega bog‘lgan. Turli xil turdagi qog‘shinlardan tuzilgan armiya tarkibida harbiy musiqachilar ham alohida og‘rin egallagan. Plutarxparfiyaliklar armiyasida qozonsimon urma zarbli asboblardan keng foydalanilgani tog‘g‘risida hikoya iladi.



Chunonchi, 53 yil 9- may kunida Krass boshchiligida rimliklar armiyasi parfiyaliklardan qaqshatqich mag‘lubiyat alamini tortadi. Jang oldidan o‘zlarini ruhlantirish va dushmanni vahimaga solish maqsadida parfiyaliklar atrofida mis qo‘ng‘iroqlari ilib qo‘yilgan, teri tortilgan ulkan chertma asboblarini chalib shovqin-suron ko‘targanlar. Bu harbiy usuldagi keyinchalik, Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Amir Temur kabi jahongirlar ham yurishlarida keng foydalanishgan.


Burg‘usimon puflama sozlardan iborat harbiy ansambl

Harbiy harakatlar va marosimlar o‘tkazilishi davrida ba‘zi musiqa asboblari harbiylarning qurol-aslaha, tug‘, bayroq, tamg‘alari qatorida muhim ramziy belgi vazifasini bajargan. Masalan truba puflama sozi harbiy qo‘mondonning alohida ajratish belgisi hisoblansa, idiofon-jom, aerofon-nay kabi musiqa asboblari shohlarning ramziy belgisi sifatida qabul qilingan. Membrafon-ulkan zarbli soz esa lashkarboshilarga topshirilgan. Tabira, charos kabi musiqa asboblari ham qo‘shin tarkibidagi harbiylarning lavozimlarini ajratish va belgilashda xizmat qilgan. Panjikentdan topilgan, burg‘usimon puflama sozlardan iborat harbiy ansambl va uch boshli, uch kog‘zli, olti qo‘lli xudoning bo‘ynidagi burg‘u asbobi, ushbu asbobning harbiy musiqa amaliyotida keng qo‘llanilganidan dalolat beradi. O‘z navbatida burg‘u musiqa asbobi muqaddas hisoblangan. Avestoda yozilishicha, qattiq qish kelib, barcha tirik jonzotlarning qirilib ketishi xafi tug‘ilganda tangri Axura Mazda shoh Jamshidga oltin burg‘u hadya qiladi. Shoh burg‘uga puflanganda yer yorilib, inson va hayvonlar oltin burg‘u sadolari ostida Jamshid qurgan yer ostidagi shaharlarga kiradilar.

Hozirgi Buxoro Navoiy viloyatlari hududlarida Varaxsha Varzonze, Varozun nomi bilan ataluvchi manzilgohlar borligi ham ushbu hududlar insoniyat beshigi, yuksak madaniyat va ma’naviyat o‘chog‘i bo‘lganligni yana bir karra isbotlaydi.




Burg‘a puflayotgan malika tasviri. Varaxsha.

Saroy marosimlarini yuqori sifatda, ko‘tarinkilik kayfiyatida tashkil etish jarayonida ham musiqa san‘atining hamda saroy musiqa san‘atining alohida xususiyatlari koʻzga tashlangan. Saroy musiqa amaliyoti shoh xizmatlaridagi falakiyotshunoslar tomonidan qat‘iy belgilangan qoidalarga amal qilingan holda o‘tkazilgan. Shundan kelib chiqib, haftaning har bir kuni ma’lum bir mashg‘ulotlarni bajarishga ajtatilgan. Masalan: shanba kuni hukmdorlar ko‘pchilik hollarda majlislar chaqirib, mas’ul ishlarni tegishli kishilarga bajarishni tayinlasa, yakshanba kuni mamlakat ichki muammolarini hal qilish haqida bosh qotirib, qonunchilik masalalari bilan shug‘ullangan. Dushanba kuni ovga chiqib, seshanbada chavondozlik, kurash va har xil harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Chorshanba kuni mamlakatning tashqi ishlariga ajratilib, qo‘shni va uzoq davlatlar elchilari qabul qilingan. Nomalar, maktublarga javob xatlari bitilgan. Mamlakat boshqaruv apparati xodimlari, viloyat va shaharlar hokimlari, oqsoqollar, qabila, turli xalq va millat vakillari, urugʻ boshliqlari chorshanba kuni qabul qilinib, davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar hal qilingan. Shuningdek, qurilish masalalari muhokama qilinib, shahar, qo‘rg‘on, mudofaa istehkomlari, karvonsaroylar, sihatgohlar, kog‘priklar, hammom, maktab hamda ibodatxonalar qurilishi boʻyicha fikrlar, takliflar oʻrganilgan. Tegishli kog‘rsatmalar berilib, qarorlar qabul qilingan. Juma hafta kunlarining ―ko‘rki, ―bezagi hisoblanib barcha ishlardan bo‘shagan hukmdorlar turli xil ziyofatlar, tantanalar uyushtirganlar. Hukmdor va atrofidagilarning ma’naviy ozuqa olishi, vaqtixushlik qilishlari maqsadida musiqachilar, koʻzboylovchilar hamda boshqa san‘at turlari vakillari taklif qilinib, koʻngilochar chiqishlar qilishgan.

Shuningdek, ilm ahli, tarix, falsafa, falakiyotshunoslik, musiqa, adabiyot, notiqlik, stilistika, mantiq, matematika, tibbiyot kabi fanlar boʻyicha zamonasining yetakchi fuzalo-yu olimlari bilan suhbatlar va munozara kechalari oʻtkazilgan. Musiqa san‘atiga alohida oʻrin ajratilib, dunyoviy ―farxangiston va diniy ―dabiriston maktablari vakillari chang, vin, barbat, tanbur hamda puflama cholgʻu asboblarini erkin tarzda chalib, diniy hamda qahramonlik mavzularidagi qo‘shiqlar kuylangan. Saroy musiqasi mazmunida ―Yazdon Ofarid, ―Oina Jamshed, ―Xurushi Mugʻon kabi diniy-marosimiy qoʻshiqlar, tirik tabiatni inson bilan uygʻunlikda his qilishga intilish natijasida yuzaga kelgan ―Bogʻi Shirin, ―Romishi jon, ―Mushkuya kabi lirik qoʻshiqlar qahramonlik mavzusidagi ―Surudi pahlavon, ―Surudi Mazandaron, ―Xurosoni kabi qoʻshiqlar oʻz aksini topgan.

Ikki daryo oraligʻi ikki daryo oraligʻida yashagan xalqlar qoʻshiqlari mazmunida, tabiatda hodisalar hamda mavsumiy oʻzgarishlarga munosabat tarzida ―Oroishi Xurshed (Quyosh jamoli), ―Farruxroʻz(Goʻzal kun), ―Sabzai ahor(Bahor koʻklami), ―Guljam kabi qoʻshiqlar ijro etilgan. Qadimgi bayramlar ham turli musiqay janrlar va shakllarning paydo boʻlshida rol oʻynagan.

Axura Mazda tomonidan dunyoni yaratish boshlangan dastlabki kun, hamda afsonaviy shoh Jamshidning taxtga oʻtirish kunlari zardushtiylar tomonidan Navroʻz bayramining nishonlanishida oʻz aksini topadi. Navroʻz bayrami bilan ―Nozi navroʻz, ―Navroʻzi buzurg, ―Navro‘zi Qayqubod, ―Navro‘zi Xaro kabi qoʻshiqlar sarasiga kiradi. Islomgacha davrda ajdodlarimiz musiqa madaniyatining rivojlanishi va taraqqiyot sosoniylar hukmronligi davri (22-651yillar)da yuksak pogʻona va choʻqqilarga koʻtarildi.

Bu davrda koʻplab tarixiy – badiiy, falsafiy, didaktik hamda musiqaga oid asarlar yozilgan. Ular jumlasiga: ―Xusrav Kavatan orizak‖, (Xusrav Kavatan va uning mahrami), ―Traniknoma‖ (qoshiqlar kitobi), ―Ayni Xvarsandix‖ (san‘atning nazariy va amaliy qoidalari) kabi bebaho asarlarni kiritish mumkin. Musiqiy taraqqiyotning choʻqqisi sifatida qoʻshiqchi, sozanda, bastakor hamda yirik musiqa nazariyotchisi, sosoniylar davlati hududlarida yashovchi xalqlar tomonidab yaratilgan musiqa merosini umumlashtirib, ma‘lum tizimga solgan Borbad (585-638y) ijodini misol qilib keltirish mumkin. Borbadning ijodiy merosini mana bir yarim ming yildan bera musiqashunoslar avlodi tafakkurining shakllanishiga ta‘sir koʻrsatib, hayratlanib keltirayotgani sir emas. Ayniqsa, ―Xusrav Sarvod‘, ―Srot-I Xusrav, ―Xusravoni-at kabi musiqiy asarlari keying davr musiqa madaniyatining rivoji uchun poydevor vazifasini bajardi. Borbad qadimgi kosmologik hamda astrologik tassavurlarni oʻz mazmunida jo qilgan mavjudot musiqa materiallarini tizimga solib, xafta, oy va yil kunlari uchun davriy yangilanib turadigan maxsus qoʻshiqlar taqvimini yaratdi. Bu taqvim yettita ―shoh qoʻshiqlari, hamda 30 va 360 ta qoʻshiqlari guruhlarini oʻz ichiga olgan. VII-asrga kelib arablarning Markaziy Osiyoga qilgan harbiy yurishlari ta‘sirida ulkan hududlarning bosib olinishi hamda ushbu hududlarda islom dinining yoyilishi natijasida xalqimizning islomgacha davri musiqa san‘ati bosqichi nihoyasiga yetdi.

Oʻrta Osiyo (eramizdan oldingi IV asrdan eramizning III asrgacha) Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga, keyinchalik esa Grek-baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan edi. Oʻrta Osiyo tarixida antik deb nomlangan bu davr madaniyatda aks ettirilgan. Grek musiqa asboblarining tasviri saqlanib qolgan. Masalan, Ayritom frizida qo‘sh avlosni uchratish mumkin.

Qadimgi Oʻrta Osiyodagi antik madaniyatning ko‘pgina musiqa asboblarida (nay, ud, doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko‘rsatib byerdilar. Mahalliy an‘analarning yunon, hind va boshqa an‘analar bilan chatishib kyetishi sozlarda ham aks etgani o‘sha davr madaniyatining o‘ziga xos xarakterda bo‘lganini nazarda tutadi. Garchi Gretsiyaning Oʻrta Osiyo musiqa madaniyatiga ta‘sirini o‘rta asrdagi o‘rta osiyolik olimlarning musiqaga oid risolalarida uchratish mumkin bo‘lsa ham, vaqtlar o‘tishi bilan bu ta‘sir yo‘qola bordi.

Kichik terrakotiv haykaltaroshlik Oʻrta Osiyo antik madaniyatining yorqin yodgorligi hisoblanadi. Afrosiyob (qadimgi Samarqand shahrining o‘rni)dan topilgan ko‘pgina haykalchalarda aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasvirlangan. Ko‘plab topilgan haykalchalar musiqaning sug‘dlar va ularning poytaxti bo‘lgan Samarqand hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida guvohlik byeradi.


Download 241,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish