Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir



Download 114,17 Kb.
bet1/6
Sana17.05.2023
Hajmi114,17 Kb.
#939782
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekan


KIRISH


Musiqaning sirli dunyosiga kirgan odam, uning mislsiz ummon ekanligini anglashi muqarrardir. Bu ummon - moziydan sadolanishi, tarix davomida zamon va makon qonuniyatlari negizida shakllanishi, an’analar kamolotida qadr topishi va qadriyatlarga aylanishi, ijodiyot degan ilohiy ne’mat asosida, jonli ravishda rivojlanib borishi bilan xarakterlanadi. Har bir davr o‘zining musiqiy an’analari bilan izohlanishining ham hikmati shundadir. Musiqaning samoviv yoki ilohiy ekanligi qadimiy manbalarda o‘z aksini topgan. Insoniyat esa o‘z ma’naviyati darajasida o‘zining ma’naviy boyliklarini shakllantirib, davrlar osha rivojlantirib kelgan. Bu jarayonda har soha zamonlar evrilishida charxlanib, mukammallashib, yangidan-yangi ijodiy munosabatlar negizida boyib, o‘z samarasini namoyon etib kelgan. Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo‘lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa ко 4ami juda keng, ularni tasavvur ham qilish mushkul. Chunki, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, ma’rifati, estetikasi bo‘lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug'orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo‘nalishlari, ya’ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o‘rin olgan. Musiqa san’atining azaliy an’analari Sharq xalqlari madaniyatida shakllanib rivoj topganligi hamda butun bashariyatga ijodiy ta’sir etganligi, fanda o‘z ijobatini topgan. Hayot taraqqiyoti jarayonlarida, G‘arb madaniyatining o‘ziga xos kamol topganligini esa, hozirgi zamon musiqa san’ati ko‘lamidan ilg‘ab olish mushkul etnas. Buning negizida musiqa san’ati va uning ichki unsurlarini professionallik darajada umumlashish bosqichlarini o‘tashi, bu jarayonda mutanosib tovush pardalarini uyg‘unlashtirish hamda barcha barobar qabu! qilishlari kabi mezonlar, umumbashariyat musiqa san’atining go‘zal uyg‘unlashishiga olib kelganligini e’tirof 3 etish lozimdir. Natijada, musiqa san’ati ijodiyotida G‘arb musiqa san’atiga intilish, o‘xshatish, madaniyatiga ergashish kabi munosabatlar yuzaga keldi. Har bir xalq o‘zining milliy musiqa san’ati bilan birgalikda, ular asoslangan g‘arbona musiqa ijodiyotini shakllantirdilar. В uni, ilk bosqichlarini taqlidiy munosabat ekanligiga ham shubha yo‘q. Lekin zamon va makon, mafkura va siyosat, qolaversa, zamonaviy ijodiy munosabatlar yangi yo‘nalish~ larni vujudga kelishini ta’minlab beradi. 0 ‘zbek xalq musiqa san’ati o‘zining milliy jarayonlarida o'ziga xos va mukammal darajada shakllangan betakror xalq va mumtoz musiqa merosiga ega. XX asrga kelib, bu ijtimoiy hayot so‘qmoqlarida va musiqa madaniyatimizda yangi yo‘nalish joriy etila boshlandi. Bu ana shu g‘arb musiqa madaniyatining negizida musiqa ijodiyotini kamol toptirish edi. Qayd etish joizki, har qanday musiqa xalq madaniyatining rivojiga xizmat qilsa, albatta amaliyotda o‘z ijobatini topadi. XX asrga kelib 0 ‘zbekistonda ham yevropacha tafakkur oqimining ta’siri sezila boshlandi va zamonaviy musiqaning kompozitorlik ijodiyoti ko‘rinishida amaliyotda qaror topa boshlandi. Ushbu darslik XX asr o‘zbek musiqa madaniyatining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, Oliy ta’lim tizimida o‘qitish uchun mo‘ljallangan. Darslikning asosiy mazmunini XX asrda 0 ‘zbekiston musiqa san’atining yuksalishi bastakorlik an’analari va kompozitorlik ijodining hamda musiqa ta’Hm maskanlarining shakllanishi va faoliyatining rivoji, teatrlarning barpo etilishi, , »ulardagi ijodiy jamoalar faoliyatlari, san’at namoyandalarining hayoti va ijodi bayon etilgan. Kompozitorlik ijodiyoti 0 ‘zbekistonda yangi oqim. Shu bois bu jarayonni dayr musiqiy janrlarining shakllanishi kesimida, faoliyat davomidagi ijodiy hamkorlik va o‘zbek kompozitorlik maktabining yuzaga kelishi hamda rivoji xususida alohida mavzular bo‘yicha yoritib beriladi. Kompozitorlik ijiodiyotining janrlar kesimi juda katta va ularni alohida idrokini ta’minlash lozim bo‘ladi. Shuni nazarga olgan holda Davlat malaka talablarida belgilangan va fanning namunaviy dasturlarda ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha, 0 ‘zbekistonda simfoniya, opera, balet, estrada, vokal va kamer-cholg‘u janrlaridagi o‘zbek kompozi4 torlarining yaratgan asarlari va rivojini asosiy yoilanmalar kesimida yoritib berildi. Xususan, darslikda 14 ta mavzu o‘rin olgan va ularning har biri zamonaviy modul tizimi talablariga xos uslubda tarkiblashtirishga harakat qilingan. Kirishdan keyingi ilk mavzu, o‘zbek musiqa san’atiga bag‘ishiangan. Unda 0 ‘zbekiston musiqa madaniyati va san’atining asosiy xususiyatlari xususida so‘z yuritiladi. 0 ‘zbek: musiqasi tarixi fanining asosiy maqsadi, musiqa san’atining tarixiy taraqqiyot jarayoni, musiqiy hayoti, bastakor va kompozitorlik ijodiyoti, musiqa san’ati amaliyotidagi janr va shakllari xususidagii fikr va maiumotlar bayon etiladi. Darslikda “XX asr boshlarida o‘zbek musiqasi” mavzuiga alohida e’tibor bilan yondashilgan. XX asming ilk yillarida 0 ‘zbekistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy muhitning o‘zi yangilanish sharoitlari bilan xarakterlanadi. Markaziy Osiyoda jadidchilik harakati, u!ug‘ namoyandalari va ularning ijodiy faoliyati alohida ahamiyatlidir. Bunda, Yevropa uslubidagi milliy teatrlaming bunyodga kelishi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Tavallo, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Shakuriy kabi narnoyandalarining ijodiy faoliyatlari alohida ahamiyatlidir. 0 ‘zbek musiqa sahifalariga kirib kelgan kompozitorlik ijodiyoti boshlanish davrlarida, 0 ‘zbekistonda faoliyat olib borgan rus musiqa san’ati namoyandalari va kompozitorlarining ijodini alohida qayd etish joizdir. Asosan XX asrning 20-40-yillarida faoliyat olib borgan mutaxassislar musiqa ijodiyotining yangi yo‘nalishini amaliyotga olib kirdilar. Musiqiy folklomi o‘rgandilar va uning asosida kompozitorlik janrlarida asarlar yaratish dunyosiga olib kirdilar. Mana shu jarayon yurtimizda badiiy havaskorlik jamoalaming tashkil topishi, maxsus musiqa o‘quv maskanlaming ochilishi, professional teatrlaming bunyodga kelishi va o‘zbek drama, opera va baletlarining yaratilishi bilan bogiiqdir. 0 ‘zbekiston radiosi va 0 ‘zbekiston kompozitorlar uyushmasining tashkil topib, o‘z faoliyatlarini boshladilar. Ayniqsa, bastakorlaming yangi avlodi: Hamza, To‘xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Imomjon Ilcromov, Komiljon Jabborov, Saidjon Kalonov, 5 Muxtorjon Murtazoyev, Muhammadjon Mirzayev, Fahriddin Sodiqov, Nabijon Hasanov kabi namoyandalari o‘zlarining yangi uslubdagi yaratgan asarlari bilan bu soha rivojiga ulkan hissa qo'shdilar. 1940 va undan keyingi davrlar musiqa ijodiyotining keskin rivojlanishi bilan bog'liqdir. 40-yillarda o‘zbek kompozitorlarining shakllanishi va ulaming kompozitorlik sohasida mustaqil asarlar yaratishning ilk davriga aylandi. 30-yillar ko'proq milliy kompozitoriaming rus kompozitorlari bilan hamkorlikdagi ijodi bilan xarakterlansa, 40 - yillarda bu jarayonning mustaqil faoliyat boshlanganini ko‘ramiz. M.Ashrafiy, S.Yudakov, M.Burhonov, M.Leviyev, M.Nasimov, I.Hamrayev, Sh.Ramazonov, D.Zokirov, X.Izomov kabi milliy kompozitorlar yetishib chiqdilar. 40-yillar tarixda ikkinchi jahon urushi va qayta tiklanish davri sifatida bitilgan. Vaziyat taqozosi bilan ish yuritilgan. Musiqa ijodiyoti yurt tinchligi uchun xizmat qilgan va respublikamizning eng ilg‘or san’atkorlaridan tuzilgan bir qator konsert brigadalari faoliyat olib borishga muvaffaq bo‘!idilar. Bu davrning o‘zbek musiqa ijodiyotidagi unutilmas voqealaridan bastakor va kompozitorlar ijodida yaratilgan musiqali drama va operalar, 1941-yili Toshkent xoreografiya o‘quv bilim yurti ochilishi, 1943-yili Muqimiy nomidagi Respublika davlat musiqali teatr uchun hashamatli, chiroyli, yangi bino qurib bitkazilishini qayd etish lozimdir. Ayniqsa, zamonga moslashtirish va orkestrga ta'qlidan 1943-yil o‘zbek xalq cholg‘ulami takomillashtirish maqsadida maxsus laboratoriya ochilishi bu sohaning tubdan o‘zgartirilishiga asos bo‘ldi. Unda musiqashunos Ashot Ivanovich Petrosyansning xizmatlari alohida ahamiyat kasb etdi. 1944-yili esa Toshkent davlat teatr va rassomchilik instituti tashkil topdi. 0 ‘zbek musiqa ijodiyotining XX asr 50-80-yillar davrida, kompozitorlik ijodiyoti va ijrochilik amaliyoti keskin rivoj topadi. Yirik sahnaviy asarlar - opera, balet va musiqali drama va komediyalar, vokal-simfonik (romans, syuita, kantata va oratoriya) musiqa, simfonik musiqa (simfonik syuita, simfonik poema va simfonik uvertyuralar), kamer-cholg‘u musiqalari janrlarida skripka, viblonchel, truba, fleyta, ovoz uchun konsertlar. Kamer-cholg‘u 6 musiqasi janrlarida yakka va ansambllar (torli kvartet) o‘zbek kompozitorlik ijodida jahon andozalariga mos namunalari yaratildi. Darslikda o‘zbek kino musiqasi, uning so‘zsiz kino namunalarining shakllanishidan hozirgi davrdagi turli janrlarni qamrab olgan o‘zbek kino san’atining musiqa bilan bog‘liq jarayonlarini misollar yordamida keltirib o‘tildi. 0 ‘zbek musiqa san’atining ommabop va zamonaviy janrlaridan biri estrada san’atidir. Estrada milliy ijrochilik san’atida o‘tgan asrning 20-30-yillardan keng ommalashgan bo‘lsada, 50- yillarga kelib yangi zamonaviy oqim shakllana boshlandi. 80-90- yillarga kelib, estradaning rosmana g‘arbona janrlari iste’molga kirib keldi va yoshlar orasida keng ommalashdi. Zamonaviy ommaviy janrlarga bo‘lgan ushbu san’at turi tez ommalashuvchi xususiyati bilan doirno o‘zining muammolarini yaratib kelgan. Bu janrga professional darajada yondashish ushbu janr yutug‘ining garovidir. Shu bois darslikka jahon estrada janrining namunalari, o‘zbek kompozitorlari ijodida estrada musiqasining purma’no namunalarini shakllanib ijro amaliyotida tutgan ahamiyati borasida fikrlar keltirildi. 0 ‘zbekistonda musiqashunoslik sohasi boshqa sohalar kabi keng qamrovli, ya’ni o‘tmish manbalarini o‘rganish (manbashunoslik), etnomusiqashunoslik, organologiya, folklorshunoslik, musiqiy sharqshunoslik, ijrochilik kabi bir qator yo‘nalishIami qamrab olgan. 0 ‘tgan asrning 90-yillariga qadar zamonaviy kompozitorlik ijodiyoti musiqashunoslar tadqiqotlarida keng va samarali ijod etilgan. 0 ‘zbek musiqashunoslik maktabining vakillari musiqaning barcha tarixiy va nazariy tarmoqlarida samarali faoliyat olib borganlar. Bunga 0 ‘zbekiston davlat konservatoriyasi professor-o‘qituvchilari hamda San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti ilmiy jamoasi o‘zlarining hissalarini qo‘shganlar. Darslikda talabalaming har bir mavzu bo‘yicha tayyorlanishlari uchun adabiyotlar ro‘yxati, mavzuda ko‘p ishlatilgan va yo‘naltirilgan iboralar, ya’ni tayanch so‘zlar, mustaqil tayyorlanishlari uchun savol va topshiriqlar keltirilgan. Talabalar darslikni o‘zbek musiqa tarixini o‘rganishda rahnamo qo'llanmasida foydalanishlari ko‘zda tutilgan. Chunki, asosiy ma’lumotlami olgandan so‘ng, mustaqil o‘qish davomida, turli o‘quv qo'llanmalar va maqola hamda nota to‘pIamlar orqali yanada ko‘proq ijod mahsullaridan xabardor bo‘ladilar. Musiqani idroklashda kitob mutolaa qilish yaxshi, lekin undan ham ko‘proq ma’lumotni musiqaning o‘zidan olinadi. Shu bois musiqani ko‘proq tinglagan va idroklagan inson ma’nan boy, ruhan tetik va ijodiy barkamollikka intilib yashaydi.

I-BOB




    1. SHASHMAQOM TARIXI

Maqom san’ati o‘zining ko‘p asrlik tarixiga ega bo‘lib, avloddan avlodga “ustoz-shogird” an’anasi oraqali meros bo‘lib o‘tib kelayotgan kasbiy musiqaning namunasidir. Kasbiy musiqaning shakllanishida “saroy madaniyati” muxim o‘rin tutgan bo‘lib, xalq orasidan yetishib chiqqan istedodli musiqachilar xon saroylarida musiqachi bo‘lib xizmat qilganlar. Shu davrdan boshlab kasbiy musiqa rivojlangan. Maqom san’ati bilan asosan kasbiy musiqachilar maxsus shug‘ullanganlar. Maqomlar kasbiy musiqaning eng salmoqli va murakkab qismini tashkil etadi. Maqomlar shakl tuzilishi jihatidan juda salobatli san’at namunasidir. Shu bois o‘tmishda yashab ijod etgan ko‘pgina mutafakkir olimlar Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Sayfiddin Urmaviy, Qutbiddin Sheroziy, Abduraxmon Jomiy va boshqalar maqomlarga doir ilmiy risolalar yozganlar.Shu tariqa maqom ijrochiligi, ijodkorligi va maqom nazariyasi fani rivojlanib keldi.
“Maqom” atamasi arabchadan olingan bo‘lib, “o‘rin”, “daraja”, “martaba”, “manzilgox” kabi tushunchalarni ifodalaydi.
Maqom-bu mukammal pardalar uyushmasi va doira usullari mushtarakligida ijod etilgan cholg‘u kuy va ashulalar majmuasidir.
O‘zbekistonda maqomlarning uch turi mavjud bo‘lib, ular quydagicha nomlanadi:
1. Olti maqom (Shashmaqom yoki Vuxoro maqomlari)
2. Xorazm maqollari
3. Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari
Shashmaqom XVIII asr o‘rtalarida Buxoroda saroy kasbiy musiqachilari va musiqashunos olimlar tomonidan Olti maqomdan iborat turkum tarzida ifoda etilgan.
Shashmaqom oltita mukammal pardalar uyushmasini anglatadi.Maqom cholg‘u kuy va aytim (ashula) turkumlari shu mukammal pardalarning ma’lum doira usullari bilan mushtarakligi natijasida yuzaga keladi. Shashmaqomdagi xar bir maqom ikki yirik bo‘limdan-cholg‘u va aytim (ashula) yo‘llaridan iborat bo‘lib, ularni “ustoz shogird” an’anaviy maktabida tahsil ko‘rgan malakali kasbiy cholg‘uchi va ashulachi-xofizlargina ijro etadilar. Maqomlar asosan “og‘zaki uslub” vositasida avloddan avlodga o‘tib kelgan.Sharq olimlari tomonidan o‘ziga xos musiqiy “nota” yozuvi yo‘llari ixtiro etilgan bo‘lsada ular amaliyotda keng joriy bo‘lmagan.
Maqomlarning besh chiziqli nota tizimi asosida yozib olish ishlar XX asr davomida bir necha bor amalga oshirildi. Taniqli kompozitor va etnograf V.A.Uspenskiy (1879-1949) XX-asrning 20-yillarida Buxoroda maqomchi ustozlar-hofiz Ota Jalol Nosir va tanburchi Ota G‘iyos Abdug‘aniylar ijrosida salobatli Olti maqom tizimini nota yozuvlariga ilk bor tushiradi.Akademik Yunus Rajabiy (1897-1976) ham Olti maqom tizimini ikki bor -50-yillar va 60-70-yillar davomida nota yozuvlarida bosmadan chiqardi.
Shashmaqom-Olti maqom degani bo‘lib, u quyidagi maqomlardan tashkil topadi:
ShAShMAQOM (fors. - olti va maqom) - o`zbek va tojik xalqlari musiqiy merosida markaziy o`rin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar b-n o`zaro uzviy bog`langan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shart-sharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yo`nalishlarida orttirilgan ko`p asrlik ilmiy-ijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Sh. milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa an`analarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi san`atining qomusiy mahsulidir. O`rta asr YAqin va O`rta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan kuy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13- a.da esa Safiuddin al-Urmaviy ularni o`n ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-a.dan so`ng O`n ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-a.ning o`rtalarida O`rta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiy-ijrochilik faoliyatida Sh. uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. O`zbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Farg`ona-Toshkent maqom yo`llari, shuningdek, yovvoyi (erkin ko`rinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yo`llari va b. Sh. ta`sirida rivojlandi. O`tgan zamon bastakorligida keng qo`llanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari Sh. tarkibida bizgacha yetib keldi. Sh. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan bo`lib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu kunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yo`llarining ko`plab ijroviy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va b. maqom yo`llarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar. Maqomlar sozanda va xonandalar tomonidan yakka tarzda, shuningdek, jo`rovozlik va jo`rnavozlikda ijro etib kelingan. Xususan, Buxoro amirlari saroyida eng so`nggi davrda jo`rnavozlik asosan, 2 tanbur, 2 doira (doirachilar xonanda ham bo`lgan), afg`on rubobi, sato yoki qo`biz, imkonga ko`ra bo`lamon cholg`ularidan iborat bo`lgan. Maqom ijrochiligida tanbur yetakchi soz hisoblanadi. Chunki u torlarini maqom pardalariga moslab sozlashda va maqom yo`llarini mukammal yangratishda birmuncha qulayliklarga ega. Doira esa sozanda va xonandalarning Sh. qismlarini belgilangan usul negizida ijro etishlari uchun zarur vosita bo`lib xizmat qiladi. Har bir maqomning bosh tovushqatori o`ziga xos va nisbatan barqaror bo`lib, turkumning to`liq musiqiy ijro jarayonida uning pardalarida ayrim o`zgarishlar ham sodir bo`lib turadi. Chunki Sh. shakllanishida maqomlar tarkibiga 12 maqomdan mazkur maqom pardalariga yaqin, kuy mavzui tabiatiga ohangdosh o`zga sho``ba va maqom yo`llari ham kiritilgan. Ularning lad-tonalligi asosiy maqom yo`llariga ba`zan mos kelmasligi ham mumkin. Sh.ni tashkil etgan maqomlarning har biri ikki - cholg`u (mushkilot) va ashula (nasr) yirik bo`limlaridan iborat. Cholg`u bo`limlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholg`u qismlari mavjud bo`lib, ohanglari o`zlari mansub bo`lgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi. Bu qismlar maqom nomlariga qo`shib (mas., Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (mas., Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Ba`zi cholg`u qismlari alohida nomga ega (mas., Nag`mai Orazi Navo), Dugoh va Segohda esa maqom nomi bilan qo`shib aytiladi (mas., Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). Sh.ning cholg`g`u qismlari xona va bozgo`y kuy tuzilmalaridan tashkil topadi. Bunda muntazam ravishda o`zgaruvchi xonalarning rivojlanishi uchun qo`llanadigan peshrav uslubi alohida ahamiyat kasb etadi. Tasnif, Tarje, Nag`mai Oraz, Samoi, Xafif kabi cholg`u qismlari bir-biriga o`xshash, kichik hajmli; Gardun va Peshrav birmuncha rivojlangan; Muxammas va Saqil yo`llari uzun va murakkab doira usullari negizida ijod etilgan. Sh. cholg`u yo`llarining ichki tuzilishi murakkab bo`lsa-da, o`zining ravon ohangdorligi va rang-barangligi bilan shu maqom kuy mavzulari bilan bevosita bog`liqdir. Bu asarlar teran falsafiy va turfa lirik kayfiyatlarni ifodalaydi, tinglovchilardan esa eshitish ko`nikmalariga ega bo`lishni talab etadi. Odatda, Sh. cholg`u qismlari birin-ketin yaxlit tarzda ijro etilgandan so`ng uning Nasr bo`limiga o`tiladi. Ashula qismlari ancha murakkab shakldagi sho``balar, ularning tarona yoki shoxobchalaridan iborat. Bular ham yaxlit turkum tarzida ijro etiladi. Sh. ashula bo`limlari tuzilish jihatidan bir-biridan farqlanadigan ikki toifa sho``balar guruhidan tashkil topgan; birinchisiga Saraxbor, Talqin, Nasr deb nomlanuvchi sho``balar va yakuniy Ufar qismi, iqkinchisiga esa, asosan, Savt va Mo`g`ulcha nomli sho``balar va ularning hoxobchalari kiradi. Sh.dagi nomdosh sho``balar (Saraxbori Buzruk, Saraxbori Navo va b.)ning kuy-ohanglari turlicha bo`lsa-da, doira usuli va kuylariga bog`lab aytiladigan she`r vaznlari bir xildir. Sho``balarning ikkinchi guruhida Talqincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar deb nomlanadigan shoxobchalar mavjud va ular shu nomdagi o`ziga xos doira usullarida yangraydi. Sh. sho``balarining rivojlanishida avj va namudlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ashulaning yirik shakl olishi va mazmunan chuqurlashishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`ladi. Namudlar maqom yo`llarida yakka avj yoki guruh tartibida erkin ishlatiladi. O`tmishda hofizlarning xohish va imkoniyatiga qarab namudlar soni (bir sho``bada 4 tagacha) o`zgarib turgan. Sh. ashula bo`limi sho``balari shaklan barkamol bo`lib, ichki tuzilmalar tarkibi turlicha bo`lishi mumkin. Mas., har bir sho``ba yo`li cholg`u. muqaddimasi b-n boshlanadi. Keyin daromad nomli bosh xat ijro etiladi va o`rta pardalarda bayon etiluvchi miyonxat jumlalariga o`tiladi. O`rniga qarab dunasr tuzilmasida yuqori pardalar zabt etiladi. So`ngra sho``balarga xos avjda namudlar aytilib, ashu- la yo`li miyonxat orqali yoki usiz ulanib ketadigan furovard (tushirim) tuzilmasi bilan yakunlanadi. Ba`zi sho``balar tuzilishi boshqacharoq bo`lishi ham mumkin. Sh. ashula bo`limining birinchi guruh sho``balari turkumli tarzda yaxlit ijro etilganida, Saraxbor b-n boshlanib, so`ng uning taronalari (6 tagacha) o`qiladi. Taronalarning oxirgisi talqin doira usulida aytiladigan suporish qismi vositasi b-n Talqin sho``basiga silliq ulanib boradi. Talqin taronasi ijro etilib, nasr doira usulidagi suporish orqali Nasr sho``basi va uning taronalariga o`tiladi (Nasr sho`ba namunalari bitta maqomda 2- 3 tagacha yetadi). Oxirgi Nasr sho``basi, odatda, taronasiz o`qilib, bevosita Ufar ashula yo`llariga qo`shiladi va oxirgi suporish b-n turkum yakunlanadi. Sh. ashula bo`limining ikkinchi guruhidagi sho``balar o`zaro bog`lanmagan tarzda mustaqil ashula yo`llari hisoblanib, ularning har biri, asosan, 5 qismli turkumni tashkil etadi. Mas., asosiy Savt yoki Mo`g`ulcha ashula yo`lidan keyin unga ushbu kuy mavzuining yangicha vazn-usulli (Talkincha, Qashqarcha, Soqiynoma va Ufar) namunalari navbatma-navbat ulanadi. Maqomlarning tarixiy, nazariy, estetik masalalari uzoq o`tmishdan shu kunga qadar musiqashunoslar tomonidan har tomonlama o`rganilmoqda. Xususan, O`rta asrlar musiqa risolalarida Sharq mumtoz musiqasiga xos parda-lad tuzilmalari keltirilib, maqomot hamda xalq musiqasiga xos tovushqator va usullar tuzilishi haqida mulohazalar yuritilgan. 19-a. boshi va o`rtalarida Sh.ga oid maxsus yozma she`riy to`plam - bayozlar yuzaga keldi. Ularda maqomlarga aytilgan g`azal matnlari keltirilgan, maqom va sho`balar nomlari hamda ijro etiladigan ashulalar turkumining tartibi ko`rsatilgan. Komil Xorazmiy va uning o`g`li Muhammad Rasul tanbur chizig`i yordamida yozib olgan Xorazm maqomlari ham Sh.ning 19-a. namunalari haqida qimmatli ma`lumot beradi. Sh. ashula yo`llarida o`zbek hamda fors mumtoz shoirlaridan Rudakiy, Jomiy, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Fuzuliy, Hofiz, Amiriy, Nodira, Zebunniso, Ogahiy va b.ning ishqiy-lirik, falsafiy, nasihatomuz, diniy mazmundagi g`azallari, shuningdek, xalq to`rtliklari jalb etilgan. Sh., asosan, og`zaki tarzda avloddan-avlodga ustoz-shogird an`anasida o`tib keldi. 1920-y.larda Buxoro, Samarqand, Toshkent shaharlarida maxsus musiqa maktablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va xalq musiqa namunalarini o`zlashtirishga e`tibor qaratildi; Ota Jalol, Ota G`iyos Abdug`aniev, Domla Halim Ibodov, Shorahim Shoumarov, Abdusoat Vahobov, Usto Shodi Azizov kabi maqomdon sozanda va hofizlar yoshlarga saboq berish uchun jalb etildilar. Sh.ni ilk bor V.A.Uspenskiy Ota Jalol va Ota G`iyos ijrolaridan hozirgi nota yozuviga olib nashr ettirdi (Shashmakom, Shest muzo`kalno`x poem, M. - Buxoro, 1924). Mulla Bekjon Rahmon o`g`li va Muhammad YUsuf Devonzodaning Xorazm musiqiy tarixchasi (M., 1925), Fitratning O`zbek klassik musiqasi va uning tarixi (Samarqand - T., 1927) risolalari 20-a. maqomshunosligining dastlabki namunalari bo`lib, qimmatli ma`lumotlarga ega. Sh.ni o`rganishga, ayniqsa, 1950-y.lardan ko`proq ahamiyat berila boshlandi. YUnus Rajabiy Sh. ni o`zi va b. sozanda va xonandalar ijrosidan yozib olib, ikki marta - O`zbek xalq musiqasi va Shashmaqom nomi b-n nashr ettirdi. O`zbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan Sh., o`z navbatida, zamonaviy musiqa san`ati rivojlanishiga samarali ta`sir ko`rsatdi. O`zbekiston bastakorlari va kompozitorlari o`z ijodida Sh.dan keng ko`lamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Hozirgi davrda O`zbekiston bo`ylab Sh.ni ijro etishga ixtisoslashgan professional ansambllar, havaskor badiiy jamoalar maqomlarni ijodiy o`zlashtirish hamda targ`ib etish borasida samarali faoliyat ko`rsatmoqdalar.

1.2. Yunus Rajabiyning hayoti va ijodi


Bastakor, xonanda va sozanda, akademik Yunus Rajabiy 1897 yilda Toshkentda tug‘ilgan. Avval madrasada, so‘ng 1919-1922 yillarda Turkiston xalq konservatoriyasida, 1934 yilda Toshkent Oliy musiqa maktabining tayyorlov kurcida, 1940—1941 yillarda Moskvada bastakorlar kursida ta’lim olgan Yu. Rajabiy xalq musiqa merosini Mirzaqosim hofiz, Sh. Shoumarov, To‘ychi Hofiz, Domla Halim Ibodovlardan o‘rgangan.


Mehnat faoliyatini 1923—1925 yillarda Samarqand pedagogika bilim yurti to‘garagi o‘qituvchisi sifatida boshlab, 1925—1926 yillarda Samarqand teatrining musiqa rahbari, 1927—1959 yillarda O‘zbekiston radio qo‘mitasi qoshidagi xalq cholg‘u asboblari ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari, 1942—1945 yillarda Toshkent viloyat Yangiyo‘l musiqali drama va komediya teatrining musiqa rahbari, 1959—1976 yillarda O‘zbekiston Televideniesi va radio eshittirish Davlat qo‘mitasi huzuridagi maqom ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari vazifalarida ishladi.
Yu.Rajabiy avvalo keng madaniy jamoatchilikka o‘tkir shirali ovozga ega bo‘lgan iste’dodli xonanda sifatida tanilgan edi. U aytgan «Girya», «Nolish», «Ko‘cha bog‘i», «Eshvoy», «Kurd», «Qalandari», «Shahnozi Gulyor», «Bayot», «Qaro ko‘zim», «Dugohi Husayni», «Chorgoh», «Miskin», «Nasrulloyi» kabi maqom yo‘llaridagi ashulalar, u tiklagan «Subhidam», «Yolg‘iz», «Sayqal», «Segoh», «Dugoh» va boshqa qadimgi o‘zbek kuy va ashulalari hamon tinglovchilarga estetik zavq bag‘ishlab, dillarga orom berib kelmoqda.
Xonandalikni bastakorlik bilan baqamti olib borgan san’atkor o‘zbek musiqali drama janrida samarali ijod etib, kuylar, qo‘shiqlar, raqs kuylari, xor asarlari yozdi.
Dastlab Xurshidning «Farhod va Shirin» (1922—1925), «Layli va Majnun» (1926), O‘.Ismoilovning «Rustam» (1933), A. Hidoyatovning «Avaz» (1935), Hamzaning «Xolisxon» (1940) spektakllariga xalq ashulalari asosida kuylar bastalagan bo‘lsa, keyinchalik S. Abdulla va Chustiyning «Qo‘chqor Turdiev» (1942), B. Nadejdin bilan hamkorlikda A. Umariy va Uyg‘unning «Qasos» (1941), K. Yashinning «Farhod va Shirin» (1944), G. Mushelь bilan hamkorlikda H. Olimjonming «Muqanna» (1943), Xalilov bilan hamkorlikda S. Qosimov va L. Mamatxonovning «Nodira» (1942—1943), B.Zeydman bilan hamkorlikda H. G‘ulomning «O‘g‘il uylantirish» (1964), Sayfi Jalil bilan hamkorlikda Y. Mahsumovning «Navoiy Astrobodda (1968) kabi musiqali dramalarini va T. Sodiqov, D. Zokirov, B. Zeydmanlar bilan hamkorlikda «Zaynab va Omon» operasini yozib, o‘zbek musiqali drama janrining shakllanishiga katta hissa qo‘shdi.
«Fabrika yallasi»,«Yor-yor»,«Mirzacho‘lda to‘y», «O‘zbekiston», «Qahramonlar haqida qo‘shiq», «Bizning davron», «Vatan haqida qo‘shiq» «Xalqlar do‘stligi», «Bahor keldi», «Shodlik», «Dugonalarga», «Koshki», «Gulbargi», «G‘alaba» kabi kuy, xor asarlari, marshlari, «O‘yin bayoti», «O‘yin dugohi», «Paxta» singari raqs kuylarini ham yaratdi.
O‘zbek musiqa merosini to‘plashda Yu. Rajabiyning xizmatlari nihoyatda qatta. U 1935 yildan boshlab kuy va qo‘shiqlarni,maqomlarni to‘play boshladi. Shuning natijasi o‘laroq E.Romanovskaya, A.Akbarovlar 1939 yilda tuzgan «O‘zbek xalq qo‘shiqlari» to‘plamidan Yu. Rajabiy notaga solgan 29 ta ashula va qo‘shiqlar o‘rin oldi.
Yu. Rajabiy 1955—1959 yillarda (Y. Akbarov tahriri ostida) 5 jildlik «O‘zbek xalq muzikasi» to‘plamlarini nashr ettirdiki, ularga turli janrlardagi mingga yaqin o‘zbek (bir qancha tojik, uyg‘ur) kuy va ashulalar, «Buxoro Shashmaqomi», Toshkent, Farg‘ona maqom cho‘llari, qatta ashulalar, Hamza qo‘shiqlari, o‘nlab bastakorlarning asarlari kiritilgan. Maqom ansambli bilan uzoq ishlashi natijasida, 1966-1974 yillarda (F. Qaramatov tahririda) «Shashmaqom»ning 6 jildlik yangi nashrini tayyorladi.
Mazkur kitoblarga izoh beruvchi 1978 yilda nashr etilgan «Muzika merosimizga bir nazar» asari maqomchilarning ijro uslublarini o‘rganishda muhim qo‘llanma bo‘ldi.
Yu. Rajabiyning o‘zbek musiqa va qo‘shiq san’ati kamolotidagi katta xizmatlari 1958 yilda «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni, Respublika Davlat mukofoti (1973) bilan taqdirlandi. 1966 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylandi.
O‘zbekiston musiqa san’atining ulkan arbobi Yunus Rajabiy 1976 yilda Toshkent shahrida vafot etdi. O‘zbekiston Televidenie va radio eshittirish Davlat qo‘mitasi qoshidagi «Maqom» ansambliga, Jizzax musiqali drama teatriga va Toshkent musiqa pedagogika bilim yurtiga, Toshkentdagi markaziy ko‘chalarning biriga Yunus Rajabiy nomi berildi.
Respublikamiz madaniy jamoatchiligi 1997 yilda Yunus Rajabiyning 100 yillik yubileyini keng nishonladi. O‘zbek milliy madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shganligi uchun u 2000 yilda «Buyuk xizmatlari uchun»ordeni bilan mukofotlandi.



Download 114,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish