Musiqa sanati jahon xalqlarining manaviyat manbaidir


Sharq taronalari» musiqiy anjumanining tashkil etilishi va uning o’smir-yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni



Download 72,95 Kb.
bet4/6
Sana01.07.2022
Hajmi72,95 Kb.
#726623
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Musiqa sanati jahon xalqlarining manaviyat manbaidir

3. Sharq taronalari» musiqiy anjumanining tashkil etilishi va uning o’smir-yoshlar tarbiyasida tutgan o’rni.
Davlatimiz rahbari Birinchi prizedenti I.A.Karimov tashabbusi bilan o’tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festival madaniyatimizni yanada chuqur o’rganish va yuksaltirishga, milliy san’atimizni jahon miqyosida keng targ’ib etishga, yoshlarimizga, ularning tarbiyasiga ta’sir etuvchi yana bir ulkan e’tibor namunasidir.
Mustaqil O’zbekistonimizda xususan Samarqand shahrimizda ro’y berayotgan mana shunday ijobiy o’zgarishlardan kelib chiqib yoshlarimizning ta’lim-tarbiyasini yanada takomillashtirish maqsadida biz o’zimizning ilmiy-tadqiqot ishlarimizni dolzarbligini yana bir marta guvohi bo’ldik.
Chin do ‘stga lang ochiq qalb darvozasi,
Samarqand ushshog ‘i - «Sharq taronasi».
Istiqlol nuridan baxt koshonasi,
Muhabbat Vatani - chek ostonasi.
Musiqa - tinchlik elchisi. Dunyo xalqlari o’rtasidagi aloqalarni kuchaytirishda uning roli beqiyosdir. «Sharq taronalari» juda go’zal va o’xshashi yo’q anjumandir. Bu musiqa anjumani turli-tuman madaniyatlarni mujassamlashtiradigan betakror xalqaro madaniy tadbirdir. Sharq xalqlari musiqasi qalbdan chiqadi, unda ilohiy kuch bor. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali milliy qo’shiqchilik san’atimizni, qolaversa, butun jahon musiqa san’atini yanada yuqori pog’onalarga ko’tarilishida naqadar nufuzli anjuman ekanligini namoyon etdi. Festival jahon ahlining o’zaro madaniy muloqotda bo’lgan hayoti ehtiyojini, har bir xalq, har bir millat ruhida azaldan yashab kelayotgan yaxshilik, go’zallik va nafosatga intilish hissini ro’yobga chiqarishda beqiyos vosita bo’lib xizmat qiladi.
«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali - bashariyat tafakkurining buyuk xazinasi, insoniy va ma’naviy kamolot ramzi bo’lgan musiqa san’atini butun dunyoda targ’ib qilish, odamlarni nafosat va go’zallikka oshno etishdek oliyjanob faoliyatdir. Mazkur festival Sharq musiqasining nafaqat qadimiyligi, betakrorligi, ayni paytda nihoyatda dilga yaqin, qalb ummonlari bilan chambarchas bog’liq ekani, ta’sir kuchini ham namoyon etdi. Bir so’z bilan aytganda ushbu festival musiqaning jahon xalqlarini birlashtiruvchi vosita ekanini yana bir bor isbotladi. Kuy-qo’shiqlar turli tillarda yangrasa ham, dildan chiqarib ijro etildi. Demak, xalqlar turli tillarda so’zlashsalar ham dillar mushtarakdir. Faqatgina milliy musiqalar kuylanadigan bu festivalning o’tkazilishi musiqiy madaniyatimizni rivojlantirishda juda muhim o’rin tutadi. «Sharq taronalari» festivalida musiqiy merosimizning eng nodir asarlari kuylanadi. Ushbu festival Samarqandning Registon maydonida o’tkazilishi nur ustida a’lo nurdir. «Sharq taronalari» festivali bizga yana shuning uchun ham qadrliki, unda faqat milliy qo’shiq ijro etiladi. Bu yerda faqat millatning qadimiy ohanglari yangrab qolmay, qadimiy, milliy liboslar ham namoyish etiladi. Bunday festivallar jahnning boshqa mamlakatlarida yo’q. Odamlarni siyosat emas, ko’proq san’at birlashtiradi. Shuning uchun ham «Sharq taronalari» butun dunyoda katta dovrug’ qozonayotir.
Kelajakda ushbu festival doirasiga teatr, kino va shunga o’xshash Sharq xalqlarining mislsiz san’ati va madaniyatini jahon uzra ko’z-ko’z qiladigan sohalari ham qo’shiladi, deb umid qilaman.

2 bob O’zbеk xalqining musiqа mаdаniyati
2.1 Musiqa sanati jahon xalqlarining manaviyati
O’zbеk xalqining musiqа mаdаniyati - O`rta Osiyoda yashagan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga salmoqli hissa qo`shganlar. Ular musiqa madaniyati sohasida ham juda bo’y va qadimiy merosga ega. O`rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyati tarixiga doir qadimiy yozma manbalar va arxeologlari tomonidan topilgan yodgorliklar buning dalili bo`ladi va shu xalqlarning yuksak madaniyatga ega bo`lganligini tasdiqlaydi. Lekin arab istilosi davrida (VII-IX asrlar) boshqa madaniy yodgorliklar qatorida musiqaga doir yozma manbalar qam kuydirilib, yo`qotib yuborilgan. Shuning uchun O`rta Osiyo xalqlarining so`nggi ming yillik madaniyati tarixiga oid yozma manbalargina bizgacha yetib kelgan. IX asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va Xurosonda xalq ozodlik kurashining avj olishi, yerlik xalqlarning istilochilarga qattiq qarshilik ko`rsatishi va qo`zg`olonlari natijasida arab xalifaligi hukmronligi ag`darilib, mahalliy Tohiriylar va so`ngra Somoniylar davlati barpo etildi. Bu davrda fan, madaniyat va san’atning rivojlanishi uchun bir qadar sharoit yaratildi.
O`rta Osiyodan chikqan qator olimlar xuddi shu davrlarda o`rta asr fani tarixida o`zlarining ilmiy asarlari bilan jahonga mashhur bo’`ldilar. Fanning boshqa sohalarida ham o`lmas ilmiy asarlar yaratgan al-Forobiy, Ibn Sino, al-Xorazmiy kabi ko`pgina buyuk olimlar musiqa nazariyasi («Ilmi musiqiy») bo’`yicha ham ilmiy asarlar yaratdilar hamda Shark musiqafani taraqqiyoti tarixida butun bir davr ochib berdilar. Bu olimlar Sharq xalqlarida qo`llanilgan musiqa nazariyasining yuzaga kelishida hal etubchi rol o`ynadilar. Buyuk faylasuf-olim, o`rta asr Sharq musiqa nazariyasining asoschilaridan biri - Abu Nasr Muhammad al-Forobiy 871 yilda Sirdaryo yoqasidagi Farob shahrida tug`ilib, 950 yilda vafot ztgan. U, O`rta Osiyo turkiy qabilalaridan chiqqan bo`lib, dastlabki ma’lumotni o`z yurtida oladi. Durustgina bilim egasi bo’`lgan al-Forobiy Vag`dod, Damashq shaharlariga, so`ngra Misrga boradi va u yerlarda o`z ma’lumotini oshiradi. Al-Forobiy ajoyib musiqachi va musiqa nazariyachisi edi. U, o`z davrida mavjud bo`lgan barcha musiqa asboblarida chalardi. Kuylarni ayniqsa nay va tanburda katta mahorat bilan ijro etardi. Ba’zi manbalarda ko`rsatilishicha, al-Forobiy qonun asbobini ixtiro etgan, o`sha davrlarda mashhur bo’`lgan ud sozini takomillashtirishda juda katta ishlar olib borgan. Al-Forobiy falsafa, mantiq, matematika va boshqa fanlar bo’`yicha katta-katta ilmiy asarlar yaratgan zamonasining yetuk olimlaridan edi. Musiqa ilmi esa matematika fanlaridan biri hisoblanib, ularga arifmetika, geometriya, astronomiya va musiqa ilmlari kirardi.
Al-Forobiy o`zining musiqaga vag`ishlangan risolalarida Sharq musiqa nazariyasini asoslab berdi. Uning musiqa asarlari «Kitabul-musiqiy al-kabir» («Musiqaga doir katta kitob»), «Kilamu fil-musiqiy» («Musiqaning uslublari haqida kitob»), «qitabul-musiqiy» («Musiqa kitobi»), «qitabun fi-ihsa’il - ulum» («Fanlar klassifikatsiyasiga doir kitob»)ning musiqaga vag`ishlangan qismi, «Kitabun fi-ihsa’il-iqa’» («Musiqa ritmlari - iqo’ klassifikatsiyasi haqida kitob») va boshqalardir.
Musiqiy fоlklоr-Ko‘pchiligimiz folklor deganda allayu yalla, topishmog‘u maqolni tushunamiz-da. Atlasu adrasga burkanib, doira jo‘rligida qo‘shiq aytayotgan momolar, beqasam chopon bilan do‘ppi kiyvolib, bo‘g‘iq ovozda kuylayotgan bobolar ko‘z o‘ngimizga keladi. Folklor jo‘n hodisadek tuyuladi. Hamma muammo shundaki, xalq og‘zaki ijodini tushunish oson deb o‘ylab katta xatoga yo‘l qo‘yamiz. Folklor asarlari juda ko‘p qatlamli. Agar siz o‘sha ertakdagi qahramonlardan biri bo‘lsangiz, qal'aning tashqarisidagi bezaklarga og‘zingiz ochilib, ichkarisida nima borligiga qiziqmay qo‘ya qolishingiz, “Bo‘ldi, ko‘rdim”, deb ortga qaytaverishingiz ham mumkin. Yoki bir, ikki, uch… eshikni ochib kirarsiz. Ana boring, sandiqqacha ham yetib bordingiz. Xazina shu ekan, deb cheklansangiz, bilingki, safaringiz behuda ketibdi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarini, xususan, yirik epik janr bo‘lgan dostonlarni sinchiklab o‘qisak, xuddi arxeologik qazishmalardagi asriy madaniyat qatlamlarini tomosha qilayotgandek yoki genetik olim kabi xalqimizning DNK ma'lumotlarini tahlil qilayotgandek holatga tushamiz. Yozma adabiyotga ko‘zi o‘rgangan kitobxon uchun folklor asarlari mutolaasi doim ham serzavq mashg‘ulot tuyulavermasligi mumkin.
O’rtа Оsiyodа musikiy nаzаriy tаfаkkurning rivоjlаnishi - Sharq musiqa risolalarida kо‘tarilgan masalalar hozirgi zamon boshlang‘ich musiqa nazariyasiga yaqin turadi. Lekin ularda Sharq xalqlari о‘tmish musiqasining amaliy tomonlari bilan bog‘lik bо‘lgan masalalar ham borki, hozirgi zamon musiqa nazariyasida bular umuman uchramaydi. О‘rta asr olimlari kо‘proq musiqa nazariyasi muammolarini hal etishda maqom musiqasi bilan muqoyasa qilganlar. Bunda ular maqomlardagi parda (ton, yarim va chorak tonlar) misolida tahlil etganlar.

Download 72,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish