Rangni idrok qilish.
Insonning ijtimoiy faoliyatida ranglardan maksadli foydalaniladi. CHunki ularning inson
ruhiyatiga ta’siri qonuniydir.. Darvoke biz turmush tarzimizni ranglar ishtiroksiz tasavur kila
olaymiz. Bizning kundalik xayotimizni kisman ranglar boshkarishni anglaganimizda ularning
moxiyatlariga to’g’ri baho bergan bo’lar edik. Biz ranglrni optik va emotsional ta’siri xakida
gapirib o’tamiz, kaysiki ular uzaro chambarchas bog’liq bo’lib bizga kerakli ta’sirchanlik
xususiyatlari xakida ma’lumot beradi.
Avalom bor ranglarning optik ta’sirini o’rganish zarur. Sariq rangni tarkibida boshka rang
aralashmasi yo’qka uxshab kurinadi ammo uning fizikaviy xususiyatida yashil va qizil ranglar
aralashmasi mavjud.
SHuningdek, purpur (kirmizi) rangi ham xuddi shunday toza mustakil kurinsada u aslida
qizil va binafsh ranglaridan tashkil topgan. Kuk rang ham aralashmasiz mustakil kurinadi,
zarg’aldoq rang esa tarkibida xar doim yashil tus, qizil tus ranglar mavjudligi ko’rinibb turadi.
Binafsha rangi ham zarg’aldoq rangi singari unda kukish yoki kizgish ranglari sezilarli darajada
bo’ladi. Kukish - yashil, sargish-yashil ranglarida ham uz tarkiblarida kushimcha rang borligi
bilinib turadi ularni mustakil, bir tusli rang deb bulmaydi. Garchi sariq va ko’k ranglari
aralashmasidan tuzilishi ham mumkin bulsada yashil rangi optik jixatdan mustakil, bir tusli
rangdir.
Masofaviy ko’rinishni ranglar o’zgartirishga qodir. Bizga chiziklar, tekisliklar shuningdek,
perspektiv tasvirlar orkali optik "aldash" sodir bulishi ma’lum. Bunga oddiy misol teatr
deqoratsiyasida kucha, dala uzokdagi shaxar ko’rinibshining davomi kabilar.
Bunday optik o’zgarish yoki illyuziyani xosil bulishida ranglarning moxiyati juda kattadir.
Sariq rang yuzani ko’tarib hamda uni kattalashtirib kursatadi.Ok va sariq ranglar kushilishi
okibatida irradatsiya effekti sodir bulishi mumkin. Ya’nidagi undan karamtirrok ranglarni optik
jixatdan kichraytirib ko’rinibshiga olib kelishi mumkin. Qizil rang ham shu ranglarga yakin
bo’lib u ham shunday xususiyatga ega lekin, u shom, yarim qorong’i paytida qorayib ularga
fondek bo’lib kurinadi. Ko’k rangi bizdan uzoklashib kurinadi. Ammo yarim qorong’ilikda esa u
oldingi planga chikadi.
Qora, karmtir ko’k, binafsha ranglariga buyalgan tekisliklar ko’rinibshidan kichiklashadi
va pastga tortilgandek kurinadi. Yashil rang ularning ichida eng turgun kurinadi. Bundan kelib
chikadiki ijtimoiy xayotimizning ko’pgina soxalarida ranglar xususiyatlarini kuzda tutgan xolda
ulardan foydalanish mumkin ekan.
Ranglar ta’sirida yuzaga keladigan assotsiatsiya va taassirotlar okibatida emotsional
kayfiyat tugdiradi. CHunki bizda rang kabul kilishda kuplab tajriba va kunikmalar xosil bulgan.
Ammo bu borada biror anik koidaga asoslanib bulmasada ranglar ham xilma-xil tovushlar kabi
ongimizda ma’lum assotsiativ ruhiyat chakiradi. Masalan, olov va kon rangi - qizil, kuyosh sariq,
kuk-suv, ufk ,osmon, keng yashil dala, daraxzorlar kabilar assotsiatsiya uygotishi mumkin.
Ranglarni bizning ko’rish organlarimizda turlarga ajratilganda ularning ko’rinibshlarida
issik va sovuklik, xul va kuruk, uzok va yakinlik, sezgilari ham uygotadi. Ba’zi olimlarning
tajribasiga kura ranglarni eshitish a’zolariga ham ta’siri bulishi mumkin. Masalan, rus olimi
L.A.SHvartsning kuzatishi bo’yicha kuzning yashil ranga kunikishi (adaptatsiyasi)da eshitish
kobiliyatini oshirishi, qizil rang muxiti esa aksincha susaytirishi borligi takidlanadi. Bundan
tashkari ranglarning ko’rinibshi "ogir", "engil" kabi sezgilar ham uygotadi. Ba’zan ranglardagi
"kichkiruvchi" deb ham aytiladi. Albatta bu suz obrazli atash bo’lib, ranglarning uta yorkinligini
ta’kidlaydi.
Yukorida aytib utilgan ranglar xususiyatlarini va ularning ta’sirchanligini kuyidagicha
izoxlash mumkin.
5-jadval
Ok
Engil
Sariq
-"-
Issik
Kuruk
Zarg’aldoq
-"-
-"-
-"-
Kichkiruvchi
Qizil
Ogir
-"-
-"-
Kichkiruvchi
Binafsha
-"-
Kuk
-"-
Sovuk
Nam
Tinch, oxista
Yashil
Sovuk
Xul
Oxista
Och kuk
Engil
Sovuk
Xul
Oxista
Malla
Ogir
Issik
Xul
Oxista
Qora
Ogir
Issik
Kuruk
Kisik, ogir
Bizning ko’zimiz kuzatilayotgan ob’ektdagi ranglarga, mavjud yorkinlikka moslashadi.
Ya’ni kuz tukimasi sezgilariga ta’sir kilib, qorachik kengayishi yoki torayishi mumkin. Ayni
vaktda kontrast, yonma-yon joylashgan ranglarning uzaro ta’sirchanlikda bo’ladi. Ranglarning
och, tukligi yonidagi kushni rangni tukligiga, yorkinligi ham uzaro aktiv yoki passivligiga
bog’liq. Misol qizil rang, yashil rang muxitida yanada yorkin kurinadi. Kulrang oldida tinik
rangni tozaligi yanada oshadi. SHuningdek, bizga kontrastlarning ketma-ketlik xususiyatlari ham
tanish, ularning obrazlari borlikka mos. Ammo ularning shakli yassi ko’rinibshda bo’ladi hamda
ularning perspektiv kiskarish xolati sezilmaydi. Rangning negativ ketma-ket obrazli
ko’rinibshlarida uning och-tukligi ham karama - karshi tusda kurinadi.
Kuk va qizil ranglar uzining maksimal yorkinligida kishi a’zolariga aloxida ta’siri katta.
Qizil rang nerv tizimlarini kuzgatadi, nafas olishni va tomir urishini tezlashtiradi va
muskullarning ishlash kobilyatini oshiradi.
Kuk rang nerv tizimi faoliyatini susaytiradi. Nafas olish va tomir urushni susaytiradi. Ogrik
sezgisini kamaytiradi. Sariq, zarg’aldoq ranglar ham qizilga yakin xususiyatlarga ega. Albatta
ranglarni bunday taasirchanligi odamning hammasiga bir xilda bulmasligi ham mumkin. Bunda
kishining jushkinligi, emotsionalligi kabi xislatlariga ham bog’liqdir.
Ramziy ranglar yoki ranglarning ramziyligi. Biz ba’zi tushunchalarni ranglarga
takkoslaymiz va ularni ranglar orkali ramziylashtiramiz. Masalan: "qora kuzgin","parishtadek
ok"," "kondek qizil", "kizgoldokdek kizarish", "moviy kuk" kabilar.
Ranglarga kasbiy (rassomchilikda) xarakteristika berishda uziga xos, musikaviy
tushunchalar bilan ham uzaro hamkorlashib ketadi. Masalan: "bir ton baland", "ranglar
mojorligi" (Evropacha atash.), "ranglar nozikligi", "uynoki ranglar", "kichkiruvchi", "uta
yorkin", aktsentlangan", "ranglar galayoni" va boshka iboralar bilan biz ularni obrazlashtirib
ataymiz.
Ranglarni masofaviy ta’siri. Rang farklanishida biz sariq va qora rangni eng optimalligini
bilamiz. Bu ikki rang yul (belgi)larida ishlatiladi. Biz kuyida kursatganimizdek masofaviy
oralikni ko’rish xiralashgan xolatga moslashgan rang moslamalarni tuzamiz.
Ranglarni optimal farklanishi:
Sariq-qora fonda
Ok-kuk fonda
Qora zarg’aldoq fonda
Zarg’aldoq qora fonda
Qora ok fonda
Ok qizil fonda
Qizil sariq fonda
Yashil ok fonda
Zarg’aldoq ok fonda
Qizil yashil fonda
Urtacha farklanish
Bundan kelib chikkan xolda rang kontrastligi bo’yicha xulosa kilish mumkin.
Jismlar ranglarining ta’sirchanligi ularning yuzalari strukturasi va xarakteriga bog’liq
bo’ladi. Ranglarning ta’sirchanligi ularning shakliy (strukturaviy) tuzilishi, materialning turi va
yoruglik manbaiga nisbatan kanday joylashishiga bog’liq. Loyixaviy ishlarni boshlashdan oldin
dizaynni rassom, me’mor yoruglik manbasini hisobga olgan xolda fikrlaydi. Yuzalar tekis, sillik
gadir-budur, noteks egilgan va xokazo bulishi mumkin. Yuzalarning bunday xilma-xilligi rang
jixati va ularning jinsi kuzimizda turlicha rang ta’sirchanligiga sabab bo’ladi.
Masalan: kurgazma (vitrina)ning orka devorini bir necha rangli poloslar bilan buyaylik va
ulardan birini shoxi tasma (lenta) bilan almashtiraylik. Biz shoxi tasma kushilgandan keyin
ko’rinibsh tamoman boshka tusga kirganligini kuramiz. Yoki biror yuzani turt katakka
(kvadratni) bulamiz. Bulinmalarni turt xilda fakturalab, ularni bir xil ranga buyaymiz.
Natijada bir xil rang turt xil effekt beradi. Ranglar tekis yuzadagi karaganda gadir-budir
shaklda jonlirok ko’rinibsh berishi mumkin. Xilma xil materiallar shoxi. Baxmal, yogochlar
marmarlar uzlarining strukturaviy tuzilishlariga karab turlicha ta’sirchanlikka ega.
Yog’och ko’rinishidan ilikrok, metallar sovuk, toshlar sovuk, matolar engil ilik
ko’rinibshda bo’ladi. Loyixaviy yechimda uygunlikka erishish uchun biz materiallar
xususiyatlarini yaxshi bilishimiz kerak. Masalan, shoxi sariq yuzaga ok kogoz xarflar
yopishtirsak, ularni tonlarini yaxshi tanlay olsak deqorativlik, jozibador effektga erishishimiz
mumkin. Ana shunday sariq buyalgan yuzaga ok xarflarni buyokda yozsak u kerakli effekt
bermaydi. Rassom uchun yogoch eng kulay, jonli mateiral bo’lib unga istagan fakturada va
istagan tonda ishlov berish mumkin. Metallardan imkoni boricha chuzinchok formalarda
kurilmalar yasalishi va uzining xakikiy rangi koldirilsa uni yaltirash darajasida ishlov berish
maksadga muvofik bo’ladi.
SHisha uziga xos fakturaga ega. U xonalarni jihozlashda rassom uchun juda katta
imkoniyat yaratadi. Agar u boshka materiallar (yogoch, plastik materiallar va x.) bilan
uygunlikda ishlatilsa kerakli effekt beradi.
Ranglarning ta’sirchanligi: Kuyidagi jadvalda turli ranglarni optik ta’siri va ularning
ta’sirchanlik xarakteri berilgan.
Rangi
Optik ta’siri
Kabul kilinishi
Sariq
Yorug, yakin, bir turli tarkok
Issik, engil, kuruk yumshok
Zarg’aldoq
Yorug, yakin, tarkok, oldinga
chikkan
Issik, kuruk, engil yumshok
Qizil
Yorug, yakin, bir turli
Issik, ogir
Purpur (kirmizi)
Bir turli, uzok
Ogir, sovuk, kattik
Binafsha
Kuk
Kormatir uzok bir turli
Sovuk,
ogir,
kattik
nam
ko’rinibshi
Kukish-yashil
Kormatir, uzok
Sovuk,
ogir,
kattik
nam
ko’rinibshli
Yashil
Uzok, bir tuli
Sovuk
Sargish-yashil
Yorug
Sovuk
Ok
Ok, uzoklashgan bir turli
Engil, mayin
Qora
Qora kattik
Ogir, kisik
Kul rang
Noanik
Ogir
Kizgich-malla
Qoramtir
Issik, kattik, zich
Sargich-malla
Yorug olga intiluvchi
Engil, yumshok
Rang kombinatorikasi - kup tusli ranglardan uygunlashtirib (kushilgan, bu ranglar guruhi
ma’lum bir ma’no kasb etuvchi ya’ni issiklik, sovuklik, monotonli, yoki jonli ranglar birligi kabi
yakkol) ko’rinibsh kasb etadigan ranglar guruhiga aytiladi. Demak, abstrakt ranglar yordamida
buyalayotgan jismdan kat’iy nazar, biror ma’no kasb etuvchi rang guruhini tashkil kilish deyish
mumkin. Albatta, bunday guruhni tashkillashtirishda ranglar hamoxangligini aniklashda ma’lum
rang doirasidagi (17 rangli rasm) yoki "MKO" TGL fazoviy rang tizimidan foydalanish mumkin.
Bunga TGL rang tizmi bo’yicha 2 bir tonli uchburchak tarzida berilgan rang kombinatorikasi
misol bo’ladi.
Interьer va eksterьer yoki boshka turdagi badiiy bezash, dastgoxli rangtasvir kabi ishlarda
ranglarning kuyidagi xususiyatlarini farqlanadi:
1. Issik-sovuk. Sariq, zarg’aldoq va qizil kabi ranglar hamma uchun issik va sifatli
ranglarga sanaladi. Binafsha, kuk, yashil ranglar sovuk ranglar safiga kiradi. Bular rang doirasini
ikki tarifida joylashadi. Ammo issik-sovuk deganda sovuk va issik ranglar guruhlarida ham
uzaro issik-sovuklik farklanishi bulishi mumkin.
2. Aktiv va passiv ranglar. Qizil, zarg’aldoq eng aktiv ranglar bo’lib uning karama-
karshisida (yashil ranglar guruhi) passiv ranglar joylashgan. Bunda ham ranglar uzaro
nisbiylikda bo’ladi. Masalan, gira-shira yoruglikda kuk rang qizildan aktivrokdir.
3. "Yakin va uzok kurinuvchi ranglar". Kunduzgi barcha issik ranglar yakin, sovuklari esa
uzok kurinadi. Dastgoxlik badiyotida issik ranglar oldingi plan va sovuklaridan esa orka planli
tasvirlashda foydalaniladi. Gira-shira yoruglikda uzun tulkinli qizil, sariq zarg’aldoq ranglariga
nisbatan kuk, yashil ranglar yorugrok kurinadi.
4. "Baland - past" ranglar. Eng issik ranglar. "Baland", kichkiruvchi ta’sir kiladi. Yashil,
kuk ranglar tinch oxista past seziladi. Bunda ham ranglar uzaro nisbiylik qonuniyatiga amal
kiladi.
"Kuruk - xul" ranglar. Hamma issik ranglar kuruk kurinadi. Oxra ranglari ham kuruk
ko’rinibshda bo’ladi. Kukish yashil rangi esa uta xul bo’lib kurinadi.
6. Ogir va engil ranglar. Hamma yorugrok, och ranglar engil va qoramtir va qora ranglar
ogir ko’rinibshida bo’ladi. Kizgich ranglari kukish ranglarga karaganda ogirrok kurinadi. Bu
yerda sariq rangi gira-shira yoruglikda engil yukoriga intiluvchi bo’lib, och kuk rangi esa engil,
xavolik, tarkaluvchi, uziga xoslik xususiyatlariga egadir.
7. Statik va dinamik ranglar. Statik ranglarga uzaro muvozanat saklovachi va binafsha kuk,
yashil va kirmizi (pupur) ranglari kiradi. Dinamik ranglarga qizil va kuk, zarg’aldoq va yashil
ranglar nisbati (21-rangli rasm) kiradi.
8. Kuzgatuvchi va xotirjamlik chakiruvchi ranglar. Yashildan sariq tarafga, qizildan sariq
tarafga kuchgan ranglar xotirjamlikka chakiradi. Sariqdan yashil tarafga, sariqdan qizil tarafga
bulgan katori kuzgatuvchi xususiyatlariga egadir.
9. Me’moriy polixromiyada rang yechimi va uning psixofizik ta’sirchanligi. Rang yechimi
yoki rang ugunligi tasviriy san’atda kanday muxim bulsa me’morchilikda ham makuldir. Ammo
tasviriy san’atda (ba’zi turlari bo’yicha) ranglar yorkin, tuygin ishlatilsa me’morchilikda ular
mayinrok, murakkabrok aralashma ya’ni karama karishi tuldiruvchi ranglardan tuzilgan yokimli
aralashmalar makulrokdir. Imoratlarning forma va proportsiyalari turlicha bulgani uchun xar bir
imorat uziga xos rang yechimi talab kiladi. Ammo shaxar kuchalaridagi kurilmalarning rang
yechimi umumiy uygunlikda bulishi kerak. SHuning uchun bu murakkab masalaga
mutaxassisona yondoshish talab kilinadi.
Me’moriy polixromiya kompozitsiyasida odatda biror asosiy rangga boshkalarini moslash,
boshkacha kilib aytganda hamma ranglar bittasini yakkol ko’rinibshiga yordam berishiga
erishish muxim hisoblanadi. Bunda aytilgan asosiy rang toza yorkin bulishi, kolganlarining
tarkibi esa tuldiruvchi ranglardan, kamrok kontrastlikda bulishi kerak.
Rang yechimda ikki kutbiylik, ya’ni ranglarni "sovuk", "issik" guruhlarini tashkillashtirib
kompozitsiya tuzish kulay bo’ladi. CHunki asosiylari issik ranglarda, ikkinchi darajadagilarini
esa sovuk ranglarda, bir-biriga karama karshi kuyish usuli bilan yechish maksadga muvofikdir.
Agar biz rang doirasida birlashtiruvchi uklari bir-biriga perpendikulyar karama-karshi
tuldiruvchi ranglardan ikki juftini tanlasak bu yerda turtburchak-kvadrat xosil bo’lib, bu turtala
rangdan uzaro hamoxanglik xosil bo’ladi. Ya’ni: "turt ham oxanglik".
1. Sariq + binafsha + qizil - zarg’aldoq + kuk - yashil;
2. Sariq - zarg’aldoq + kuk - binafsha + qizil + yashil;
3. Zarg’aldoq + kuk + qizil - binafsha + sariq - yashil. Kolgan "turt ham oxanglik" juftlari
to’g’ri turtburchak asosida tashkillashadi.
Sariq - yashil + qizil - binafsha; sariq - zarg’aldoq + kuk binafsha; sariq + binafsha +
zarg’aldoq + kuk; tuzilgan bunday ranglar hamoxangligidan foydalanib me’morchilikda,
rangtasvir va rang bilan bog’liq xar kanday soxalarda foydalanish mumkin.
Ranglar uygunligini tuzish bo’yicha eng kup tarkalgan uygunlashtirish tartiblaridan biri
rang uchligi ya’ni karama karshi uch rangni uzaro munosibati sanaladi. Bu ranglarni uzaro
kushiluvidan xosil bo’ladigan xosila ranlari xakida yukoridagi bobda izoxlab utilgan. Bunday
uchlik kushma "turlashdan" kup soxalarda foydalaniladi.
E.M.Lusheko (rus. olimi) uzining "Rang nazariyasi" kullanmasida, Leonardo da Venchi
uzining "Madonna Litta" asarida uchlik ranglarni turlashdan moxirona foydalanilganligini
isbotlashga xarakat kiladi.
- Bu asar uzining kompozitsion ulchamlari, tuzilishining yetukligi bilangina xayratlantirib
kolmay balki, nafis ranglar ham oxangligining yukori darajada tashkillashtirilganligi bilan ham
kishini lol koldiradi. Bu bilan u yukori emotsional ta’sirchanlikka erishgan. Bu kartina rang
xududlari ulchamlarining uzaro moslashishi zarurligini isbotidir.
Ranglarni uzaro moslashtirish, uygunlashtirish ularning yorkinligi och-tukligi biri bilan
ikkinchisining yorkinligiga ta’sir kilish yuli bilan hamda tanlagan ob’ekt xududlariga rang
maydonlarini bir-biriga nisbatini to’g’ri tanlash orkali kompozitsion yechim xal kilinadi.
Masalan, rassom ranglarni uzaro uygunlashgan tizimiga biror rangni yorkinligini oshirib uning
ulchamini kattalashtirib "dominant" ya’ni uni asosiy kilib kursatsa u xolda kompozitsiyaning
mazmuni psixologik jixatdan keskin o’zgaradi. Rang yechimi bilan bog’liq bulgan kompozitsiya
tuzilishida albatta uning temasi, joyi masofasi va funktsiyaga (maksad) karab xal kilinadi. Uch
rang hamoxangligidan foydalanishda me’mor ranglarning och-tukligi, yorkinligi, rang
maydonlarining katta kichikligi kabi shartlarga amal kilishi lozim. Katta maydonni egallagan
ammo yorkinlik darajasi pastrok rang konikarsiz ta’sirchanlikda bulishi, yoki kichik joyda
joylashib uning yorkinligi oshgan, aktsentlik bulishi ham mumkin. Oltita rangdan birikma xosil
kilishda tuldiruvchi ranglarni 2 ta uchligi yoki uch juftidan foydalanish mumkin. Katta
intervallik polixromiya kompozitsiyasi tuzishda berilgan shunday tavsiyadan foydalanish
mumkin. Lekin bu tavsiyani mutlok tavsiya deb tushinmaslik kerka. Polixromiya
kompozitsiyalari spektr ranglarning bittasidan, uni ochartirish yoki tushintirish yuli bilan,
"monoxrom" tarzida tuzilishi ham mumkin. Bunda asosiy dikkatni kontrastlilika karatiladi.
Misol uchun: yashil rangni okartirish yoki uni qoraytirish yuli bilan amalga oshiriladi.
Kupchilik rassomlar uzining dastgoxli rangtasvir ishlarida shunday monoxrom koloritdan
foydalanadi. E.M.Lushcheko (russiya olimi) bu xakda frantsuz rassomi (XIX asr) Jerikoning
"Telba" kartinasini misol keltiradi.
Bu bilan rus olimi badiiy asar yaratishda rang yechimining moxiyatini ya’ni monoxromatik
ranglarda ham maksadga erishish mumkinligini ta’kidlaydi. Rangni qoraytirish va okartirish
usulidan tashkari, tuldiruvchi ranglarni kushish yuli bilan ham me’moriy tasvirlarni chikarish
mumkin.
Masalan sariq bilan binafsha kulranga yakin yokimli ton beradi. Binafshadan kulranggacha
va bu rangdan sariqkacha bulgan pogonadagi rangdir. Me’morchilikda kup kullaniladigan
ranglarning yana bir aralashmasi "nyuans uygunligi" deb ataladi. Bunda kompozitsiya kutbiy
karama-karshi ranglardan ya’ni maksimal yorkinlikdagi 2 ta yonma-yon joylashgan rang aktsent
berilishi kerak bulgan kutbiy rangga karama-karshi joylashtiriladi.
Qora, kul rang, ok axromatik ranglar kombinatsiyasini zamonaviy me’morchilikda
ornamentlar va kupincha interьer, eksterьerlar rang yechimida ham kullanilmokda bu
aralashmalar ham yokimli ton beradi. Bu rang aralashmalari axromatik ranglar uygunligi deb
ataladi. Me’morchilikda juda keng tarkalgan usullardan biri (axromatik fonda bir yoki bir necha
ranglarni ajratib kursatish) 1-aktsentlik-e’tiborni tortuvchi bo’lib uni "xolilashgan" rang
kompozitsiyasi deb ataladi. Bir yoki bir necha rangli tekisliklar axromatik fonda yakkol ajralib
kurinadi. Masalan bu interьerlarda katta tekisliklar axromatik rangda buyalib uning fonida gilam,
katta bulmagan maxobatli devoriy surat, gobilen, mebelь, kartina yoki biror informatsiya
stendlar kabilar ajratib kursatiladi.
SHuni ham takidlash lozimki ajratib kursatilgan rangli narsa kontrastli bulgani uchun kuzni
tez charchatish mumkin. SHuning uchun bunday uta kuchli kontrastlar odam tez utadigan
karidor, zinapoyalar devorlari yoki kiska muddatga muljallangan (oshxona vestibelь, magazin)
xonalarga muljallanadi.
Tekislikdagi ranglar majmuasi fakat me’moriy polixromiya qonuniyatlariga amal kilinib
ochilgan bulsa uni uygunlashgan rang yechimi deyish mumkin.
1. Me’moriy polixromiyada rang yechimi masalasida vakt faktori dolzarb, eng muxim
hisoblanadi. Buyalgan yuzalarga dikkat bilan karalmaydi, aksincha xarakatda yul-yulakay utib
ketiladi. Ba’zan buyalgan yuza biror narsani sinchiklab karashda fon bo’lib xizmat kiladi.
Me’moriy ob’ekt kuzatilganda ranglar majmuasi bir-biri bilan takkoslanmaydi. Ulardagi ranglar
xotiramizda ketma-ket kaytariladi. Ularning och-tukligi, yorugligi, yorkinliklarining farklanishi
rang kompozitsiyasi tuzishda asosiy omil hisoblanadi.
Kontrast ranglarni kuzatish jarayonidagi almashinuvi rang kombinatsiyasi oxangdorligini
oshiradi, yorug va karamtir tonlarning almashinuvi ham uziga xos yoruglashgan kontrast
effektini oshiradi. Kulay, topilgan rang ritmi - me’moriy garmonik kurilma hisoblanadi.
Me’morchilikdagi rang majmuasini yechimi yukorida aytib utilgan ranglarning dinamik
xususiyatlarini hisobga olishni takoza kiladi. CHunki ranglarning bu xususyaitlari psixologik
nuktai nazardan olganda asosiy faktorlardan biri deyish mumkin. Me’morchilik kompozitsiyasi
tuzishda psixologik faktordan kelib chikiladi. Kup kavatli me’moriy inshootlarning xar bir
kavatidagi koridorlar, foyelar va xonalar, zinapoya kismidagi devorlar ranglari aloxida uziga xos
xal kiladi. CHunki yerdan kancha balandga kutarilsa shuncha yoruglikning yerdan sinib
kaytarilgan nurlari yukoriga kam etib boradi. CHunki to’g’ridan tushadigan tabiiy yoruglik
hamma vakt bir xilda yoritmaydi. SHuningdek sun’iy yoruglik ham doimiy emas. Biz yukori
kavatga kutarilish uchun katta energiya sarflaymiz, tabiiyki bizning psixologik xolatimiz
o’zgaradi, charchash sodir bo’ladi. Demak ranglarning kuzgatuvchi, ta’sirchanligini
sustlashtirishni takoza kiladi. Masalan, ranglar shkalasi yashildan sariq tomonga yoki qizildan
sariq tomonga karab o’zgarishi mumkin.
Kuyidagi jadvalda ranglarning ta’sirchanligiga xarakteristika beriladi. Ammo bundan
foydalangani anik yoki mutlako tavsiya deb tushinilmaslik kerak. Bu soxa fanda kam urganilgan,
kolaversa rang ta’sirchanligi indivudal xususitga ega. Ammo kupchilik uchun kuyidagi ranglar
ta’sirchanligi umumiydir.
Ranglar birikmasi
Ta’sirchanlik xarakteri, kabul
kilinishi, sezishili
Sariq – zarg’aldoq – qizil
Aktivlashtiruvchi, issik xayotbaxsh
Sariq – kirmizi (purpur) qizil
Tantanavor
Sariq- – sargish – yashil
Xayotbaxsh, baxra ochuvchi
Sariq – kukish – yashil
Sovuk sokinlik baxsh etuvchi
Sariq – qora
Qora fonda sariq – dikkatni tortuvchi zidlik bilan
ta’sir kiluvchi
Sariq – ok
Qizil – binafsha
Lanjlik, sustashlik, notinchlik
Qizil – kuk
Dinamiklik, xiyotbaxsh
Qizil – sargish – yashil
Aktivlashtiruvchi
Qizil qora
Kungilni ezuvchi
Qizil – ok
Kuruk, kattik, notabiylik
Qizil kul rang
Issik, yokimli, agar kul rang kuprok mikdorda bulsa
– jidiy rangli
Kuk – zarg’aldoq
Jonli, kuzgatuvchi
Kuk – binafsha
Noanik kayfiyatli, sustkashlik chakiruvchi
Kuk – yashil
Sovuk, xarakatsizlik
Kuk – qora
Kungilni notinchlantiruvchi xayotsizlik
Kuk – ok
Toza, engil, baxra ochuvchi
Kuk – kulrang
Sovuk, ruhiyatni susaytiruvchi
Yashil – binafsha
Befarklik, noanik kayfiyatli
Yashil – zarg’aldoq
Kuvonchli
Yashil – qora
Ogir
Yashil ok
Sovuk, oxista, toza, engil xissiyot
Yashil – malla
Tabiiy, xayotiy, oxistalik
Xonalarning funktsional ahamiyati, ulchami tabiiy yoruglikka nisbatan xolati, kavati
kabilar rang yechimida asosiy talablar hisoblanadi. Interьerning rang yechimi fakat bir umumiy
rang bilan buyash bilangina emas balki undagi bo’ladigan jihozlar, pol, potolok va devorlar
yechimi ham kompleks xal kilinadi.
2. Sun’iy yoruglikning rang toniga ta’siri katta. SHuning uchun loyixalash jarayonida
kanday elektr chiroklari bilan yoritishni muljallash, ranglarni bu chiroklarda kanday uzgurishini
oldindan bilish zarur. Oxraga uxshash sariq ya’ni tuk sariq lyuminestsent elektr lampasi
yorugligi ta’sirida sargich - yashil tusga, urta yashilkukish- yashil, kukish ranglar binafsha tusida
kurinadi. CHuglanma lampa yorugligi ta’sirida kukish, yashil, sargish yashil kabi ranglar uz
tusini yo’qotadi yoki ajratib bulmas darajada o’zgarishi mumkin. Ulьtramarin (tuk kuk) asosida
tayyorlangan xavo rangi ham bu lampa ta’sirida binafsha tusda kurinadi.
3. Ranglar tekisliklar xajmiga karab o’zgarib kurinadi. Masalan eskizda berilgan rangning
yorkinligi naturada maydonning xajmi kattalashganda uning yorkinligi yanada kuchayib
kurinadi. Bunday o’zgarishlarni loyixa jarayonida kuzda tutish lozim.
4. Rang yechimi me’moriy inshoatning masshtabidan, uning ob’yomli - fazoviy -
kompozitsiyaviy tuzilishidan kelib chikiladi. CHunki ranglar uzining "ogir", "engil" va och-
tuklik, yorkinligi kabi xarakterisitkasiga ega bo’lib ular me’moriy kurilmaning obrazli yechimiga
jiddiy ta’sir kilishi mumkin.
8. Rangni idrok kilishdagi ko’rish illyuziyalari va uning forma xosil kilishdagi roli. Xar
kanday me’moriy inshoatda ranglar majmuasi muammosining mavjudligi real xoldir. Biz
me’moriy inshootni kuzatar ekanmiz, uning rang yechimini umumiy yechimi bilan tabiiy, birga
idrok kilamiz. Bunda me’moriy kompozitsiyaning tulakonli shakliga majmuasini kanchalik
monandligini yoki mutonosiblik borligini kuramiz. Agar rang to’g’ri xal kilingan bulsa
imoratning ulchamlari (baland-pastligi, tarkokligi yoki kompaktli ko’rinibshi, ogir engilligi
kabilar) uz urnida, umumiy uygunligi mukammal bo’lib kurinadi. CHunonchi biz xoxlaymizmi
yoki yo’qmi ranglar majmuasi me’moriy inshootning tarkibiy kisimiga kiradi. Ob’em, bushlik,
rang uzaro ichki bog’liqlikda bo’ladi.
Ranglarning psixofiziologik ta’sirchanlik xususiyatlari qonuniyatlarining yaratilishi estetik
masalalarni xal kilishda muxim ahamiyatga egadir. Umuman, bu qonuniyatlarni bilish rang
yechimi masalalarini xal kilishda ilmiy - nazariy asoslangan, sovodli yondoshishni takozo kiladi.
Biz me’moriy va dizaynchilik ishlarida rang yechimi bo’yicha ranglarning xususiyatlariga
asoslanib loyixaviy ishlarni bajarish borasida bir kator masalalarni kurib chikamiz.
1) Ranglarni burtib yoki uzoklashib ko’rinishi. (illyuziya xodislari). Biz yukorida
ta’riflaganimizdek ranglar uz xususiyatlariga kura joylashgan masofalariga nisbatan uzokrok
yoki yakinrokda ko’rinibsh mumkin. SHuning uchun ularga xarakteristika berilganda oldinga
burtib chikuvchi va uzoklashuvchi ranglar deb atalgan edi. Ranglarning bunday illyuziya berishi
ularning foniga ham bog’liq bo’ladi. Masalan ok yoki och kul rang fonda kuyidagi ketma -
ketlikda bo’ladi: qizil, sariq, yashil, kuk, ok. (Bunda xar bir oldinda joylashgan rang kelgusisiga
nisbatan burtgan kurinadi). Ranglarning och-tukligi ularning illyuziya berishida asosiy faktor
hisoblanadi. CHunki och rang, tuk ranga nisbatan oldinga burtib turish xususiyatga ega. Agar
qizil va kuk ranglarni bir xil yoruglikda olsak qora fonda qizil oldinga burtib chikadi. Kuk rang
esa uzoklashib kurinadi. Biz kukni ochartirsak, ular yonma-yon bir masofada ko’rinibshi
mumkin. (26-rangli rasm)
Umumuan xar kanday xromatik rang axromatiklariga nisbatan burtib turadi. Axromatik
ranglar asosan bir tekislikda joylashgan bo’lib kurinadi. Och-tukligi (yorugligi) bir xil bulgan
ranglardan issiklari sovuklariga nisbatan oldinga burtib turadi. (Masalan yukorida kayd
kilinganidek qizil, zarg’aldoq, sariqlar burtib va yashil, kuk, binafsha ranglar uzoklashib
kurinadi). Loyixalashda ranglarning bunday xususiyatlaridan moxirona foydalanish uning sifatini
oshiradi. Uzun koridorni karshisidagi devor burtib chikuvchi rangda buyalsa u kiskarok kurinadi,
kichik xona devorlari, potologi, "uzoklashuvchi" ranglarga buyalsa xona kengva baland
ko’rinibshi mumkin. Ornamental pollarni loyixalashda kupincha axromatik ranglar tanlanadi.
CHunki pol tekisligi bir me’yorda saklanishi kerak. Past baland illyuziyasi bulsa odam yurganda
u nokulaylikka duchor bo’ladi. Polning yuzasi bir xil ton kuchiga ega ranglardan foydalanilgan,
takdirda uning yuzasi bir tekislikda kurinadi.
2) Ranglarning "salmogligi" illyuziyasi. Bir xil formalik ikki jismni turlicha rangi bulsa
kuzatuvchi uchun turli ogirlikda bo’lib kurinadi. Bir xil formalik jismlar turlicha ranglarga
buyalsa ularning salmogilari ham xar xil bo’lib tuyuladi. Buning sababi bu jismlarning ranglari
uzining "yorkinligi, och-tukligi, bilan farklangan. Yorug, och ranglar tuk tuygin ranglarga
karaganda engil, xira ranglar ham yorkinlariga nisbatan ogir kurinadi. Dagal fakturalik ranglar
ham sillik yuzalikdagiga nisbatan farklanadi. Rang doirasidagi binafsha rang zonasi ogir,
ranglarning eng engili esa limonsimon sariq deb hisoblanadi. Burtib turuvchi ranglar odatda ogir
ko’rinibshli bo’ladi. Potolok bunday ranga buyalsa u ogir, bugik, ta’sir kiladi. Agar xona
devorlari yorkin, ogir ranglarda ishlov berilsa unda xona uzining xajmiga nisbatan torrok
ko’rinibb sikuvchi, kayfiyatni buzuvchi muxitga aylanishi mumkin. Umuman interьerda ranglar
majmuasini yaratish psixologik nuktai nazardan karaganda juda muxim bo’lib me’mor va
dizaynchi rassomlarning loyixaviy ishlarni asosiy kismini tashkil kilishi lozim. Ob’yomli fazoviy
yechimi yaratilishida ranglarning ogir-engilligi, yorkinligi, burtib turuvchi va uzoklashib
ko’rinibshi kabi xususiyatlarini hisobga olish, uning statik-dinamik tuzilishi, tektonik xolatining
jozibadorligini yaratish asosiy omil hisoblanadi.
3) Ranglarning fakturaligi illyuziyasi. "Burtib chikuvchi" ogir-engil kabi ranglar xakidagi
tushunchalaridan tashkari polixrom formaning ob’emli - fazoviy strukturasini tularok
xarakterlovchi - "fakturaliligi" deb ataluvchi sifati ham muxim ahamiyatiga ega. Bundaylarga
kuprok issik oldinga burtib chikuvchi, yorkinligi pastrok ranglar kiradi. Sovuk, uzoklashuvchilari
va uta tuklari esa "fakturaviy" ranglarga kiradi. Biron relьefli jism tuk kuk yoki yorkin qizilga
buyalsa uz shaklini yo’qotib pachak bo’lib kurinadi. oxra (och malla) sariqka nisbatan fakturalik
inshootni xavo rangdan kura kul rang kukka buyalsa u turgun va yokimlirok ko’rinibb, bino
xashamatli tus oladi. Besh xromatik kul rang noteks yuzalarni sovuk uta yorkin ranglarga
nisbatan tekis kilib kursatadi. Umuman ranglar tarkibida qoraning ishtiroki ularning materiallilik
va fakturalik ko’rinibshiga yordam beradi. Ranglarni xarakterlovchi yana bir xususiyati, ular
to’g’ri tanlansa buyalgan yuza "tusik" bo’lib yoki biron yuza tekislikni anik to’g’ri kilib
belgilaydi. Fakturasiz rang esa usha sifatlarini yo’qotib kursatadi. Biz "ajralib" kurinayotgan
ranglar xakida gapirar ekanimiz bular albatta biror fonga nisbatan yoki kupchilik ranglar
majmuasiga nisbatan deb tushinilishi lozim. Masalan katta qizil tekislik yoki dogga sariq rangni
joylashtirsak u xolda sariq uchun qizil fon sifatida fakturalirok, bo’lib kurinadi. Agar biz sariq
mikdorini kupaytirsak unda qizil sariqni saklab turgan tusik ramka xizmatini bajarayotganday
tuyulishi mumkin. Bunday xolda qizil, sariqka nisbatan "kattik" ko’rinibshda bo’ladi.
Teatr stenografiyasi yaratilishida rassom ranglarning ana shunday xususiyatlaridan obraz
yaratish uchun foydalanadi. Masalan Gamlet qora kiyimda, Ofeliya esa ok, malak siymo, Otello
qizil va qora kontrasda, Dezdimona och xavo rang kiyimda, Qorabotir qora. Toxir va Zuxrolar
ok va sargish zarrin aralash va xokazo ranglarda tasvirlashga xarakat kiladilar.
9. "SHakl va fon" ko’rinibshi. "SHakl va fon" ning xodisaviy sifatlarini birinchi marta
Daniya psixologi Rubin ixtiro kilib namoyish kilgan. Uning tasvirida ok fonda ikki odam
boshining profeli (boshning yon ko’rinibshi yoki qora fonda ok vazani ko’rish mumkin. Tasvir
fonga nisbatan kichik bulsa u kurimsiz bo’lib kurinadi. Umuman, karamtir fonda yorug dog
tasvir ko’rinibshda bo’ladi. Fakturik, burtib ranglar xar doim shakl bo’lib kurinadi. Masalan uta
yorkin yoki fakturasiz ranglarga yozilgan shrift yaxshi ukilmaydi. SHriftlar foniga nisbatan
salmoglik, burtib chikuvchi ya’ni fakturalik ranglar bilan yozilgan bulsa u masofadan yaxshi
ukiladi.
10. SHakl va ranglarning uzaro ta’sirchanligi. Yukorida biz kurib chikkan idrok kilish
qonuniyatlari rang yordamida yechilgan ob’emli- fazoviy shakl uz urnida yangi, uzgacha
ko’rinibsh
kasb
etadi.
Ya’ni
biz
bunda
geometrik
shakl,
massa
xajmini
transformatsiyalashganligini shoxidi bulamiz. Tuk karamtir, sovuk polixromiyada tuzilgan
shakllar kichiklashib och ranglardagisi esa aksincha kattalashib kurinadi. Geometrik shakllar uz
tuzilishlariga kura turlicha rang yechimi talab kiladi. Masalan, shar yuzasining uzluksiz
aylanishida bir xil rang tsilindr esa fakat bir tomonlama aylanganligi hamda asoslari yassi
bulganligi uchun bir necha rangda bo’ladi.
Parallelipiped va kup kirrali geometrik shakllarni nyuans ranglarda buyalsa parallelipiped
kup kirrali jismga karaganda kontrastlirok kurinadi. Bunga sabab uning kirralari keskinrok
utkirrok ko’rinibshda bulganligidir. Ob’emli fazoviy shaklning idrok kilinishida yorug -
soyaning ahamiyati katta bo’lib kuchli yoruglik uta kontrastli soya xosil kiladi. Natijada yoruglik
tomondagi rangni sifati uzligicha namoyon bulmaydi. Soya tomonida rang yoruglik
tushmaganligi sababli deyarli sezilmaydi. Polixromiya urtacha yoruglikda uz ko’rinibshini
saklab koladi. SHuningdek kuchsiz ta’sirchanlikdagi ranglar aksincha shaklning soya-yoruglikni
kuchaytirib kursatadi. Ya’ni nyuans ranglar relьefli formalarni yakollashib ko’rinibshiga yordam
beradi. Umuman olganda, uta aktiv buyoklar formalarning shakliy sifatini yo’qotishi mumkin.
Me’moriy kurilmalar ma’lum bir masofadan kuzatilar ekan, ularning ranglari uz aktivligini
yo’qotishi mumkin. Masofa uzoklashgan sari issik ranglar ham xavo perspektivasi
qonuniyatlariga kura sovuklashib boradi. Zamonaviy arxitektor kurilma
loyixasini
rejalashtirishda polixromiyaning forma tashkillashuvidagi ishtirokini hisobga olgan xolda uning
masofadagi urni va rang effektlaridan natijali foydalana olishi lozim. Eksterьer va interьerning
rang ishlovini tashkil kilinishida. Me’moriy kompozitsiyaning uzigaxosligi, tekisliklar, xilma-xil
yuzalarning ulcham nisbatlari va eng muximi masofaga moslanishi asosiy mavzusi hisoblanadi.
Urta Osiyoning urta asrlar me’morchiligi me’moriy kompozitsiya yaratishdan ranglardan
yukori darajada did bilan foydalanganlar. Mashxur Amir Temur makbarasini bunga misol
keltirish mumkin. Uning tashki tektonikasining jozibadorligiga ranglar asosiy rolь uynaydi.
Binoning ulkan gumbaziga berilgan kukish, xavorang, och-yashil kuloliy ranglar uning xavo
bilan kushilib, engil ko’rinibshini, devorlaridagi rangabarang nakshlar esa tekisliklarni
kompozitsiyaviy nisbatlari uygunligini ta’minlaydi.
Me’moriy ansambllarni fazoviy shakllanishida polixromiya asosiy uslub sifatida
katnashadi. Bunga Xiva, Buxoro shaxarlarining me’moriy inshootlarini misol kilib kursatish
mumkin. Minoralarning rangli nakshlari, peshtoklarga berilgan sopol bezaklar birinchidan
ulardagi tekisliklar yuzalari, xar xil shakliy ulchamlarini uzaro uygunlashtirsa ikkinchidan
yonma-yon, bir ansamblni fazoviy tashkil etishda uzining ornamental, rang tuzilishining xila-
xilligi bilan ishtirok etadi. Rangni me’morchilikdagi roli bekiyos. Bunga kuplab misollar
keltirish mumkin. Uylaymizki, kelajakda xalk xujaligining barcha soxalarida, umuman inson
faoliyatida rang garmoniyasi bekiyos rolь uynayveradi. CHunki insonga tabiat in’om etgan
borlikni idrok etishda ko’rish, ranglarning xilma xil "simfoniya"si eng guzal tuyg’u, xislar
uygotadi. Rang muxitini to’g’ri tashkil kilinganda, u kishi xayotini asosiy bezovchisi sifatida
katnashadi.
Qaerdaki yorug’lik nurlari bo’lar ekan o’sha joyda rang ham mavjuddir, yorug’lik to’lqini
bo’lmagan joyda hech bir rang yo’q. Har bir rang o’zining to’lqin uzunligiga ega. Ranglar- inson
ko’zi bilan qabul qiladigan to’lqin uzunligiga mos keladi. Hasharotlar va hayvonlarning ko’zlari
insonnikida farq qilgani uchun ularning ko’zi boshqacha to’lqin uzunlikni qabul qiladi, shuning
uchun ular boshqacha ranglarni ham ko’ra olishi mumkin. Qisqacha qilib ta’rif bersak, rang bu –
jismga tushgan yorug’likni o’sha jism rangi tufayli o’zining to’lqin uzunligini o’zgartirib sinib
qaytishi, Ana shunday sinib qaytganda bizning ko’zimizga jism rangli bo’lib ko’rinadi. Demak,
predmaetning rangi o’sha redmet yasalgan material va unga tushayotgan yorug’lik to’lqiniga
bog’liq Isaak Nyuton quyosh nurini shisha prizmadan o’tkazib oq nur tarkibida juda ko’plab
ranglar borligini aniqladi, bu ranglarning asosiylari 7 xil edi. Spektr (kamalak) 7 xil rangdan
iborat bo’lib ko’ringani bilan, ammo maxsus priborlar uning tarkibida 100da ortiq rang borligini
ko’rsatdi. Hayotingizda biror marta- ―tabiatda necha xil rang bor‖ deb o’ylab ko’rdingizmi?,
Albatta bu savolga aniq javob berib bo’lmaydi, chunki turli xil ranglar birini boshqasiga
qo’shilishi yordamida hosil qilinadi, SHunday ekan, ularni istagancha hosil qilaverish mumkin.
Lekin o’sha hosil qilinayotgan turli ranglar aslida bir nechta asosiy hisoblangan ranglarning
qo’shilishidan hosil bo’ladi. Bu asosiy ranglar – kamalak (spektr)dagi 7 xil rang hisoblanadi.
Agar etibor bergan bo’lsangiz kamalakdagi ranglarni bir biridan farqlash qiyin, chunki, bir rang
bilan keyingisi o’rtasida aniq chegara yo’q, ya’ni biri boshqasi bilan qorishib ketgan, Ular:
Qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, ko’k, pushti, binafsha, Ana shu 7 xil ranglarning ichida ko’zga
yaqqol ko’rinadigan, yanada eng asosiysi hisoblangan 3 xil rang mavjud bo’lib, ular: Qizil,
Yashil va Ko’k. Qolgan 4 ta rang shu 3 ta rangning qo’shilgan joyida hosil bo’lgan. Endi shu
bilan bog’liq holdan, e’tiboringizni boshqa tomongan qaratmoqchimiz, Televizor, kompyuter va
boshqa qurilmalarning ekraniga diqqat bilan qaraganmisiz. Agar siz har qanday ekranni diqqat
bilan kuzatsangiz, ekran nuqta (pixel)lari aynan 3 xil rangdan iborat ekanligini sezasiz. U ham
bo’lsa, yuqrida aytilgandek: Qizil, yashil, ko’k. Mana shu ranglarning ochroq tusga kirishi yoki
qoramtirroq tusga kirishi natijasida ekranda har turli ranglar hosil bo’laveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |