Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
299
w
www.oriens.uz
May
2021
beshinchisi o‘zbek xalq va mumtoz musiqalarini maqomchilar ansambliga o‘rgatib,
magnit tasmalariga yozdirgan va meros qilib qoldirgan xazinabon, oltinchi betakror
shogirtlarni yetishtirishda rahnamolik qilgan ustoz, yettinchi musiqa ijodiyotida ibrat
sifatida faoliyat yuritgan yagona akademik.
Shuningdek kitobda maqomlarga kiritilgan avj va namudlar haqida juda ko’p
to‘xtalib o‘tiladi masalan, “Ushshoqi Xo‘qand” da ilgari “Avji Zebo pari” kichik
shaklda aytilgan,Yunus Rajabiy esa avjni to‘la qilib ishlab, “Namudi Ushshoq” va
“Namudi Uzzol” larni kiritganliklari haqida bayon etadilar, yoki “Chapandozi
gulyor” ilgarigi variantlarida kuplet xolida ijro etib kelingan, hamda ashullaning
oxirgi misrasining avji usulsiz bo‘lib, katta ashulalarga xos avj qo‘llanilardi, uni
Yunus Rajabiy usulga solib “Namudi Ushshoq”ni bastalaganlar. Shuningdek
“Qo‘qon Ushshog‘i” asariga maqomchilar ansambliga o‘rgatish jarayonida “Zebo
pari”, “Namudi Ushshoq”lar qo‘shilgan va ushbu asar qayta ishlangan va
mukammallashtirilgan. Rajabiy Ota “Dilxiroj” kuyiga katta avjdan oldin keladigan
avjiga “Namudi Segoh” ni qo‘shib ishlagan, “Navro’zi Sabo” ga esa “Namudi Oraz”
ni kiritganlar hamda “Kurd” va “Cho‘li Kurd” kuylarining avjidan keying turk avjini
kiritgan.
Bastakor Yunus Rajabiyning xalq kuyi asosida qayta ishlangan “Rajabiy” kuyi
haqida ma’lumot berilar ekan, kitobni 53- betini o‘qib quyidagicha ma’lumotga ega
bo‘lamiz. Ushbu kuy XIX- asrning ikkinchi yarmida “Rajabiy” taxallusi bilan ijod
etgan bastakor tomonidan yaratilgan va uni ilik marta kapelmeyster E.Leysek notaga
olgan hamda puflama orkestrga moslab qayta ishlagan. Asar 1891- yili Toshkentda
ochilgan xalq qishloq xo‘jaligi vstavkasida namoyish qilingan. Rajabiy ota ushbu
kuyga maqom qismlariga xos ravishda namudlar bog‘laganlar. Ushbu asarni “O‘zbek
xalq musiqasi” II- jildida 334-336 betlarida nota na’munasi keltirilgan.
Yunus Rajabiy bastakorlik ijodi rang barangdir. Uning ijodida qo‘shiqdan
tortib musiqali drama, hammualliflikdagi opera asarlarini ko‘rishimiz mumkun.
Uning kuy va ashulalarida maqom an’analari, vohaviy xususiyatlar, mavzuli, shahliy
va usul jihatlari mumtozona uyg‘unlashgan.
Xalq musiqa merosidagi unutilib borayotgan namunalarni tiklash va ularni
an’anaga xos zamonga mos tariblashtirish ishlari XX-asr o‘zbek mumtoz musiqa
san’atida jadal sur’atlarda rivojlandi. Dastavval bu savobli ishga Xamza Xakimzoda
Niyoziy qo‘l urgan bo‘lsa, Yunus Rajabiy ijodida ham bu an’anani kuzatamiz. Hazrat
Navoiy asarlarida ushbu amal “Nag‘mapardoz”, “Lahnpardoz” kabi iboralar bilan
keltirilgan bo‘lib, “Nag‘mapardoz” amali Yunus Rajabiy ijodida yuksak ahamiyat
kasb etadi. U bir qancha qadimiy o‘zbek xalq kuy va ashulalarini qayta ishlagan.
Xususan “Subhidam”, “Yolg‘iz”, “Sayqal”, “Fig‘on”, “Oraz”, “Begi Sulton” asarlari
shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |