Kommunikativ kompetensiya
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Umummadaniy kompetensiyasi
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi
Darsning blok chizmasi:
1
|
Tashkiliy qism:
a) salomlashish
b) davomat aniqlash
v) o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirsh.
|
2
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash mustahkamlash: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari yordamida takrorlanib, mustahkamlanadi.
|
7
|
3
|
O’quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha beriladi.
|
10
|
4
|
Tinglash: Nota yozuvlaridan yoki audio CD disk yozuvlaridan foydalanib, arab hamda eron musiqa asaridan namunalar eshittirilib, suhbat-munozara o’tkaziladi.
|
8
|
5
|
Musiqa savodi: Darslikda berilgan kuy parchasini dirijyorlik qilib, notalarni aniq va ravon sof tovushda kuylashga erishish.
|
8
|
6
|
Jamoa bo’lib kuylash
|
7
|
7
|
Dars yakuni: Test sinovlari orqali mavzuni mustahkamlash.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, qo’shiqni yod olish
|
3
|
Darsning ta’limiy maqsadi: Surxondaryo va Qashqadaryo musiqasi haqida ma’lumot berish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda ijodiy mahorat nafosat va badiiy didni o’stirish, fikr doirasini kengaytirish, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Surxondaryo va Qashqadaryo musiqalarini tinglash orqali o’quvchilarning musiqiy qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish. Musiqa asarlarining ma’naviy-estetik mazmunini his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning uslubi: “Aql charhi” o’yini, “Topqirlik” mashqlari savol-javob, hikoya “Klaster”.
Darsning jihozi va o’quv uslubiy ta’minoti: Fortepiano cholg’i asbobi, reja, konspekt, tarqatma materiallar, kartochkalar, nota yozuvlari, audio SD disk yozuvlari.
Darsning borishi: “Aql charhi” o’yini o’tkaziladi. Bunda o’tgan darsda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga bittadan og’zaki savollar beriladi.O’quvchilar qisqa vaqt ichida tez va aniq javob berishi orqali, uyga vazifani va o’tilgan mavzularni mustaxkamlaydilar.
Quyida o’quvchilar uchun beriladigan savollardan namunalar keltirilgan.
1. Xorazm mumtoz musiqasi deganda nimani tushunasiz? (maqom, maqom yo’llarida yaratilgan kuy va ashula(“Suvora”, “Naqsh”, “Faryod”), doston ijrochiligi)
2. Xorazm maqomlaridan qaysilarini bilasiz, ular qanday nom bilan yuritiladi? (“Rost”, “Buzruk”, “Navo”, “Dugoh”, “Segoh”,”Iroq”,“ Panjgoh” (to’liq bo’lmagan qism))
3. Xorazm dostonlari qaysi uslubda ijro etiladi? (“ochiq ovozda” kuychan xususiyatlar bilan)
4. Doston ijrochilari qanday nom bilan yuritiladi? (baxshi, Bolabaxshi)
5. Xorazm mumtoz musiqa ijrochiligiga xos cholg’ular qaysilar?(tor, g’ijjak, qo’shnay, tanbur, dutor, surnay, doira)
6. Xorazm mumtoz musiqasining ustozlaridan kimlarni bilasiz? (Madraxim Sheroziy, Hojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov)
7. Xorazm mumtoz musiqasi qanday janrlarga bo’linadi? (maqom, maqom yo’lida yaratilgan kuy va ashulalar, dostonlar )
8. ”Bolabaxshi” lar kimlar? va xakazo. (doston ijrochilari)
“Topqirlik ” mashqi o’tkaziladi bunda o’quvchilarga oldingi darslarda tinglagan musiqiy asarlardan namunalar eshittiriladi. O’quvchilar tezlik bilan qanday musiqa ekanligini topishlari zarur. Faol qatnashgan o’quvchilarga rag’batlantiruvchi kartochkalar beriladi.
Yangi mavzu: “Surxondaryo va Qashqadaryo mumtoz musiqasi” doskaga yozilib uni o’rganish rejasi keltiriladi.
Mavzu rejasi:1. Surxondaryo va Qashqadaryo mumtoz musiqa janri.
2. Surxondaryo va Qashqadaryo dostonlari.
3. Surxondaryo va Qashqadaryoning shoir va baxshilari.
Mazkur mavzuni “Zinama-zina” texnologiyasidan foydalangan xolda darsni tashkil etish mumukin.
-O’quvchilar 3 guruhga bo’linib, 1-guruh rejaning birinchi savolini; 2-guruh rejaning 2-savolini; 3-guruh rejaning 3-savolini ochishga harakat qiladilar.
-O’qituvchi guruh a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular (rejalar) bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini berib vaqt belgilaydi.
-Guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma ko’rinishda ifoda etadilar.
-Tarqatma material to’ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qilib, tayyorlangan materialni doskaga “Zina” (tagma-tag) shaklida o’rnatib chiqadilar.
-O’qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, mavzuni mustahkamlaydi.
Surxondayo va Qashqadaryo vohasi o’zining asrlar davomida shakllangan an’analari, maxalliy urf odatlari, dostonchilik san’ati bilan alohida ajralib turadi. Ularning mumtoz musiqa janri asosan dostonchilik bilan bog’liqdir. Ularga mehnat aytimlari mavsumiy va marosim qo’shiqlari va baxshilar san’ati kiradi
Doston ijrochiligining o’ziga xos xususiyati uni kuylanishida bo’lib, unda doston tomoqda “bo’g’iq” ovozda kuylanadi. Bu vohada eng ko’p tarqalgan dostonlardan “Alpomish”, “Sohibqiron”, “Avazxon”, “Iskandarnoma”, “Go’ro’g’li”, “Oshiq G’arib va Shohsanam” tarixiy bahodirlik va ishqiy dostonlardir.
Musiqa tinglash faoliyati bo’yicha darslikdagi “Oshiq G’arib va Shohsanam” dostonidan “Tamoshosini” kuyini fortepiano ijrosida tinglab, uni ritmini hamda o’lchovini aniqlanadi.(6/8)
Jamoa bo’lib kuylash faoliyatini bajarishdan oldin o’quvchilar bilan ovoz sozlash mashqlari o’tkaziladi. Bunda mashq qo’shiqning musiqiy matnlaridan olinishi yoki musiqiy iboralardan olingan bo’lishi mumkin
.
mazkur kuy parchasini lya, mi, da bo’g’inlaridan foydalangan holda mashqlarni bajarilishi yangi qo’shiqni tez o’rganilishiga yordam beradi.
“Go’zal Toshkent” I.Jiyanov she’ri X.Hasanova musiqasi qo’shig’ining mazmuni bilan tanishtirib, qo’shiq xaqida qisqacha suhbat o’tkaziladi hamda qo’shiqning 1-kupleti va naqoroti o’rgatiladi.
Quvonadi ko`zlarim,
Senga boqqan kezlarim,
Tilimdagi so`zlarim o`zing.
Har ko`chang bir chamanzor
Osmoning ham beg`ubor,
Har lahzada maftunkor o`zing.
|
Seni sevar keng jahon,
Ardoqlisan har zamon,
Qo`shig`imiz armug`on senga.
Ko`kni quchar binolar,
Yog`du sochar samolar,
Havas qilar dunyolar senga.
|
Poytaxtim mening,
Tengsiz oshyonim mening,
Dildagi faxrim sensan.
Kuylarman seni,
Go`zal makonim mening,
Agsona shahrim, sensan.
|
Poytaxtim mening,
Tengsiz oshyonim mening,
Dildagi faxrim sensan.
Kuylarman seni,
Go`zal makonim mening,
Agsona shahrim, sensan.
|
Naqorat
|
Naqorat
|
Go`zal Toshkent,
Nurli Toshkent,
Yurtim ichra,
Sensan Toshkent,
Quyoshli shahrim Toshkent.
|
Go`zal Toshkent,
Nurli Toshkent,
Yurtim ichra,
Sensan Toshkent,
Quyoshli shahrim Toshkent.
|
Musiqa savodi: Darslikdagi kuy parchasini dirijyorlik qilib, notalarini aniq, ravon va sof tovushda kuylashga erishish.
O’qituvchi o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi.
1. Kuy parchasini o’lchovi qanday ekan? (2/4)
2. Kuyda qanday cho’zimdagi tovushlar uchradi?(chorak, nimchorak, yarimtalik)
3. Kuyda pauzalar bormi, bo’lsa ular qanday va nechiga sanaladi?(choraktalik pauza, 1 i ga sanaladi)
4. Kuy necha taktdan iborat? (8 takt)
O’qituvchi: Aziz bolajonlar mana bugungi darsimizni ham yakunladik, hozir har bir guruhning to’plagan rag’bat kartochkalarini hisoblab chiqamiz. Qaysi guruh ko’p to’plagan bo’lsa usha guruh g’olib deb topiladi. Hammangiz bugungi darsda faol qatnashganingiz uchun rahmat.
VI bosqich
Uyga vazifa: Surxondaryo va Qashqadaryo musiqa uslubi haqida mavzusini o’qib, o’rganib kelish, qo’shiqni takror avtib, nota yozuvi ustida ishlab, qo’shiq matnini yaxshilab o’rganib kelish topshiriladi
O’qituvchi: Xayr sog’- omon bo’ling.
O’quvchilar: Ustoz siz ham sog’ bo’ling,
Baxtimizga bor bo’ling.
O’qituvchi: Good bye my dear poople
O’quvchilar: Good bye.
“Dars o`tishga ruxsat etildi” O`TIBDO`: __________________
Do'stlaringiz bilan baham: |