Musiqa madaniyati manbalari insoniyatning qadimiy tarixiga borib taqaladi. Shunga qaramasdan, biz uning ming yillik tarixini chetlab, musiqa adabiyoti kursini XVII asrdan boshlaymiz



Download 2,11 Mb.
bet1/8
Sana28.02.2022
Hajmi2,11 Mb.
#474369
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11. J.Bize hayoti va ijodi---


Musiqa madaniyati manbalari insoniyatning qadimiy tarixiga borib taqaladi. Shunga qaramasdan, biz uning ming yillik tarixini chetlab, musiqa adabiyoti kursini XVII asrdan boshlaymiz. Ma'lum ma'noda kurs nomining o'zi uning mazmunini belgilab beradi. Kurs davomida uning izchil tarixi, ko'pqirrali tarixiy jarayonning turli sharoiti, murakkab o'zaro aloqalar va ichki qonuniyatlari emas, balki uning ko'p asrli hayotini belgilab bergan, qudratli hayotbaxsh kuchga ega bo'lgan buyuk badiiy qadriyatlarni o'rganamiz. Bunday yondashishni o'quv qo'llanmasi tuzilishining mohografik tamoyili belgilab berdi. Yirik kompozitorlarga bag'ishlangan boblar, ularning ma'lum tarixiy sharoitlardagi hayoti va ijodiy yo'li, ijodlarining umumiy tavsifi va muayyan asarlarining tahlilidan iborat. Operaning paydo bo'lishi va shakllanish tarixi hamda XVII asr cholg'u musiqasining asosiy janrlarini yorituvchi birinchi, kirish bobi bundan mustasno. Musiqaning ilgarilab borishini belgilovchi omillar ko'proq opera janri bilan bog'liq bo'lganligi tufayli, shu vaqtning o'zida mavjud bo'lgan boshqa janrlar — oratoriya va kantatalarning tavsifi ushbu janrlardagi asarlarni tahlil qiluvchi bo'limlarda berildi. , ,, XVII—XVIII asr cholg'u musiqasining bosh tamoyillari organ va klavir ijodida o'z aksini topganligi tufayli (organ va klavir asarlar klassik davrdan oldingi musiqa san'atining buyuk arbobi I. S. Baxning cholg'u musiqasiga ham asos solgan), cholg'u musiqasining shu ikki ko'rinishini tavsifi bilan chegaralanamiz. Polifonik janrlarning bayonida biz, polifonik uslubning eng mukammal namunalari bo'lgan Bax asarlariga tayanamiz.
1. ROMANTIZM
Romantizm (frans. romantizm) — badiiy oqim bo'lib, XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida awal Germaniya, Avstriya, Anglfya adabiyotida, keyinchalikesa musiqa va boshqa san'at turlarida shakllangan.
Romantizmning yetakchi tamoyili — san'atkorning ijodiy tasavvuri orqali yaratiladigan kundalik turmush va orzularning, mavjudlik va oliy, ideal dunyosining bir-biriga keskin qarshi qo'yHishidir.
Musiqadagi romantizm adabiyotdagi romantizm bilan uzviy (genetik) bog'langan. Kompozitor-romantiklar adabiy asarlar, tasviriy san'at asarlari, o'zlarining shaxsiy sujetlaridan ilhomlanib asarlar yaratganlar.
Musiqiy romantizmda qahramonning ichki olami yetakchi mavqega ega. Bu mavzu Shubertning kamer romanslaridan boshlab Berliozning mahobatli simfoniyalari hamda Vagnerning musiqiy dramalarigacha, uzluksiz ravishda o'tkaziladi.
Romantizm adabiyotida qahramon va uni o'rab turgan muhit o'rtasidagi qarama-qarshilik katta ahamiyat kasb etadi. Yolg'izlik mavzusi o'sha davr yozuvchilari: Bayron, Geyne, Stendal, Shamissonning ijodida ustuvor. Musiqa san'atida tashqi muhit bilan kelishmovchilik romantik kompozitorlarga xos bo'lgan xususiyat bo'lib qoladi.
Romantizm san'atining umumiy yo'nalishlaridan biri mahalliy madaniyatga qiziqishning ortib borishida ko'rinadi. Turlituman xalq milliy an'analari romantik san'atkorlar e'tiborini tortadi. O'rta asr afsonalari, Uyg'onish davri madaniyati qayta jonlana boshlaydi. Dante, Shekspir, Servanteslar badiiy ijodda hukmron mavqe tutishadi. Dyuma, Gyugo, Valter Skott romanlarida tarixiy hodisa asosiy o'rin egallaydi.
XIX asr xalq musiqa san'ati an'analariga tayanadigan milliy musiqa maktablarining gullab-yashnashi bilan e'tiborlidir. Rossiya, Polsha, Chexiya, Norvegiyaning milliy madaniyati jahon maydonida o'zining milliy maktablari bilan namoyon bo'ldilar. Ularnirig aksariyati umumyevropa musiqasi rivojida yetakchi rol o'ynadi.
Romantizm san'atining yangi g'oyaviy mazmuni romantizmning xilma-xil shoxobchalariga xos bo'lgan yangi ifoda usullarining paydo bo'lishiga olib keldi. Romantik san'atkor uchun kuchaytiriigan hissiyotli ifodaviylik xosdir. Tuyg'ularning aqldan usturiligi romantizm nazariyasining aksiomasidir. Romantizm uslubining keyingi eng muhim qirrasi fantastik to'qimadir. Rus va
G'arbiy Yevropa kompozitorlari asarlarida folklordan o'zlashtirilgan qahramonlarning ertakona olami ommalashib boradi.
Romantizm musiqasida qo'shiq yetakchi janrga aylanadi.
Maishiy qo'shiqlardan romans shakllana boshladi. U badiiy ahamiyatiga ko'ra, simfoniya va opera bilan bir qatordagi munosib o'rinni egalladi.
Kamer fortepiano miniaturasi keng rivojlandi, u ham aslida maishiy musiqachilikdan kelib chiqqan edi. Maishiy raqs mustaqii janrga aylanib bordi hamda kamer romantik miniatura uslubiga ta'sirini o'tkaza boshlaydi. Shubert valslari, Shopenning mazurkalari va valslari yangi romantik yo'nalishning oliy ko'rinishlaribo'ldi.
Burjua jamiyatiga xos bo'lgan musiqiy hayotning yangi shakllari nodir cholg'u ijrochiligining rivojlanishiga turtki bo'ldi. Estrada san'atining rivoji bilan birga, Paganini, Shopen, List singari mashhur iste'dodlar maydonga keldi. Estrada konsertlari ijro texnikasi, mahoratni ham yuqori darajaga olib chiqdi. Fortepiano musiqasi yetakchi mavqega erishdi, u romantik musiqiy uslublarning yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Romantizm Vena klassiklari san'atidan dastur rivoji bilan farq qiladi. Adabiy manbalar kompozitorlarga aniq badiiy tasvir vositalarini topishga imkon berdi, tinglovchining hissiyot olamiga ta'sir o'tkaza oldi. Jumladan, Venaning birinchi romantik ijodkori F. Shubertda maksimal darajadagi aniqlik va ta'sirchanlik bilan poetik matn obrazlarini mujassamlashtirishga intilish yorqin ko'rinadi.
19. JORJ BIZE (1838-1875)
Jorj Bize — XIX asrning i k k i n c hi yarmida yashab, ijod etgan buyuk fransuz kompozitori. U musiqiy teatrlar uchun yaratilgan eng a'lo ijod namunalari — «Karmen» operasi va Alfons Dodening «Arlezianka» drainasi uchun bastalangan musiqalar muallifidir. Kompozitor nihoyatda qisqa umr ko'rgan bo'lsa-da (u o'ttiz yetti yoshga ham to'lmagan edi),musiqali teatr sohasida tinimsiz izlanishlar bilan band bo"ids. Bize opera san'atining buyuk namoyandasi bo'iib yetishdi. Bizening opera san'ati milliy zaminda yaratilgan bo'lsa-da, u jahon san'atida liar doim yetakchi o'rinlardan birini egallab kelgan fransuz opera teatrlari an'analariga tayanganedi. XIX asrning 60-yillarida xalqning ijtimoiy yuksalishini aks ettirgan «katta» opera mazmunsiz tomoshaga, komik operalar esa ko'ngilochar tomoshaga, lirik operalar yangiliklardan mahrum asarlarga aylanib qolgan edi. Bizening asosiy ijodiy yutuqlari teatr bilan bog'langan bo'iib, u teatr uchun o'zining eng yaxshi asarlarini yaratgan edi. Bir kuni u Sen-Sansga: «Men simfoniya uchun tug'ilgan emasman, menga teatr kerak: teatrsiz men hech kimman», degan edi. Faqat operadagina Bizening dahosi, lining dono, tiniq va haqqoniy mahorati xalq orasidan chiqqan oddiy kishilarning katta fojiasini, hayotning go'zal manzaralarini, uning yorqin hamda qorong'i tomonlarini ko'rsatishdagi mahorati to'la ochildi. Bize operalarining qahramonlari — xalqdan chiqqan oddiy insonlar. Ularning taqdirini kompozitor xalq hayotidan ajratmagan holda tasvirlab beradi. Yorqin hayotiy bo'yoqlarga, o'tkir sujetlarga moyillik, Bizening Janub va Sharq xalqlarini ko'proq tasvirlashga olib keldi. «Javohir izlovchilar», «Jamila», provansalcha «Arlezianka» va ispancha-sigancha «Karmen» singari sharqona ruh bilan yo'g'rilgan operalari shu tarzda yuzaga kelganedi.
298
Provans, Ispaniya va Sharq x a l q l a ri hayotini aks ettirar ekan,
Bize m i l l i y ohunglnrdun foydalanadi va hayratga soladigan darajada yangi va go'zal asarlarini yaratadi. Bize X I X asr kompozitorlari
orasida o'zining hayotsevarligi va «Karmen» operasi bilan jahon
musiqa madaniyati iitixor qiladigan eng sara asarlar yaratgan
ijodkorlar toifasiga mansubdir.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish